A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.

bet16/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75

ravishda tekshiruvlar o'tkazib turish;

•  byudjet  muassasalari  tomonidan  shtatlar  jadvali  smeta 

intizomiga rioya etilishini  nazorat qilish;

•  hokimiyat  va  boshqaruv  organlari  rahbarlarining  byudjet 

jarayoniga noqonuniy ravishda aralashuvi faktlarini to'xtatish;

•  davlat valyuta mablag'larining to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini 

nazorat qilish;

•  fuqarolaming moliya va byudjet intizomi buzilganligi faktlari 

to'g'risidagi xat,  shikoyat va arizalarini  ko‘rib chiqish va  h.k.

Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari 

zimmasiga  yuklatilgan  vazifalar  va  funksiyalami  bajarish  uchun 

ularga quyidagi huquqlar berilgan:

1)  hududiy  moliya  organlarining  mahalliy  byudjetlar  ijrosi 

bo‘yicha ish-faoliyatini, barcha darajadagi byudjet muassasalarining 

esa, xarajatlar smetalari va byudjet intizomiga rioya etish bo‘yicha 

ish-faoliyatini taftish qilish va tekshirish (monitoring);

2)  hududiy  moliya  organlari  va  barcha  darajadagi  byudjet 

muassasalarining pul va buxgalteriya hujjatlari, hisobotlari, smetalari 

va boshqa hujjatlari,  moddiy boyliklari  mavjudligini tekshirish;

3) maxsus vakolatli organning qaroriga asosan xo'jalik yurituvchi 

sub’ektlarning  moliyaviy-xo'jalik  faoliyatini  taftish  qilish  va 

tekshirish;

4)  tijorat  banklari  muassasalari,  soliq  organlari,  boshqa 

idoralardan taftish va tekshiruvlar o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan 

savollar  bo'yicha  zarur  bo'lgan  ma’lumotnomalar  va  axborot, 

ma’lumotlarni olish;

5) qurilish, montaj, ta’mirlash kabi ishlar nazorat o'lchamlarini 

amalga oshirish va boshqa tekshiruvlarni o'tkazish uchun belgilangan 

tartibda mutaxassislarni jalb etish;

6)  hududiy  moliya  organlari  va  barcha  darajadagi  byudjet 

muassasalari  hamda  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlar  rahbarlari  va 

mansabdor shaxslaridan taftish va tekshiruvlar o'tkazish jarayonida 

yuzaga  keladigan  masalalar,  moliya  va  byudjet  intizomi  buzilishi 

faktlari, shuningdek ma’lumotnoma, taftish va tekshiruvlar dalolat­

nomalarining imzolanishi bo'yicha tushuntirishlar talab qilish;

7)  zarur bo'lgan  hollarda  kassa  va  kassa  xonalari,  omborlar, 

arxivlarni  muhrlab  qo'yish,  qalbaki,  soxta  hujjatlar  va  boshqa 

suiste’molliklar  aniqlangan  hollarda  hujjatlarni  olib  qo'yish, 

tekshirilayotgan  ob’ektlar  rahbarlaridan  asosiy  vositalar,  tovar- 

moddiy boyliklar,  pul  mablag'lari va hisob-kitoblarning yo'qlama 

qilinishini talab etish;

8) Moliya vazirligining topshirig'i va u tomonidan tasdiqlangan 

maxsus grafiklar bo'yicha paxta xom-ashyosini tayyorlash va qayta 

tayyorlashga  oid  butun  davrda  paxta  tozalash  korxonalarida 

tayyorlanayotgan,  qayta tayyorlanayotgan va saqlanayotgan  paxta 

xom-ashyosiga  tegishli  masalalar  bo'yicha  tekshiruv  va  taftishlar 

o'tkazish;

9) moliya va byudjet intizomi bo'yicha aniqlangan tartibbuzar- 

liklarni  bartaraf etish,  moddiy zararni  qoplash,  aybdor shaxslami 

javobgarlikka  tortish  hamda  boshqa  vazifalar  bo'yicha  taftish  va 

tekshiruvlar materiallari yuzasidan tegishli takliflar kiritish.

Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog'iston  Respub­

likasi, viloyatlar va Toshkent shahar  nazorat-taftish boshqarmalari 

o'z  ish-faoliyatini  Moliya  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  yillik 

ish rejalariga asosan amalga oshiradi.  Ular, zarur bo'lgan hollarda, 

moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini  rejadan tashqari 

taftish va tekshiruvdan o'tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati 

bilan  esa,  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliyaviy-xo'jalik 

faoliyatini taftish va  nazorat qiladi.

Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari 

muhim  rol  o'ynaydi.  O'zbekiston  Respublikasining  «Davlat  soliq 

xizmati to'g'risida»  1997 yil  29 avgustdagi qonuni23  soliq nazorati- 

ning asoslari, uni amalga oshirish bo'yicha soliq organlarining huquq 

va majburiyatlarini belgilab beradi.

Soliq  nazorati  soliq  solish  sub’ektlari  va  ob’ektlari  hisobini 

yuritish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning 

yagona tizimidir.  U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa 

tortiladigan sub’ektlar va ob’ektlar  hisobini  yuritish,  soliq tekshi­

ruvlarini o'tkazish,  soliq to'lovchilar, boshqa shaxslami so'roq qilish 

va  qonunchilik  bilan  nazarda  tutilgan  boshqa  shakllarda  amalga 

oshiriladi.

Davlat  soliq  xizmati  organlarining  moliyaviy  nazoratga  oid 

asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

25 


0 ‘z b e k isto n   R e sp u b lik a sin in g   «D avlat  soliq x izm ati  t o ‘g ‘risida»gi  q o n u n i.  0 ‘z b ek isto n  

R e sp u b lik asi  O liy   M ajlisi  A x b o ro tn o m a si,  1997  y .,  № 9 .



 soliq qonunchiligi, soliqlar hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi 

nobyudjet  Pensiya  fondiga  majburiy  to'lovlaming  o‘z  vaqtida 

hisoblab yozilishi,  to'liq va o‘z vaqtida to‘lanishini  nazorat etish;

—  soliq  qonunchiligiga  rioya  etilishining  zaruriy  shartlarini 

ta’minlash,  soliq  toMovchilarga  soliq  majburiyatlarini  bajarishda 

yordam  ko‘rsatish,  soliq  bo'yicha  qoidabuzarliklarni  aniqlash, 

ogohlantirish va to'xtatib qo'yish.

Davlat  soliq xizmati organlari  o'z vakolati  doirasida quyidagi 

huquqlarga ega:

•  soliq  to'lovchilarda  (jumladan  soliq  to'lovchilar  bilan 

bog'langan qarshi sub’ektlarda) O'zbekiston Respublikasi nobyudjet 

Pensiya fondiga majburiy to'lovlaming o'z vaqtida hisoblab yozilishi, 

to'liq  va  o'z  vaqtida  to'lanishi  bilan  bog'liq  bo'lgan  moliyaviy 

hujjatlarni, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog'liq 

bo'lgan  hujjatlarni  tekshirish,  tekshiruv vaqtida  yuzaga  keladigan 

masalalar bo'yicha  zarur bo'lgan  tushuntirish,  ma’lumotnoma va 

ma’lumotlarni olish;

•  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  hollarda  yuridik  shaxslar 

hamda jismoniy shaxslaming banklardagi va boshqa moliya-kredit 

tashkilotlaridagi  hisobvaraqlari  bo'yicha  operatsiyalami  to'xtatib 

qo'yish.

Davlat  soliq  xizmati  organlari  o'z  zimmalariga  yuklatilgan 

vazifalami  boshqa  davlat  boshqaruv  organlari,  joylardagi  davlat 

hokimiyati organlari,  fuqarolaming o'zini o‘zi boshqaruv organlari, 

statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan 

o‘zaro birgalikda bajaradilar.  Ko'rsatilgan organlar va tashkilotlar 

soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan 

davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi 

kurashda yordam berishlari shart.

Ko'rsatilgan  qonunchilik  hujjatida  nazarda  tutilgan  soliq 

nazoratini  tashkil  etish  Davlat  soliq  qo'mitasi  va  uning  organlari 

tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq 

qo'mitasi to'g'risida nizom26ga muvofiq u davlat soliq xizmatining

26 


0 ‘z b e k is to n   R e sp u b lik asi  V azirlar  M a h k a m a s in in g   2 000  yil  5  m ay d ag i  1 8 0 -so n li 

q aro ri  b ila n   ta s d iq la n g a n .



soliq  qonunchiligiga  rioya  etilishi,  davlat  iqtisodiy  manfaatlari  va 

mulkiy huquqlarini himoyalashning ta’minlanishi sohasidagi nazorat 

bo'yicha markaziy organi hisoblanadi.

Davlat soliq qo'mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy 

vazifasi  soliq  to'lovchilar  tomonidan  soliq  qonunchiligiga  rioya 

etilishi, soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlaming to'g'ri 

hisoblab yozilishi,  ularning to'liq va o'z vaqtida to'lanishi ustidan 

nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.

Davlat  soliq  qo'mitasi  o'z  vakolatlari  doirasida  quyidagilarga 

haqlidir:

1)  Respublika  nazorat  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish 

kengashi  tomonidan  tasdiqlangan  ish  rejasiga  muvofiq  boshqa 

tekshiruv va  nazorat  organlarini jalb  etgan  holda,  mulkchilikning 

barcha shakllaridagi xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning  moliyaviy- 

xo'jalik faoliyatini tekshirish;

2)  coliq  to'lovchilarda  (jumladan  soliq  to'lovchilar  bilan 

bog'langan qarshi sub’ektlarda) moliyaviy hujjatlar, shartnomalar, 

smetalar, soliqlami hisoblab yozish va to'lash  hamda eksport-import 

bilan bog'liq bo'lgan hujjatlarni hujjatlar asosida tekshirish, tekshiruv 

vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha zarur bo'lgan tushun­

tirish,  ma’lumotnoma va ma’lumotlarni  olish;

3)  savdo,  tovarlarni  sotish  va  xizmat  ko'rsatish,  aksiz  spirtli 

ichimlik va tamaki  mahsulotlarini  realizatsiya qilish va  markalash 

qoidalariga  rioya  etilishi,  naqd  pul  mablag'larining  to'liq  kirim 

qilinishi,  nazorat-kassa apparatlarini qo'llash qonunchiligiga rioya 

etilishi va boshqalarni  nazorat qilish.

O'zbekiston Respublikasi  Davlat soliq qo'mitasi tizimida Bosh 

nazorat-taftish  boshqarmasi27  tuzilgan  bo'lib,  uning  Qoraqal­

pog'iston  Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo'linmalari 

mavjud.

Mazkur organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

•  xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming soliq qonunchiligiga rioya

27 


H u k u m a t n i n g   « D a v l a t   s o l i q   x i z m a t i   o r g a n l a r i   f a o l i y a t in i   t a s h k il   e t i s h n i  

ta k o m illa sh tirish   t o ‘g ‘risid a»   2000  yil  13  m a rtd a g i  8 7 -s o n li  q aro ri  b ila n   tu z ilg a n .  U s h b u  

o rg a n   t o ‘g ‘risidagi  N iz o m   0 ‘z b e k is to n   R e sp u b lik a si  V a z irla r  M a h k a m a si  to m o n id a n  

2000  yil  5  m aydagi  1 8 0 -so n li  q a ro r  b ilan   ta s d iq la n g a n .



etishi  bo'yicha  moliyaviy-xo'jalik  faoliyatini  belgilangan  tartibda 

hujjatlar asosida tekshiruvlarni hamda hukumat qarorlari bilan soliq 

organlari zimmasiga yuklatilgan masalalar bo'yicha nazorat tekshi­

ruvlarini tashkil etish va o'tkazish;

•  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlardan  olinadigan  soliqlar  va 

yig'imlarning  hisoblab  yozilishi,  undirib  olinishida  qonuniylikka 

rioya  etilishi,  byudjetga  to'lovlaming  to'g'ri  hisoblanishi  va  o'z 

vaqtida kiritilishini nazorat qilish; soliq qonunbuzarliklarini aniqlash, 

ogohlantirish va to'xtatish;

•  o'tkazilgan  hujjatli  va  nazorat  tekshiruvlari  (hisoblangan 

summalar,  moliyaviy  sanksiyalar,  ma’muriy  jarimalar  va  h.k.ni 

undirib  olish)  yakuni  bo'yicha  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 

byudjet oldidagi  majburiyatlari bajarilishini  nazorat qilish;

•  soliq qonunchiligining buzilishiga oid ma’lumotlarni hamda 

hujjatli va nazorat tekshiruvlari natijasida aniqlangan boshqa faktlarni 

umumlashtirish va tahlil  etish va h.k.

Davlat  soliq  qo'mitasining  Bosh  nazorat-taftish  boshqarmasi 

o'z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalami  hal  etishi  va  funksiyalarini 

bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:

— yuridik va jismoniy shaxslardan xo'jalik yurituvchi sub’ektlar 

(soliq to'lovchilar) faoliyatiga tegishli ma’lumot, axborot, ma’lumot­

noma,  hujjatlar va ularning  nusxalarini olish;

— banklar  va  boshqa  kredit-moliya  muassasalaridan  xo'jalik 

yurituvchi sub’ektlar (soliq to'lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa 

hisobvaraqlarida  amalga  oshirilgan  operatsiyalari  to'g'risidagi 

ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish.

Davlat  moliyaviy nazorati  bo'yicha  funksiyalami  bank  tizimi 

ham  bajaradi.  O'zbekiston  Respublikasining  «O'zbekiston 

Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»  1995 yil 21  dekabrdagi 

qonuniga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qo'llab-quvvatlash, 

omonatchilar  va  kreditorlarning  manfaatlari  himoyalanishini 

ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga 

solishni amalga oshiradi.

Markaziy  bank  nazorat  funksiyalarini  bajarish  bo'yicha  o'z 

vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operatsiyalarini amalga 

oshirish,  buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik hisobotini

yuritish,  yillik  hisobotlami  tuzish  uchun  banklar  tomonidan 

bajarilishi  majburiy bo'lgan qoidalarni belgilaydi.

Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:

1) banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, 

ularning  faoliyati,  jumladan  operatsiyalari  to'g'risida  axborot, 

ma’lumotlarni so'rash va olish;

2) olingan axborot, ma’lumotlar bo'yicha tushuntirishlar talab 

qilish;

3)  banklarning  ichki auditi bo'yicha talablar belgilash;

4) bank aktivlarini sifat bo'yicha tasnif qilish va aktivlar bo'yicha 

ko'rilishi  mumkin  bo'lgan  zararlarni  qoplash  uchun  shunday 

zaxiralar tuzishni talab qilish;

5)  banklarga  ular  faoliyatida  aniqlangan  tartibbuzarliklarni 

bartaraf etish bo'yicha bajarilishi majburiy bo'lgan yozma buyruqlar, 

ко' rsatmalar jo' natish.

Tekshiruvlar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan vakolatli 

vakillar va auditorlar tomonidan o'tkaziladi.

Davlat  moliyaviy  nazoratining  ayrim  funksiyalarini  boshqa 

organlar ham bajaradi. Bu, xususan, O'zbekiston Respublikasi Davlat 

mulk  qo'mitasi  huzuridagi  Qimmatli  qog'ozlar  bozori  faoliyatini 

muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi28ga taalluqli bo'lib,  uning 

zimmasiga barcha davlat organlari va xo'jalik yurituvchi sub’ektlar 

tomonidan  qimmatli  qog'ozlar  to'g'risidagi  qonunchilikka  rioya 

etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

6.4. N odavlat moliyaviy nazorat



Bozor  iqtisodiyoti  asoslarining  shakllanishi  davlat  nazorat 

organlarining bevosita  ishtirokisiz amalga oshiriladigan  moliyaviy 

nazorat turiari rolini oshiradi. Yuqorida qayd etilgandek,  moliyaviy 

nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ)  nazorat, 

tijorat  banklar  tomonidan  mijoz-tashkilotlar  ustidan  nazorat, 

auditorlik nazoratlari tashkil qiladi.

28 


0 ‘z b e k is to n   R e sp u b lik a si  P re z id e n tin in g   1996  yil  26  m a rtd a g i  N ° U P —1414 -so n li 

fa rm o n i  b ilan   tu z ilg a n .



Ichki  firmaviy  moliyaviy  nazorat  korxona,  muassasa,  firma, 

korporatsiyalar  o'zining  iqtisodiy  xizmatlari,  ya’ni  buxgalteriya, 

moliya  bo'limi,  moliyaviy  menejment  xizmatlari  va  boshqalar 

tomonidan  o'z  korxonasi,  filiallari  va  shu’ba  tuzilmalarining 

moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi.  Ichki nazorat 

xizmatlari  doimiy  ravishda  pul  mablag'lari  (shaxsiy,  qarziy,  jalb 

etilgan)  ishlatilishidagi  samaradorlik  va  maqsadga  muvofiqlikni 

kuzatadi,  rejalashtirgan  moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy 

natijalami qiyoslab,  tahlil qiladi,  investitsion loyihalar natijalariga 

moliyaviy  baho  beradi,  korxonaning  moliyaviy  holatini  nazorat 

qiladi.

Ichki  nazorat  kapitalni  investitsiyalashtirishga  bog'liq barcha 

jarayonlarni  kuzatib  boradi.  Ichki  nazorat  ko'rinishlaridan  biri 

bo'lgan va «post-audit» nomini olgan nazorat biznes-rejaning moliya 

bo'limidagi  ishlab  chiqarish-investitsiya  faoliyatidagi  har  bir 

bosqichda  rejalashtirilgan  moliyaviy  natijani  haqiqiy  holat  bilan 

taqqoslash, ulami nomuvofiq kelish sabablarini aniqlash va bartaraf 

etish, chiqimlarni kamaytirish va moliyaviy rejalashtirish metodlarini 

yaxshilash yo'llarini qidirishni anglatadi.

Bank tizimi qayta qurilishi natijasida tijorat banklarining paydo 

bo'lishi  moliyaviy  nazorat  sohasidagi  banklarning  funksiyalarini 

sezilarli  darajada  o'zgartiradi.  Agar  SSSR  Davlat  bankining 

bo'limlari  o'zlariga  biriktirilgan  korxonalaming  butun  moliyaviy 

faoliyatini  nazorat  qilgan  bo'lsa.  tijorat  banklari  esa  qonunga 

muvofiq ravishda davlat tomonidan faqat hisob-kassa operatsiyalarini 

yuritish va valyuta qonunchiligiga  rioya etish  borasida o'matilgan 

tartibning mijozlar tomonidan amal qilinishini nazorat qilib borishi 

kerak.  Shu  bilan  birgalikda  likvidlikni  qo'llab-quvvatlashning 

ob’ektiv  zamrligi  bankdan  potensial  zayom  oluvchilarning,  ya’ni 

zayom  oluvchi  korxonalaming  moliyaviy  holati  va  kredit  olishga 

layoqatini  baholashni  talab  qiladi.  Ssuda  berilgan  taqdirda  bank 

o'matilgan  muddatlarda tegishli foizlar bilan birgalikda ssudaning 

qaytarilish  ehtimolini  baholash  maqsadida  berilgan  ssudaning 

ishlatilishini, mijozning to'lov qobiliyati va likvidligini nazorat qiladi. 

Bank tomonidan amalga oshiriladigan bunday nazorat kredit riskini 

boshqarishdagi muhim elementi bo'lib hisoblanadi.

Auditorlik nazorati  nodavlat moliyaviy nazoratining yangi turi 

bo‘lib,  u  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  O'zbekistonda  ham 

paydo bo'ldi.  Iqtisodiyotni boshqarishda bozor tizimiga o'tilishi va 

turli  tijorat  tizimlarining  paydo  bo'lishi  bilan  ularning  moliyaviy 

ishonchliligiga, shuningdek moliyaviy holatini ob’ektiv baholashga 

nisbatan talablar keskin oshirildi.

Auditorlik  nazoratining  asosiy  vazifalari  buxgalterlik  va 

moliyaviy hisobotda ishonchlilikni hamda bajarilayotgan moliyaviy 

va  xo'jalik  operatsiyalarining  amaldagi  me’yoriy  hujjatlarga 

muvofiqligini  aniqlash,  tekshirilayotgan  iqtisodiy  sub’ektlarning 

to'lov-hisobot hujjatlarini, soliq deklaratsiyalarini va boshqa moliya­

viy majburiyatlarini tekshirishdan iborat.

Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlami ham ko'rsa­

tishlari mumkin:

•  buxgalteriya  hisobini yo'lga qo'yish va olib borish;

•  daromadlar haqida buxgalteriya hisobotini va deklaratsiyani 

tuzish;

•  moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil  qilish va bashoratlash;

•  buxgalteriya  xizmati  xodimlarini  o'qitish  va  qonunchilik 

masalalarida maslahat berish;

•  auditorlik tekshiruvlari natijasida olingan tavsiyalarni ishlab 

chiqish;

• va boshqalar.

Auditorlik tekshiruvi  majburiy va tashabbusli bo'lishi mumkin. 

Agar tashabbusli tekshiruv iqtisodiy sub’ektning o'z qarori bo'yicha 

amalga  oshiriladigan  bo'lsa,  majburiy  audit  uning  xohish-irodasi 

va istagiga bog'liq bo'lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda 

majburiy tartibda o'tkaziladi.  Har yili majburiy auditorlik tekshiruvi:

•  aksiyadorlik jamiyatlari;

•  banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug'urta tashkilotlari; 

investitsion va boshqa jamg'armalar, yuridik va jismoniy shaxslaming 

mablag'lari, ularning boshqaruvchi kompaniyalari;

•  yuridik va jismoniy shaxslaming ixtiyoriy ajratma mablag'lari 

ularning  asosiy  manbalari  bo'lgan  xayriya  va  boshqa  ijtimoiy 

jamg'armalar;

•  hosil  bo'lish  manbalari  qonunchilikda  nazarda  tutilgan,

yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan 

majburiy ajratmalardan iborat bo'lgan byudjetdan tashqari fondlar, 

ustav  jamg'armasida  davlatga  tegishli  ulushi  bo'lgan  xo'jalik 

yurituvchi sub’ektlarda o'tkazilishi shart.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling