A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

Sorbsiya (lotinchadan ―sorbeo‖ – yutaman) – atrof-muhitdan 
turli moddalarni qattiq jismlar yoki suyuqliklar tomonidan 
yutilishi. 
Steklomat (shisha bo‘yra) – Xaotik taqsimlangan shishatolali 
(kesilgan yoki uzluksiz) iplardan tashkil topgan bir-biri bilan 
bog‘lam bilan mahkamlangan turdagi shisha tolali to‘ldiruvchi. 
Steklomatlarni kukunsimon bog‘langan va emulsion bog‘langan 
turlarga ajratiladi, ular singdirish jarayoni bilan farqlanadi. 
Sterik effekt – sterik effect – molekula fazoviy hajmini 
kimyoviy reaksiya borishiga ta‘siri. 
Stexiometriya (lotinchadan – element o‘lchash) – kimyoviy 
reaksiyalarda moddalar tarkibi va moddalar massalari orasidagi 
miqdoriy munosabatlarni hisoblovchi qonunlar, qoidalar, birliklar 
sistemasi.
Sun’iy marmar – sun‘iy toshning bir turi bo‘lib, tashqi 
yupqa qatlami gelkoutdan tayyorlanadi. Kuchlanish konstruksi-
yasi polimerbetondan yasalgan. Sun‘iy marmar dekorativ 
buyumlar tayyorlash uchun foydalaniladi. 
Sun’iy tosh - asosiy komponentlari sochiluvchan to‘ldiruvchi 
va poliefir smola hisoblangan konstruktsion material. Farqlovchi 
jihatlari: yuqori mustahkamlik, maishiy ifloslantiruvchilarga bar-
qaror, kuchsiz issiqlik o‘tkazuvchanlik va turli tabiiy toshlar 
ko‘rinishini bera olish. 
Surfaktantlar – nanozarralarni barqarorlashtiruvchi poliam-
folitlar asosidagi sirt faol moddalar. 
Tezlatgich – to‘yinmagan poliefir smola polimerlanish reak-
siyasini tezlashtiruvchi modda. 


276 
Tiksotropiya – (yunonchadan thixis –tegish, dahldor va trope 
– burilish, o‘zgarish) – izometrik sharoitlarda polimer va dispers 
sistemalar fizik-mexanik xossalarini mexanik ta‘sir natijasida 
qaytar o‘zgarish. Plastik yoki yopishqoq oqimli sistemani 
deformatsiyalash natijasida vaqtinchalik samarali yopishqoqligini 
pasayib ketishi va mexanik ta‘sir olinganda dastlabki holatga 
qaytishi.

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling