A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


 Pardaning dielektrik singdiruvchanligini aniqlash


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

6.3. Pardaning dielektrik singdiruvchanligini aniqlash 
 
ELCUT dasturi yordamida elektrostatika masalalarini ham 
yechish mumkin. Nazariyaga asosan dielektrik singdiruvchanlik 
kattaligi quyidagicha aniqlanadi: 
ELCUT dasturida kompozit pardaning ikki qarama-qarshi 
chekkalariga potentsiallar beriladi. Kompozit pardada joylashgan 
zaryadning qiymati o‘lchanadi va dielektrik singdiruvchanlik 
hisoblanadi. Buning uchun dasturda yangi geometriya chiziladi 
yoki bazadan mavjud geometriyani olish mumkin. Avvalgi 
masala singari potentsiallarga qiymatlar beriladi. Dastur zaryad 
qiymatini hisoblaydi: 


257 
So‘ngra dielektrik qiymatni hisoblash mumkin. Quyidagi 
rasmda natijalar berilgan: 
 
 
6.4. Pardaning magnit singdiruvchanligini aniqlash 
 
Magnit singdiruvchanlik masalasini aniqlash, elektr masala-
larini aniqlashda qo‘llanilgan yondoshishga o‘xshash tarzda 
amalga oshiriladi. O‘rganilayotgan kompozit bir tomoni nolinchi 
magnit potentsialiga, qarama-qarshi tomoni noldan farqlanuvchi 
magnit potentsialga ega bo‘ladi. Shunday qilib, kompozitda 
magnit oqim mavjud bo‘ladi. ELCUT dastur vositalari yordamida 
magnit oqimni o‘lchash, skalyar magnit potentsial kattaligini 
hisoblash va magnit singdiruvchanlik kattaligini aniqlash 
mumkin.
Avvalgi masaladagi kompozit geometriyasi olinadi. Masala 
turi magnitostatikaning nochiziqli masalasi. Bunga sabab, kom-
pozitdagi ferromagnit parda magnitlanish egrilikka ega. Magnit-
lanish egrilanishini hosil qilish uchun ELCUT dasturidagi kuch-
lanishlarning bog‘lanish jadvaliga qo‘lda kiritish mumkin, yoki 
ixtiyoriy matn muharriri faylidan qo‘yish mumkin.


258 
Polietilen uchun magnit singdiruvchanligi birga teng. Chega-
raviy shartlar: pardaning bir tomoniga nol potentsial, ikkinchi 
tomoniga noldan farqlovchi potentsial beriladi. So‘ngra qadam 
sonini kamaytirilib, induktsiya bo‘yicha magnit oqimini ko‘rish 
mumkin. 
Boshqa shunga o‘xshash ixtiyoriy masalalarda, ELCUT das-
turi foydalanuvchi uchun qiziqtirayotgan fizik kattaliklarni model 
bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rish imkonini beradi. Shuningdek, 
kuchlanganlik vektorini, kuch chiziqlarini ham qurish mumkin. 
ELCUT dastur vositalaridan foydalanib, lokal qiymatlarni ham 
o‘lchash mumkin.
Model fazosi bo‘yicha o‘tayotgan magnit oqim kattaligini 
aniqlaylik. Buning uchun ―Интегральный калькулятор‖ vosita-
sidan foydalaniladi. Quyidagi rasmda magnit oqim qiymatini 
ko‘rishimiz mumkin. 
Shuningdek, kompozitdagi magnit oqim qiymatini ko‘nda-
lang va bo‘ylama holatda ham ko‘rish mumkin. Bo‘ylama holat-
dagi qiymatni hisoblash uchun ham ―Интегральный калькул-
ятор‖ vositasidan foydalaniladi. 
Magnit oqim qiymatini quyidagi rasmdan ko‘rinadi. Bunda 
magnit oqim armirlovchi bo‘ylab tarqalishini kuzatish mumkin.
Ko‘ndalang va bo‘ylama masalalar uchun boshlang‘ich 
qiymatlar ya‘ni magnit oqim, skalyar magnit potentsial aniqlan-


259 
gandan so‘ng kompozitning magnit singdiruvchanligini (magnit 
qarshiligini) hisoblash mumkin. 
Magnit singdiruvchanlik uchun bo‘ylama va ko‘ndalang 
masalalari uchun sonli qiymatlar quyida berilgan:
Natijalardan ko‘rinadiki, ko‘ndalang yoki bo‘ylama masala-
larning sonli qiymatlari keskin farq qiladi. 


260 
ELCUT dasturida shuningdek oz miqdordagi seriyali tarzda 
hisoblash imkoniyati mavjud bo‘lib, parametrlarni bog‘lanishini 
ko‘rsatib beradi, masalan ―Label Mover‖ vositasi. Bunda para-
metrlarning sonli qiymatlarini, masalan: dielektrik potentsiallar, 
kuch, sirt haroratining kattaliklarini, modelning geometrik o‘l-
chamlarini ya‘ni modelning ba‘zi bloklarini o‘zgartirish imko-
niyatini beradi. 
Ko‘rilayotgan modelda ya‘ni ferromagnit pardaning po‘lat 
tolalar qalinligi materialning fizik xossalariga qanday ta‘sir 
qilishini aniqlash mumkin. Quyidagi rasmda kompozit material-
ning modeli berilgan. Uning geometrik parametrlari: parda 
qalinligi va po‘lat tolalar diametri berilgan. Ushbu model uchun 
parda qarshiligini po‘lat tolalar qalinligiga bog‘liqligini aniqlash 
masalasini ko‘rib chiqamiz: 
Dastlab quyidagi model geometriyasi tuzib olinadi. O‘rga-
nilayotgan kompozitsion pardadan o‘tuvchi tokning qiymati 


261 
beriladi. Har bir hisoblash qadamida ferromagnit tolalarning 
diametri orttirib boriladi va pardaga tushuvchi kuchlanish o‘lchab 
boriladi. Shunday qilib, tok qiymatini va kuchlanish tushuvini 
bilgan holda, ferromagnit zarralarning radiusiga mos keluvchi 
to‘g‘ri pardaning qarshiligini hisoblash mumkin.
Rasmdagi modelning chap tomoni nol qiymatli dielektrik 
potentsialga ega. O‘ng tomoniga tok ulanadi va ushbu tomonda 
elektr potentsial o‘lchanadi. Elektr potentsial qiymati sonli 
ravishda kuchlanish tushuviga teng bo‘ladi. ―Label Mover‖ 
vositasida ushbu masalani batafsil ko‘rib chiqaylik.
1. ―Label Mover‖ vositasidan ketma-ket hisoblash, statistik 
tahlil va optimizatsiyani amalga oshirishi mumkin. 
2. Menyudan ―Последовательные расчеты‖ (Ketma-ket 
hisoblash) tanlanadi va qiymatlar beriladi. Ya‘ni dasturga 


262 
masalaning har bir bosqichida o‘lchanadigan kattaliklar 
kiritiladi.
3. Modelning tok chegarasi belgilanadi va ―Средний 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling