A. V. Vahobov, T. S. Malikov


o'matiladi. 17.4. Byudjet xarajatlarini sarflash  masalalari va vazifalari Hozirgacha  byudjet xarajatlari  bo'yicha  bir necha  kamchilik-


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
#20049
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75

o'matiladi.

17.4. Byudjet xarajatlarini sarflash  masalalari va vazifalari



Hozirgacha  byudjet xarajatlari  bo'yicha  bir necha  kamchilik- 

nuqsonlar mavjud.  Ularning asosiylari  quyidagilardan iborat:

•  byudjet  mablag'laridan  foydalanish  samaradorligi  nisbatan 

past;

•  byudjet  mablag'larini  maqsadsiz  sarflash  amaliyoti  keng 

tarqalgan;

•  byudjet  daromadlari  bo'yicha  rejalar bajarilmagan  sharoitda 

xarajatlar ayrim yo'nalishlarining moliyalashtirilishi noproporsionaldir;

• byudjet xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatining pishib yetilgan 

muammolarini hal  eta olmayapti;

• sub’ektlarga to'lovlar bo'yicha qarzlar doimiy ravishda oshib 

borayapti;

• milliy xo'jalikka davlat investitsiyalari  minimum darajagacha 

qisqardi;

• va boshqalar.

Yuqoridagi  kam chilik-nuqsonlarning  mavjudligi  byudjet 

xarajatlari  bo'yicha  bajarilishi  lozim  bo'lgan  asosiy  vazifalami 

belgilab  olishni  va  ularning  o'z  vaqtida bajarilishini  taqozo  etadi. 

Hoziigi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilar kirishi 

mumkin:

• eng samarali va  ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan  loyihalarga 

byudjet  mablag'larini  to'plash  ijtim oiy  xarajatlarni  m oliya­

lashtirishning ustuvorligini ta’minlash;

•  sub’ektlarga  to'lovlar  bo'yicha  qarzlami  keskin  qisqartirish 

va ularning to'liq  qaytarilishiga erishish;

•  iqtisodiyotning  ustuvor  sohalarida  investitsiyalami  davlat 

tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish;

•  loyihalarni  moliyalashtirishning  davlat-tijoriy  amaliyotini 

kengaytirish asosida investitsion jarayonlaming nomarkazlashuvini 

davom ettirish;



  davlat  apparatini  saqlash  xarajatlari  va  davlat  qarzlarini 

boshqarish bo'yicha xarajatlarni qisqartirish;

• harbiy islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida 

milliy mudofaaga mo'ljallangan byudjet mablag'laridan foydalanish 

samaradorligini oshirish;

• ayrim tarmoqlaming zararlarini  qoplashga yo'naltirilayotgan 

dotatsiyalarni kamaytirish;

• maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli moddalari 

bo'yicha xarajatlarni  qisqartirish;

• byudjet xarajatlarini eng samarali chiqimlarga konsentratsiya 

qilish  (to'plash,  sarflash);

• fan,  madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajatlarining ustuvor 

moliyalashtirilishini ta’minlash;

• byudjet mablagMaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchay­

tirish;

• byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning g'aznachilik tizimiga 

o ’tishni  tez sur’atlarda tugatish;

• va boshqalar.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar



•  Byudjet xarajatlari  deb nimaga aytiladi va ular o'zida qanday 

munosabatlami  ifodalaydi?

•  Byudjet  xarajatlari  qanday xarakterli belgilarga ega?

•  Byudjet  xarajatlarining  aniq  turlarini  xilma-xilligi  nimalar 

bilan izohlanadi?

•  Byudjet xarajatlari qanday belgilarga ko'ra turkumlashtiriiadi?

• O'zining iqtisodiy mazmuniga ko'ra byudjet xarajatlari qanday 

xarajatlarga taqsimlanadi?

•  Byudjetning kapital xarajatlari deyilganda nimalar tushuniladi 

va ularning  tarkibi  nimalardan  iborat?

•  Byudjetning joriy xarajatlari  deyilganda  nimalar tushuniladi 

va ularning tarkibiga  nimalar kiradi?

•  Takror  ishlab  chiqarishdagi  roliga  ko'ra  byudjet  xarajatlari 

qanday guruhlarga bo'linadi?

•  Byudjet  xarajatlarining  tarmoq  belgisi  bo‘yicha  guruhlarga 

ajratish  asosida nima yotadi?

•  Ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha byudjet xarajatlari qanday 

guruhlardan tashkil topgan?

• Byudjet xarajatlarining aniq turiari nimalardan tarkib topadi?

•  Byudjet  xarajatlari  tashkiliy  jihatdan  qanday  guruhlarga 

ajratiladi?

•  Byudjet  xarajatlari  hududiy  belgisiga  muvofiq  qanday 

guruhlardan tashkil topadi?

•  Faqat Respublika byudjetidan  moliyalashtiriladigan xarajat­

larga  nimalar kiradi?

•  Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet xarajatlari uning  daro­

madlari bilan  uzviy bog'langanmi?

•  Hozirgi  sharoitda  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  konkret 

tarkibi  nimalardan iborat va  ularning  tuzilmasi  qanday?

• «Byudjet  xarajatlari»  va  «Davlat  xarajatlari»  iboralari  bir  xil 

ma’no-mazmunni anglatadimi?

•  Byudjetdan  moliyalashtirish  deyilganda nimani tushunasiz?

•  Byudjetdan  m oliyalashtirishning  um um iy  prinsiplari 

nimalardan  iborat?

•  Byudjetdan  moliyalashtirish  amaliyotida umumiy prinsiplar 

bilan birgalikda yana qanday xususiy prinsiplardan  foydalaniladi?

• Byudjet assignovaniyalari amaliyotida byudjetdan moliyalash­

tirishning qanday usullaridan  foydalanish  mumkin?

• «Netto-byudjet» tizimi bo'yicha moliyalashtirish  nima bilan 

xarakterlanadi?

•  «Brutto-byudjet»  tizimi  bo'yicha  moliyalashtirish  qanday 

korxona va tashkilotlar uchun qo'llaniladi?

•  A m aliyotda  byudjetdan  m oliyalashtirishning  qanday 

shakllaridan foydalanilmoqda?

• Byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai  nazardan, qanday 

ikki ko'rinishda amalga oshiriladi?

•  Respublika  byudjetidan  xarajatlarni  moliyalashtirish  qonun 

hujjatlarida belgilangan tartibda qanday yo'nalishlarda amalga oshiriladi?

•  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  byudjetidan  va  mahalliy 

byudjetlardan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  nimalarga 

mo'ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi?

•  Mablag'lami byudjetdan  ajratishning metodlari  nimalardan 

iborat?

•  Iqtisodiyotni  byudjetdan  moliyalashtirishning  xarajatlari 

tarkibiga nimalar kiradi?

•  Byudjetning  ijtimoiy  ehtiyojlarga  mo'ljallangan  xarajatlari 

nima bilan  bog'liq va ular qanday guruhlarga bo'linadi?

•  Ijtimoiy  ehtiyojlar  xarajatlari  qanday  prinsip  asosida 

aniqlanadi?

•  Byudjet  normalari  (m e ’yorlari)  deyilganda  nim alar 

tushuniladi?

•  Byudjet  tashkiloti  smetasining  xarajatlari  tarkibiga  nimalar 

kiradi?

• Amaliyotda pulli normalar (me’yorlar)ning qanday turlaridan 

foydalaniladi?

•  O'zining  murakkablik  darajasiga  qarab  byudjet  norma 

(m e’yor)lari nimalarga bo'linadi?

•  Kombinatsiyalashtirilgan  yoki  yiriklashtirilgan  norma- 

(m e’yor)larning afzalliklari nmalardan iborat?

•  Byudjet  norma  (m e’yor)lari  qanday  omillar  ta’siri  ostida 

o'zgarib turishi  mumkin?

•  Xarajatlar smetasi  nima  va  u  qanday qismga ega  emas?

•  Moliya  organlari  smeta  asosida  ijtimoiy  ehtiyojlar  uchun 

xarajatlarning  hajmini  aniqlayotgan  va  u  joriy  yilning  byudjeti 

tarkibiga kiritilayotganda qanday holatlarga alohida e ’tibor berilishi 

kerak?

•  Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi qanday 

ichki va  tashqi  omillarga  bog'liq?

•  Byudjet  krediti  nima va  u  qanday afzalliklarga  ega?

•  Hozirda  byudjet  xarajatlari  bo'yicha  qanday  kamchilik- 

nuqsonlar mavjud va ularning asosiylari  nimalardan  iborat?

•  Byudjet  xarajatlari  bo'yicha  bajarilishi  lozim   bo'lgan 

vazifalarning tarkibiga nimalar kiradi?

1 8 -B O B . 

B Y U D J E T   TIZIMI  VA  B Y U D J E T   TUZILM ASI40

18.1.  Byudjet tizimi: ta’rifi, prinsiplari,  boshqarish 



sohasidagi vakolatlar

Turli  darajadagi  byudjetlar  va  byudjet  mablag'lari  oluvchilar 

yig'indisini,  byudjetlarni  tashkil  etishni  va  tuzish  prinsiplarini 

ifodalaydigan,  byudjet jarayonida ular o'rtasida,  shuningdek,  byud­

jetlar hamda byudjet mablag'lari oluvchilar o'rtasida vujudga kela­

digan  o'zaro  munosabatlar  majmuiga  byudjet  tizimi  deyiladi. 

Ko'pchilik  hollarda,  soddaroq  qilib,  byudjet  tizimi  deyilganda 

mamlakatdagi  mavjud byudjetlar to'plami (majmui)  tushuniladi.

Byudjet  tizimi  mamlakat  byudjet  tuzilishining  tarkibiy  qismi 

bo'lib,  uning ma’lum bir qismini o'zida ifoda etadi.  Shu ma’noda, 

byudjet tizimi byudjetning o'zaro bog'liqlikda bo'lgan bo'g'inlarining 

o'zaro yig'indisidan  iboratdir. Mamlakatning byudjet tizimi jamiyat- 

ning  siyosiy tuzilishiga  (qurilishiga),  davlatning  iqtisodiy tizimiga 

va  uning ma’muriy-hududiy bo'linishiga bevosita bog'liq.

U yoki bu mamlakatning byudjet tizimi  ikki yoki uch bo'g'inli 

bo'lishi mumkin.  Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda 

byudjet  tizimi  ikki  bo'g'indan  (markaziy  va  mahalliy  byudjetlar), 

federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo'g'in­

dan (markaziy byudjet,  federatsiya a’zolari byudjetlari va mahalliy 

byudjetlar)  iborat  bo'lishi mumkin.

Har bir mamlakatning  byudjet tizimi  ma’lum  bir prinsiplarga 

tayanadi.  Bunday  prinsiplaming  tarkibiga  quyidagilar  kirishi 

mumkin:

•  byudjet tizimining yagonaligi;

• byudjet tizimining darajalari o'rtasida daromadlar va xarajat- 

laming chegaralanganligi;

• byudjetlarning mustaqilligi;

40 

Darsning  18-19-boblarini  yozishda  2000  yilning  14  dekabrida  qabul  qilingan 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Byudjet  tizimi  to‘g‘risida»gi  qonuni  va  unga  keyingi 

yillarda  kiritilgan  o'zgarishlar  asos  qilib  olindi.

•  davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalari  byudjetlari, 

byudjetlar daromadlar va xarajatlarining to'liq aks etishi;

• byudjetlarning balansliligi;

•  byudjet  mablag'laridan  foydalanishning  samaradorligi  va 

tejaml iligi;

• byudjet xarajatlarini  qoplashning umumiyligi;

•  oshkoralik;

• byudjetning  haqqoniyligi;

• byudjet mablag'larining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi.

Byudjet tiziminingyagonaligi

 

prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi,

byudjet  hujjatlari  shakllari,  byudjet  jarayoni  prinsiplari,  byudjet 

qonunchiligini  buzganlik  uchun  sanksiyalarning  yagonaligi, 

mamlakat byudjet tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini 

moliyalashtirish va byudjet mablag'lari buxgalteriya hisobini yurgizish 

tartibining yagonaligi bilan belgilanadi.

• 

B yudjet  tizim ining  d a ra ja la ri  о ‘rta sid a   darom adlar  va 

xarajatlarning chegaralanganligi prinsipi

 

tegishli daromadlar turlarini 

(to'liq  yoki  qisman)  va  xarajatlarni  amalga  oshirish  bo'yicha 

vakolatlarni  mamlakatning  hokim iyat  organlari,  mamlakai 

sub’ektlarining  hokimiyat  organlari  va  mahalliy  o 'zin i-o 'zi 

boshqarish organlariga biriktirilganligini ko'zda tutadi.

Byudjetlarning  mustaqilligi  prinsipi

 

qonunchilik  va  davlat 

hokimiyatining  ijroiya  organlari  hamda  mahalliy  o 'zin i-o'zi 

boshqarish  organlarining  mamlakat  byudjet  ti/iiuining  tegishli 

darajalarida byudjet jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi 

huquqlarini  bildiradi.  Bu  prinsipning  amal  qilishi  qonunchilikka 

muvofiq mamlakat byudjet tizimining har bir darajasida byudjetlar 

daromadlarining o'z manbalariga egaligini, byudjetlarning tartibga 

keltiruvchi daromadlarini, qonui  chilikka muvofiq ravishda tegishli 

byudjetlarning daromadlarini shakllantirish bo'yicha vakolatlarni, 

davlat  hokimiyat  organlari  va  mahalliy  o'zini-o'zi  boshqarish 

organlarining  qonunchilikka  muvofiq  ravishda  tegishli  byudjetlar 

xarajatlarining sarflanish yo'nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini 

qonuniy  biriktirilishini,  byudjet  to'g'risidagi  qonunlarni  ijro  etish 

jarayonida olingan qo'shimcha daromadlar, byudjet daromadlarining 

xarajatlaridan oshgan qismi summalari va byudjet xarajatlari bo'yicha

iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, byudjet 

to'g'risidagi  qonunlaming  ijro  etilishi  jarayonida  vujudga  kelgan 

daromadlardagi  yo'qotmalar  va  qo'shimcha  xarajatlarni  byudjet 

tizimining boshqa darajalari hisobidan kompensatsiya qilishga yo'l 

qo'ymaslikni  (qonunchilikning o'zgarishiga bog'liq holda vujudga 

kelgan holatlardan tashqari)  taqozo etadi.

Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarida byudjetlarning 

daromadlari va xarajatlari to ‘liq aks etishi, soliq hamda bu boradagi 

qonunlarga  muvofiq  belgilangan  boshqa  majburiy  tushumlari  to ‘liq 

hajmda  о ‘z  aksini  topishi  kerak.

 

Barcha  umumdavlat  va  mahalliy 

xarajatlar mamlakat  byudjet tizimida o'z  aksini  topgan byudjetlari 

va  davlatning  byudjetdan  tashqari jamg'armalarining  mablag'lari 

hisobidan moliyalashtiriladi.

Soliq kreditlari,  soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash 

bo'yicha kechiktirishlar va  muddatlarning o'zgartirilishi byudjetlar 

va  davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalarining  byudjetlari 

daromadlari va xarajatlari bo'yicha to'liq  ravishda alohida hisobga 

olinadi.

Byudjetlarning  balansliligi  prinsipi

 

byudjetda  ko'zda  tutilgan 

xarajatlarning  hajmi  byudjet  daromadlari  va  uning  defitsitini 

moliyalashtirish  manbalaridan  tushadigan  tushumlarning  jami 

hajmiga teng bo'lishi  kerakligini bildiradi.

Byudjetni  tuzish,  tasdiqlash  va  ijro  etish jarayonida  vakolatli 

organlar byudjet defitsiti  miqdorini mmimallashtirish zarurligidan 

kelib chiqishlari kerak.

Byudjet  mablag‘laridan  foydalanishning  samaradorliligi  va 

tejamliligi  prinsi pining

 

ma’nomazmuni  shundan  iboratki,  unga 

muvofiq  ravishda  vakolatli  organlar  va  byudjet  mablag'larini 

oluvchilar  byudjetlarni  tuzish  va  ularning  ijrosini  ta’minlashda, 

avvalo,  ko'zda  tutilgan  maqsadlarga  erishishda  mablag'laming 

kamroq  hajmidan  yoki  m a’lum  bir  hajmdagi  mablag'lardan 

foydalangan holda yuqon natijaga erishish zarurligidan kelib chiqishi 

kerak.

Byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi prinsipi

 

uning barcha 

xarajatlarini shu byudjetning barcha daromadlarini umumiy summasi 

va uning  defitsitini  moliyalashtirish  manbalari  hisobidan  tushgan

tushumlardan qoplanishi kerakligini anglatadi.  Byudjet daromadlari 

va uning  defitsitini  moliyalashtirishning  manbalaridan  tushumlar 

byudjetning  ma’lum  xarajatlari  bilan  bog'langan  bo'lishi  mumkin 

emas (maqsadli byudjet fondlarining daromadlari,  maqsadli xorijiy 

kredit  mablag'lari,  mamlakat  byudjet  tizimida  boshqa  darajadagi 

byudjetlar  mablag'larining  markazlashtirilish  holatlari  bundan 

mustasno).

Byudjet  tizimidagi  oshkoralik  prinsipi

 

ochiq  m atbuotda 

tasdiqlangan byudjet va uning ijrosi to'g'risidagi hisobotiami, albatta, 

e ’lon  qilinishini,  byudjet  ijrosi jarayonida  ma’lumotlarning  to'liq 

va  to'g'ri  berilishini,  davlat  hokimiyati  qonunchilik  organlari  va 

mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlarining qarorlariga oid boshqa 

ma’lumotlarni olish imkoniyatining yaratilganligini, byudjet loyihasi 

bo'yicha  qarorlami  ko'rib  chiqish  va  qabul  qilish  tartiblarining 

(jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida yoki davlat 

hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o'rtasidagi qarama- 

qarshiliklarni  ifodalovchi  masalalar  bo'yicha  ham)  jamiyat  va 

ommaviy axborot vositalari uchun albatta,  ochiq bo'lishini ko'zda 

tutadi.

Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat  respublika byudjeti 

tarkibida amalga oshiriladi.

Byudjetning haqqoniyligi prinsipi

 

tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishi  bashorat  ko'rsatkichlarining  ishonchli  hamda  byudjet 

daromadlari  va  xarajatlari  hisob-kitoblarining  haqqoniy  bo'lishi 

kerakligini taqozo etadi.

Byudjet mablag'larining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi 

prinsipi

 

byudjet mablag'larini konkret oluvchilar ixtiyoriga ularning 

aniq  maqsadlami  moliyalashtirilishi  oldindan  belgilangan  holda 

bo'lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko'zda tutilgan mablag'lar 

manzilliligini  yoki  yo'nalishini  ko'zda  tutilmagan  maqsadlarga 

o'zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat  mamlakat byudjet 

qonunchiligini buzish hisoblanadi.

Mamlakat  byudjet  tizim ini  boshqarish  sohasida  tegishli 

hokimiyat  organlari  alohida  vakolatlarga  egadirlar.  Masalan, 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet tizimini 

boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

•  Davlat  byudjeti  loyihasini  ishlab chiqilishini  tashkil  etish  va 

uni  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy Majlisiga  taqdim etish;

•  Davlat byudjetining  ijrosini  tashkil  etish;

•  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M oliya  vazirligi  va  davlat 

boshqaruvining  boshqa  organlarini  Davlat  byudjetini  ijro  etish 

borasidagi  ishlarini  muvofiqlashtirish va  nazorat qilish;

•  Davlat  maqsadli  fondlari  mablag‘larini  shakllantirish  va 

ulardan foydalanish tartibini belgilash;

•  Davlat  byudjeti  ijrosi  to‘g‘risidagi  hisobotni  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  tasdig‘iga kiritish;

•  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  amalga 

oshirish.

Shuningdek,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va joylardagi davlat 

hokimiyat  organlari  ham byudjet tizimini boshqarish sohasida  bir 

necha vakolatlarga ega.  Jumladan,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi 

Jo‘qorg‘i  Kengesi  va  mahalliy  hokimiyat vakillik  organlari  uchun 

bu borada quyidagi vakolatlar xosdir:

• tegishli  ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetini va 

mahalliy  byudjetlarni  qabul  qilish,  shuningdek,  ularning  ijrosi 

to'g'risidagi hisobotlami tasdiqlash;

•  qonun  hujjatlariga  muvofiq  mahalliy  byudjetga  tushadigan 

mahalliy  soliqlar,  yig'imlar  va  to'lovlar  miqdorlarini  hamda  ular 

bo'yicha imtiyozlarni  belgilash;

•  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  amalga 

oshirish.

Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Vazirlar  kengashi  va  tegishli 

hokimiyatlar esa:

• Qoraqalpog'iston  Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 

loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i 

Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun 

taqdim etish hamda ularning ijrosi to'g'risidagi hisobotlami tuzish;

• byudjetga tushumlarning to'liq va o'z vaqtida tushishi hamda 

uning mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan 

nazoratni tashkil  etish;

•  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  amalga 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling