A. V. Vahobov, T. S. Malikov


iqtisodiy  o'sishning  nisbatan  yuqori  sur’atda  ketishini  rag'batlan-


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
#20049
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75

iqtisodiy  o'sishning  nisbatan  yuqori  sur’atda  ketishini  rag'batlan- 

tiribgina  qolmasdan,  balki  uning  davriy  tebranishini  ham  sekin- 

lashtiradi.

Byudjetning  harbiy  (mudofaa)  xarajatlar(i)  ham  davlatning 

funksiyalaridan kelib chiqadi.  Ular har bir davlatning o'z mudofaa 

qobiliyatini  mustahkamlashi  bilan  bog'liqdir.  Byudjet  mablag'lari 

hisobidan  Qurolli  Kuchlarning barcha turiari  moliyalashtiriladi.

Harbiy  (mudofaa)  xarajatlar(i)  to'g'ri  (bevosita)  va  egri 

(bilvosita) xarajatlarga bo'linadi. To'g'ri (bevosita)  harbiy xarajatlar 

strategik  qurollarni  ishlab  chiqarish  yoki  sotib  olish,  Qurolli 

Kuchlarning  shaxsiy  tarkibini  tayyorlash  va  saqlash,  harbiy 

xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan 

iborat bo'lishi  mumkin.  Bu  turdagi  harbiy  (mudofaa)  xarajatlar(i)

urush  harakatlari  sodir  etilayotgan   paytda  va  mamlakat 

iqtisodiyotining militarizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi.

Egri  (bilvosita)  harbiy  (mudofaa)  xarajatlar(i)ga  urush 

nogironlari  va  vafot  etganlar  oilalariga  beriladigan  pensiya  va 

nafaqalar,  fuqarolik  idoralarining  moddalari  bo'yicha  o ‘tadigan 

xarajatlar (masalan, yo'l va strategik ob’ektlarni qurish xarajatlari) 

ning  bir qismi  kiradi.

Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga 

oshirilishi,  uning  xo'jalik-tashkilotchilik  funksiyasi  byudjetdan 

boshqaruv xarajatlari deb  nomlangan  alohida xarajatlar qilinishini 

taqozo  etadi.  Boshqaruv  (davlat  hokimiyati  organlari,  sud  va 

prokuratura organlari, fuqarolaming o ‘zini-o‘zi boshqaruv organlari) 

xarajatlari  davlat  organlari  faoliyatining  moliyaviy  asosini  tashkil 

etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon 

yaratadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar berish 

rivojlangan mamlakatlaming byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi. 

Bunday  yordam  faqat  iqtisodiy  omillar  bilan  emas,  balki  siyosiy 

tomonlari bilan xarakterlanadi.  Imtiyozli shartlarda kreditlashtirish 

va qaytarilmaydigan tarzda yordam ko'rsatish uning ko'rinishlaridan 

biri hisoblanadi.

Byudjetning barcha xarajatlari yuqoridagi beshta guruhdan qaysi 

biriga  kirishidan  qat’iynazar,  ular  o'zlarining  ma’lum  aniq 

maqsadlarga  mo'ljallanganligi  bo'yicha  ham  bir  necha  qismlarga 

bo'linadi.  Bu qismlar byudjet xarajatlarining aniq turlaridan tarkib 

topadi.  Kapital quyilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, subsidiyalar, 

byudjet ssudalari,  ish  haqi,  ovqatlanish xarajatlari,  kapital  va joriy 

remont, kanselyariya va xo'jalik xarajatlarini  byudjet xarajatlarining 

konkret turiari sifatida ko'rsatish  mumkin.  Byudjet xarajatlarining 

ma’lum aniq maqsadlarga mo'ljallanganligi bo'yicha turkumlanishi 

byudjet  mablag'laridan  oqilona  foydalanishga  sharoit  yaratadi, 

byudjet  assignovaniyalaridan  foydalanish  ustidan  samarali  va 

ta’sirchan  moliyaviy  nazoratni  amalga  oshirishning  zaruriy  asosi 

hisoblanadi.

Byudjet  xarajatlarini  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  turkumlarga 

ajratilishi bilan bir qatorda tashkiliy jihatdan ham guruhlarga ajratish

mumkin.  Buning  asosida  byudjet  xarajatlarini  yuqori  tashkilotlar 

(vazirliklar,  uyushmalar, assotsiatsiyalar,  birlashmalar,  konsernlar, 

kompaniyalar va h.k.) va hududiy belgilari yotishi mumkin.  Byudjet 

xarajatlarining  yuqori  tashkilotlar  bo'yicha  guruhlanishi  byudjet 

mablag'larini  aniq  oluvchilarni  ko'rsatadi  va  ular  tarmoq  ichida 

pul  fondlarini  shakllantirishda  mas’ul  bo'lib,  ajratilgan  byudjet 

assignovaniyalaridan o'z vaqtida,  samarali va qonuniy foydalanish 

ustidan javobgardirlar.

Byudjet xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq bo'linishi ularning 

markazlashuvi ni turli  darajalarini o'zida aks ettiradi.  Shu munosabat 

bilan,  davlat boshqaruvi darajasi va yuridik nuqtai  nazardan,  byudjet 

xarajatlari uch guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi:

•Davlat byudjeti xarajatlari;

•Respublika byudjeti xarajatlari;

•Q oraq alp og'iston   R espublikasi  byudjeti  va  m ahalliy 

byudjetlarning xarajatlari.

«Byudjet  tizim i  to'g'risida»gi  O'zbekiston  Respublikasi 

qonunining  12-moddasiga  muvofiq  Davlat  byudjeti  xarajatlari 

quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

• byudjetdan  mablag'  oluvchilarning joriy xarajatlari;

• joriy byudjet  transfertlari;

•  kapital  xarajatlar  (asosiy  fondlar  va  vositalami  (ular  bilan 

bog'liq  ishlar  va  xizmatlar  ham  shular  jumlasiga  kiradi)  davlat 

ehtiyojlari  uchun  olish va takror ishlab  chiqarish,  chet  elda davlat 

ehtiyojlari uchun yer va boshqa  mol-mulk olish,  davlat ehtiyojlari 

uchun yerga bo'lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlami olish, 

davlat zaxiralarini vujudga keltirish xarajatlari);

• kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga berila­

digan transfertlar;

• rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan 

byudjet ssudalari;

• davlat maqsadli jamg'armalariga beriladigan byudjet dotatsiya- 

lari va byudjet ssudalari;

•  qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.

O'z  navbatida,  Respublika  byudjeti  xarajatlarining  tarkibi 

quyidagilardan iborat  (yuqoridagi  qonunning  16-moddasi):

• respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘i 

oluvchilarning joriy xarajatlari;

• joriy byudjet transfertlari;

•  kapital  xarajatlar  (asosiy  fondlar  va  vositalami  (ular  bilan 

bogiiq  ishlar  va  xizmatlar  ham  shular  jumlasiga  kiradi)  davlat 

ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish,  chet elda davlat 

ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari 

uchun yerga bo'lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlami olish, 

davlat zaxiralarini vujudga keltirish xarajatlari);

•  kapital  xarajatlarni  qoplash  uchun  yuridik  shaxslarga 

beriladigan byudjet transfertlari;

• Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga 

byudjet dotatsiyalari, byudjet subvensiyalari va byudjet ssudalari;

• rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan 

byudjet ssudalari;

•  davlat  maqsadli  jamg'armalariga  beriladigan  byudjet 

dotatsiyalari va byudjet ssudalari;

• qonun  hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.

Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy

byudjetlar xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (tegishli 

qonunning  19-moddasi):

•  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  va  mahalliy  byudjetlardan 

moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari;

• joriy byudjet transfertlari;

•  kapital  xarajatlar  (asosiy  fondlar  va  vositalami  (ular  bilan 

bog'liq  ishlar  va  xizmatlar  ham  shular  jumlasiga  kiradi)  davlat 

ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish,  davlat ehtiyojlari 

uchun yerga bo'lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlami olish);

•  qonun  hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  byudjetning  xarajatlari  uning

daromadlari  bilan  uzviy  bogiangandir.  Bunday  o'zaro  bog'liqlik 

xarajatlarning  miqdoriy jihatdan  daromadlarga  muvofiq kelishi  va 

ularning  bir-biriga  o'zaro  ta’sir  ko'rsatishi  orqali  ifodalanadi.  Bir 

tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet 

daromadlarining  hajmi  bilan  cheklanadi.  O'z  navbatida,  byudjet 

daromadlarining  hajmi  davlatning  iqtisodiy  imkoniyatlari  bilan

aniqlanadi.  Shuning  uchun  ham  bu  yerda byudjet  xarajatlarining 

shunday hajmini va milliy xo'jalikda pul  fondlarini shakllantirishda 

byudjet  mablag1 laridan  foydalanishning  shunday  muddatlarini 

brlgilash kerakki, ular minimal xarajatlar qilib, maksimal samaraga 

erishish  orqali  davlat  oldidagi  ijtim oiy-iqtisodiy  vazifalam i 

muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin.  Boshqa tomondan esa, ishlab 

chiqarishning o'sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini 

tezlashtirish va milliy xo'jalikdagi proporsiyalarni optimallashtirish 

orqali  byudjetning  xarajatlari  uning  daromadlari  darajasining 

ortishiga o'z ta’sirini ko'rsatadi.

Byudjet  xarajatlari  hajmining  yildan-yilga  ortib borishi  ularni 

milliy xo'jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni juda 

dolzarb  muammoga  aylantirib  qo'yadi.  Bunda  milliy xo'jalikning 

yakuniy  natijasini  baholab,  faqat  unga  te g ish li  b o'lgan  

daromadlaming qo'shimcha ravishda o'sganligiga e’tibor berish bilan 

cheklanish  maqsadga muvofiq emas.  Bu yerda, bir vaqtning o'zida, 

jamiyatning  ijtimoiy  taraqqiyot  darajasi,  ijtimoiy muammolaming 

qay darajada hal  etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim. 

Albatta,  milliy xo'jalikning yakuniy natijasi byudjet xarajatlarining 

umumiy hajmiga,  ularning tarkibiy tuzilishiga, byudjet mablag'lari- 

dan to'g'ri,  iqtisod qilib va samarali foydalanishga bevosita bog'liq. 

Shuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjet xarajatlarining ilmiy 

asoslangan  holda  rejalashtirilishiga,  byudjet  assignovaniyalaridan 

foydalanish  ustidan  moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida 

e ’tibor berish lozim.

M illiy  xo'jalikni  m oliyaviy  tartibga  solishning  m uhim  

vositalaridan biri ham byudjetning xarajatlaridir.  Bu yerda, odatda, 

moliyaviy  tartibga  solish  deyilganda,  milliy  xo'jalikdagi  oqilona 

proporsiyalarni  ta’minlash  maqsadida  byudjet  mablag'larini 

tarmoqlar va hududlar bo'yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning 

shakllari va metodlari majmui tushuniladi.  Milliy xo'jalikni moliyaviy 

tartibga  solishning  ob’ektiv  zarurligi  katta  o'zgaruvchanlik  bilan 

xarakterlanadigan  uning  murakkab  organizmi  bo'lgan  turli 

qismlarida moliyaviy resurslami jamg'arish sur’atlarining turli xilligi 

bilan  izohlanadi.  Byudjet  resurslarini  sarf qilish  orqali  davlat  pul 

mablag'larini  taqsimlashda  vujudga  keladigan  proporsiyalarni

o'zgartirilishi  va  buning  oqibatida  ba’zi  bir tarmoqlar  (hududlar) 

rivojlanishining  tezlashtirishi  hamda boshqalarining  rivojlanishini 

rag‘batlantirmasdan, milliy xo'jalikning rivojlanishini tartibga solishi 

mumkin.  Byudjet  mablagMarining  katta  qismini  muhim  ishlab 

chiqarish  — hududiy komplekslarni rivojlantirishga  sarflash sekin- 

astalik bilan chuqur sifat o'zgarishlarining sodir boMishiga ijtimoiy 

ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasining o'zgarishiga olib keladi.

Mamlakatning  milliy  xo'jaligini  moliyaviy  jihatdan  tartibga 

solish  byudjet  daromadlarini  rejalashtirish  va  byudjetdan  moliya­

lashtirish  jarayonlari  davomida  amalga  oshiriladi.  Rejalashtirish 

jarayonining  o'zidayoq  byudjet  xarajatlarining  umumiy  hajmi 

gorizontali  bo'yicha  (tarmoq,  vazirlik va  maqsadli  kesimlarda)  va 

vertikali bo'yicha (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) 

taqsimlanib,  iqtisodiyotda  tarkibiy  o'zgarishlarning  sodir  boMishi 

uchun  tegishli  sharoit  yaratiladi.  Byudjetdan  moliyalashtirish 

jarayonida  esa  davlat  o'zining  ixtiyoriga  kelib  tushayotgan  pul 

mablag'larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida 

keng  manyovr  qilish  imkoniga  ega  boMadi.  Mablag'lami  aniq 

taqsimlovchilarga  byudjet  kreditlarini  ochish,  byudjet  assignova- 

niyalarini  berish  va  ulardan  samarali  foydalanish  ustidan  nazorat 

qilib,  iqtisodiyotning  rivojlanishi  ustidan  moliya  organlari  diqqat 

bilan  kuzatuvni  amalga  oshiradilar  va  zarur  hollarda  taqsim- 

lanayotgan byudjet mablagMarining proporsiyalarini o'zgartiradilar.

Byudjetda  daromadlami  xarajatlarning  konkret  turiari  va 

yo'nalishlari bo'yicha biriktirilish  prinsipi bo'lmaganligi uchun bu 

yerda byudjet resurslari bilan keng manyovr qilish va shunga muvofiq 

ravishda  davlatning  ixtiyoriga  kelib  tushuvchi  pul  mablagMaridan 

har qanday zarur yo'nalishda foydalanilishi  mumkin.

Byudjet  xarajatlarining  tarkibi  va  uning  tuzilmasi  davlatning 

tabiatiga,  u  tom onidan  bajarilayotgan  funksiyalarga,  m illiy 

xo'jalikning ehtiyojlariga bogMiq hamda byudjet  mexanizmi  orqali 

ishlab  chiqarish  va  iste’molning  ba’zi  bir  omillariga  davlatning 

ta’sirchanligini  ta’minlash  kabilar  bilan  belgilanadi.  Masalan, 

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va 

uning  tuzilmasi  keyingi  yillarda  quyidagi  ma’lumotlar  bilan 

xarakterlanishi mumkin:  O'zbekiston Respublikasi  Davlat byudjeti

xarajatlarining  yarmidan  ko‘prog‘ini  (56,55%)  ijtimoiy  soha  va 

aholini  ijtimoiy qo‘llab-quwatlash xarajatlari tashkil etmoqda.  Bu 

xarajatlarning  tarkibida  asosiy  o'rinni  maorif (32,65%),  sogiiqni 

saqlash  (11,82%)  va  oilalarga  ijtimoiy  nafaqalar  (9,56%)  egalla- 

moqda.  Umumiy holda esa ana shu uch guruhdagi xarajatlar Davlat 

byudjetidan ijtimoiy soha va aholini  ijtimoiy qo‘llab-quwatlashga 

mo'ljallangan mablag'laming  95,02%ga teng boMmoqda.

Umuman  olganda,  Davlat  byudjetining  bu  guruhga  kiruvchi 

xarajatlari yosh avlodni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlarni 

berish,  milliy xo'jalik uchun zarur bo'lgan yuqori malakali kadrlarni 

tayyorlash,  aholiga  malakali  tibbiyot  xizmati  ko'rsatish,  ijtimoiy 

sug'urta  va  ijtim oiy  ta ’m inotni  yanada  yaxshilash,  bozor 

iqtisodiyotiga o'tishning hozirgi murakkab sharoitida aholini ijtimoiy 

jihatdan  himoya  qilish  va  uni  har  tomonlama  qo'llab-quvvatlash 

masalalariga O'zbekistonda qanday e’tibor berilayotganligini yaqqol 

ko'rsatmoqda.-

Iqtisodiyot  xarajatlari  va  markazlashtirilgan  investitsiyalami 

moliyalashtirish xarajatlari o'zlarining salmog'iga ko'ra O'zbekiston 

Respublikasi  Davlat  byudjetining  xarajatlari  tarkibiy  tuzilmasida 

keyingi  o'rinni  egallab,  ularning  har biriga,  mos  ravishda,  byudjet 

xarajatlarining  11,97%  va  7,51%  qismlari  to'g'ri  kelayapti.  Bu 

raqamlar byudjet mablag'lari hisobidan mamlakat iqtisodiyotining 

barqaror o'sishini ta’minlash, uning tarkibiy tuzilmasini takomillash­

tirish va o'zgartirish,  milliy xo'jalik sektorlarida iqtisodiy samarador­

likning  o'sishini  ta’minlash,  ilmiy-texnika  taraqqiyotining  o'sish 

sur’atlarini  tezlashtirish,  yagona  texnikaviy  siyosatni  yurgizishga 

jiddiy e ’tibor berilayotganligidan darak beradi.

17.2.  Byudjetdan  moliyalashtirish:  ta’rifi,  prinsiplari, 

shakllari va metodlari

Byudjetning xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashti­

rish  orqali  amalga  oshiriladi.  Shu  munosabat  bilan,  byudjetdan 

moliyalashtirish deyilganda rejada ko'zda tutilgan tadbirlami amalga 

oshirish  uchun sub’ektlarga byudjetdan  mablag'lami  taqdim  etish

tizimi tushuniladi.  U pul mablag'larini taqdim etishning o'ziga xos 

shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir prinsip- 

larga tayanadi.  Byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplari, shakllari 

va  metodlari  bu  tizimning  tarkibiy  elementlari  bo'lib  hisoblanadi 

va  uning  amal  qilish  natijalariga  o'z  ta’sirini  ko'rsatadi.  Muhim 

ijtimoiy-iqtisodiy  vazifalar  hal  etilayotgan  hozirgi  paytda  oqilona 

va samarali byudjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada 

ortadi.

Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, 

eng avvalo,  moliyalashtirish prinsiplari muhim rol o'ynaydi. Amali­

yotda  foydalanilayotgan  byudjetdan  moliyalashtirishning prinsip­

larini  umumiy  va  xususiy  guruhlarga  bo'lish  mumkin.  Umumiy 

prinsiplar  byudjetdan  mablag'  oladigan  barcha  sub’ektlarning 

faoliyatiga tegishlidir.  Xususiy prinsiplar esa sub’ektlar faoliyatining 

tashkil  etilishiga  bog'liq  ravishda  byudjet  mablag'larining  taqdim 

etilish tartibini belgilab beradi.

Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagi­

lardan  iborat bo'lishi  mumkin:

•  minimum  xarajat  qilib,  maksimum  samara  olish.  Byudjet 

mablag'lari ulardan foydalanishning eng yuqori samarasi ta’minlan- 

gandagina  taqdim  qilinishi  kerak.  Bunday samara,  bir tomondan, 

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini yechish, 

ikkinchi tomondan esa,  byudjet assignovaniyalarini oluvchilarning 

daromadlari  o'sishi  hisobidan  pul  mablag'larining  byudjetga  kirib 

oqib  kelishi  bilan  ifodalanishi  mumkin;

•  byudjet  assignovaniyalaridan  foydalanishning  maqsadli 

xarakterdaligi. Yuridik shaxslar oldindan  maqsadlari aniqlangan va 

tasdiqlangan  byudjet  asosida  byudjetdan  mablag'  olishi  mumkin. 

Bu  prinsipga  qat’iy  rioya  qilish  byudjet  assignovaniyalaridan 

samarasiz foydalanishga to'sqinlik qiladi;

• ko'zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assigno- 

vaniyalarning  foydalanilganligini  inobatga  olgan  holda  byudjet 

mablag'larini  taqdim  etish.  Byudjetdan  moliyalashtirish  ko'rsat- 

kichlarning bajarilishiga bog'liqligi  moliyaviy organlarga  korxona, 

tashkilot va muassasalaming faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan 

nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;

• byudjet assignovaniyalarining qaytariluvchan emasligi.  Byudjet 

assignovaniyalari  sub’ektlarga  ularni  majburiy  ravishda  byudjetga 

qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi;

• byudjet assignovaniyalarining tekinligi. Byudjetdan assignova- 

niyalar  sub’ektlarga  foiz  ko‘rinishida  qandaydir  daromadlami 

davlatga  to‘lamasdan  yoki  assignovaniyalarni  to'lashning  boshqa 

ko‘rinishlarisiz, ajratiladi.

Byudjetdan  moliyalashtirish  amaliyotida  umumiy  prinsiplar 

bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi.  Ulaming 

tarkibiga quyidagilar kiradi:

• byudjet  assignovaniyalarini  faqat  ishlab  chiqarishni  kengay­

tirish xarajatlariga ajratish;

• byudjet assignovaniyalarining o'lchamini aniqlashda «qoldiq» 

yondashuvidan foydalanish;

• byudjetdan moliyalashtirishdan rejalashtirilayotgan xarajatlarni 

kredit  metodi  orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;

•  korxonalaming  moliyaviy  holatini  byudjetli  tartibga  solish 

prinsipi va boshqalar.

Byudjet assignovaniyalari amaliyotida byudjetdan moliyalash­

tirishning turli usullaridan foydalaniladi.  Uning quyidagi  ikki usulini 

alohida ajratib  ko'rsatish  mumkin:

• «netto-byudjet» tizimi bo'yicha moliyalashtirish.  Pul mablag'­

larini  taqdim  etishning  bu  usuli  shu  bilan  xarakterlanadiki,  unga 

ko'ra byudjet assignovaniyalari tasdiqlangan byudjetda ko'zda tutil­

gan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi;

•  «brutto-byudjet»  tizimi  bo'yicha  moliyalashtirish.  Bu  usul 

byudjetdan to'liq moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar uchun 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling