A. V. Vahobov, T. S. Malikov
«O'zavtoyo'1» davlat aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
«O'zavtoyo'1» davlat aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to ‘g ‘risida»gi 361-sonli Qarori e ’lon qilindi. Mazkur qaroming 5-ilovasiga muvofiq, Respublika yo‘1 jamg'armasi faoliyatini m uvofiqlashtiruvchi yo'riqnom a ishlab chiqildi. Yo'riqnomada Respublika yo'l jamg'armasining umumiy qoidalari, maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari, jamg‘armaning huquq va majburiyatlari, jamg'armani boshqaruv kengashi haqida va ijrochi organi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ko'rsatmalar aks etgan. Jam g'arm an i boshqaruv k en g a sh i R espublika y o 'l jamg'armasining oliy organi hisoblanadi. Jamg'armani boshqaruv kengashi tarkibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi. Boshqaruv kengashining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: —jamg'arma faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilash; —jamg'armaning ijrochi direksiyasi va «O'zavtoyo'1» DAK mablag'lami qanday sarf etish bo'yicha takliflarini ko'rib chiqib, zarurat tug'ilgan sharoitda o'zgartish va qo'shimchalar kiritish; —ijrochi direksiyaning qilgan ishlari bo'yicha hisobotlarini tinglash; — D avlat soliq qo'm itasi va jam g'arm a darom adlarini shakllantirishda ishtirok etadigan boshqa idora va qo'mitalaming moliyaviy resurslami o'z vaqtida va to'liqligicha ta ’minlab berayotganligi bo'yicha hisobotlarini tinglash; —O 'z b e k isto n R espu b likasi V azirlar M ah k am asiga jamg'armaning daromadlarini shakllantirish va xarajatlarini samarali tashkil etish bo'yicha takliflar kiritish; —Respublika Yo'l jamg'armasining moliyaviy resurslaridan maqsadli foydalanayotganligi ustidan nazorat qilish va boshqalar. Respublika Yo'l jamg'armasida shakllanadigan moliyaviy resurslami shakllantirish, taqsimlash va maqsadli foydalanishini bevosita muvofiqlashtirib turuvchi tezkor organ uning ijrochi direksiyasidir. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Yo'l jamg'armasi oldiga qo'yilgan maqsad va maqsadga to'liq erishish uchun rejalashtirilgan vazifalami o'z vaqtida va to'liq amalga oshirish uchun daromadlami to'liq shakllantirish hamda xarajatlarni samarali tashkil etish davr talabidir. 20.4. Bandlikni qo'llab-quvvatlash Davlat jamg'armasi Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan barcha mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo'llab- quvvatlash davlat jamg'armalari tashkil etiladi. Jamg'armaning hajmi, moliyalashtirish manbalari va xarajat yo'nalishlari har bir alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari bandlikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi maqsadli yo’nalishga ega bo'lib, davlat tasarrufi va uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi. «O'zbekiston Respublikasida Bandlikni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasini tashkil etish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992 yil 31 dekabrda qabul qilindi. Ushbu Qaror jamg'arma daromadlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib turuvchi m e’yoriy hujjat bo'lib hisoblandi. Davr o'tishi bilan va bozor iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma- bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni qo'llab- quvvatlash davlat jamg'armasiga ham mos ravishda ijobiy o'zgarishlar hamda qo'shimchalar kiritilib borildi. 1998 yil 1 may kuni O'zbekiston Respublikasining «Aholi bandligi to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va hayotga tatbiq etilishi Bandlikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining mavqyeini yanada kuchaytirishga turtki bo'ldi. Chunki qonunning 6—moddasida mehnat qilish huquqi kafolati deb nomlanishining o'ziyoq jamg'armani yanada takomillashtirishga, resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi. 2003 yil 2 aprelda O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Bandlikni qo'llab- quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'larini shakllantirish va foydalanish tartibi to'g'risida»gi Nizomni tasdiqlash bo'yicha 173- sonli Qarori e ’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita «Aholi bandligi to'g'risida» va «Byudjet tizimi to'g'risida»gi qonunlar negizida ishlab chiqildi. Bandlikni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tasarrufida bo'lib, uning daromadlari quyidagi manbalardan tashkil topadi: — k orxon a, m u assasa va ta sh k ilo tla r m eh n at haqi jamg'armasidan majburiy ajratmalar. Majburiy ajratma hajmi (o'lchami) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o'matiladi; — Respublika va mahalliy byudjetlar mablag'laridan dotatsiya; — m e’yoriy tartib-qoidalarni buzganlarga o'rnatiladigan jarima va penyalar (majburiy ajratmalarni o'z vaqtida va to'liq to'Iamaganlar nazarda tutilmoqda); — yangi ish o'rinlarini tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlashtirish maqsadida ochilgan kredit liniyalari bo'yicha olilgan foizli daromadlar; — yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatlardan ixtiyoriy ravishdagi badallar; — m e’yoriy hujjatlarda taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalar. Jamg‘armada shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan quyidagi chora-tadbirlar moliyalashtiriladi: — mehnat biijasida ro'yxatga olingan ishsizlar yoki ish o'rinlarini izlayotgan shaxslami qayta tayyorlash, malakasini oshirish va qayta ixtisoslashtirish tadbirlarini moliyalashtirish; — ishsizlik bo'yicha to'lanadigan nafaqalar; — mehnat bo'limining taklifiga muvofiq, fuqaroni boshqa hududga ishga o'tg a n lig i m unosabati bilan to 'la n a d ig an kompe nsatsiyalar; — qonunga muvofiq, ishsizlarga beriladigan moddiy yordam; — ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlangani munosabati bilan pensiya jamg'armasi xarajatlarini qoplash; — alohida hududlarda ishsizlikni oldini olish chora-tadbirlariga bag'ishlangan sotsiologik so'rovlar bo'yicha xarajatlar; — mehnat bo'limlarining binolarni qurish, rekonstruksiya ta’mirlash qilish va saqlash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar; — reklama, nashriyot va informatsion so'rov ishlarini amalga oshirish xarajatlari; — aholi bandligi bilan bog'liq muammolar bo'yicha xalqaro hamkorlik xarajatlarini moliyalashtirish; — fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari,kichik biznes sub’ekt lari va xo'jalik sub’ektlariga qisqa va o'rta muddatli kreditlarni taqdim etish bo'yicha xarajatlar; — qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa x a i a j a l l a m i moliyalashtirish. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning tasarrufida bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo'limlari jamg'armaning moliyaviy resurslarini to'liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun javobgardirlar. Ish beruvchilar tom onidan majburiy ajratmalarni to'liq jamg'arma daromadiga o'tishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning tasarrufida bo'lgan bo'linmalari hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga yuklatilgan. Bandlikni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'laridan foydalanishni nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi M ehnat va aholini ijtim oiy m uhofaza qilish vazirligi hamda O 'zbekiston Respublikasi M oliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat tug'ilganda, mustaqil auditorlar yoki auditor firmalami jalb etib, moliyaviy resurslardan qonunga mos ravishda foydalanlayotganligini tekshirish mumkin. 20.5. Maktab ta’limi jam g'armasi Dunyo iqtisodiy tajribalaridan ma’lumki, davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari bir qator xususiyatiari bilan bir-biridan, jumladan, hududiy bo'ysunishiga qarab, maqsadidan, muayyan bir soha yoki tarmoqqa xizmat ko'rsatish va nihoyat, doim iy yoxud vaqtinchalik xususiyatga ega ekanligi bilan farqlanib turadi. Ana shu turkumlanishlarning so'nggisidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasida vaqtinchalik xususiyatga ega bo'lgan jamg'armaga asos solindi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining « 2 0 0 4 -2 00 9 yillard a M aktab ta ’lim in i rivojlantirish D avlat um um milliy dasturi to'g'risida»gi 2004 yil 21 mayda PF-3431- so n li F arm o n i bilan byudjetdan tashqari «M aktab t a ’lim i jamg'armasi» tashkil etildi. Maktab ta’limi jamg'armasi yuridik maqomiga muvofiq, o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuritadi. Qayd e tilg a n jam g'arm aning asosiy m a q sa d i-m o liy a v iy mablag'laming jamlanishini ta’minlash, maktablarni tiklash, ulami zam on aviy o'quv-laboratoriya asbob-uskun alari, kom pyuter texnikasi, maktab partalari va mebel lar bilan jihozlash ishlarini o'z vaqtida ta’minlash hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini ijro etish va hayotga izchil tatbiq etish maqsadida 2004 yil 7 iyunda Vazirlar Mahkamasining byudjetdan tashqari «Maktab ta’limi jamg'armasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 263-sonli Qarori e ’lon qilindi. Ushbu Qarorda Maktab ta’limi jamg'armasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: — byudjet hamda yuridik va jism oniy shaxslaming homiylik mablag'larini, xorijiy kreditlar va grantlami 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini ro'yobga chiqarishda maqsadli foydalanish uchun jamlash; — Maktab ta’limini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan, buzib tashlanadigan maktablar o'rniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, ularni o'quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash hajmlarini moliyalashtirish; — jamg'arma mablag'laridan Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun qat’iy maqsadli foydalanilishi ustidan m onitoring olib borilishini ta’minlash. Maktab ta’limi jamg'armasi mablag'larini shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari quyidagilar hisobidan vujudga keladi: — davlat byudjetida alohida satrda nazarda tutilgan byudjet mablag'lari; — m ahalliy byudjetlarning soliqlar va yig'im lar bo'yicha prognozdan ortiqcha tushumlarini jalb etishdan olingan mablag'lari; — xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari; — O'zbekiston Respublikasining rezident va norezidentlari bo'lgan yuridik va jism oniy shaxslaming homiylik yordami; — Jamg'armaning vaqtincha bo'sh mablag'larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; — qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. Maktab ta’limi jamg'armasi mablag'larini sarflash quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi: — namunaviy loyihalardan foydalangan holda loyiha smeta hujjatlari mavjud bo'lgan sharoitda aynan tasdiqlangan manzilli ro'yxatlarga binoan, buziladigan maktablar o'rniga yangi maktablar barpo etishni, maktablarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish; — maktab muassasalarini davr talabiga mos keladigan o'quv- laboratoriya asbob-uskunalari va kom pyuter texnikasi ham da texnologiyalari bilan jihozlash; — maktab mebellari va o'quv partalarini xarid qilish; — ta’lim muassasalarini sport anjomlari va jism oniy tarbiya qurollari bilan ta’minlash va boshqa zaruriy joriy xarajatlarni moliyalashtirish. Byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg'armasi moliyaviy mablag'larini umumiy boshqarish uchun kengash tashkil etiladi. O 'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Kengash raisi etib belgilanadi. Kengash raisi o'rinbosarlari etib O'zbekiston Respublikasi M oliya vaziri hamda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri tayinlanadi, shuningdek, kengash 10 a ’zodan tarkib topadi. Maktab ta’limi jamg'armasini boshqarish Kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: — xorijiy investitsiyalar, grantlar va hom iylik mablag'larini jalb etishda Jamg'armaga ko'maklashish; — Jamg'arma oldiga qo'yilgan vazifalami hal etishga manfaatdor davlat tashkilotlarini, nodavlat tashkilotlami va jamoat tashkilotlarini- jalb etish; — Jam g'arm a d arom ad lari va x arajatlarin in g p rog n o z parametrlarini tasdiqlash; — ijro etuvchi direksiyaning faoliyati, ayniqsa, daromadlar manbalarini shakllantirish, o'z vaqtida moliyalashtirish va Jamg'arma mablag'laridan maqsadli yo'lda foydalanishga doir faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish va h.k. Byudjetdan tashqari Maktab ta ’limi jamg'armasi moliyaviy resurslarini tezkor suratda boshqarish Ijro etuvchi direksiya tom onidan amalga oshiriladi. Maktab ta’limi jamg'armasini Ijro etuvchi direksiyasining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan: — Jamg'arma daromadlari va xarajatlari prognozini va uning bajarilishi to'g'risidagi hisobotni tayyorlash; — moliya organlari, xalq ta’limi organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlaming Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga yo'naltirilgan (birgalikdagi) faoliyatini muvofiqlashtirish; — Dasturda har yili asosiy bo'limlar bo'yicha nazarda tutilgan tadbirlarga Jamg'arma mablag'laridan foydalanish yo'nalishlarini daromadlar manbalari bilan bog'liq holda belgilash; — Jamg‘arma mablag'laridan qat’iy maqsadli (yo'nalishlar bo'yicha) va samarali foydalanilishini ta’minlash va boshqalar. Maktab ta’limi jamg'armasi hisobidan O'zbekiston Respublikasi bo'yicha 2004-2009 yillarda buzib tashlanadigan um um ta’lim m aktablari o'rn iga yangi m aktablar qurish, ularni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, 2888 311 ta o'quvchilar o'rniga rejalashtirilgan 8476 ta maktab davr talabiga m os ravishda o'quvchi va o'qituvchilar ixtiyoriga topshiriladi. Bu, o'z vaqtida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini tayorlashga, shuningdek, yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni davr talabiga m os ravishda tarbiyalash jarayonini tezlashtirishga yaqindan yordam beradi. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari deb nimaga aytiladi? • D avlatning byudjetdan tashqari jam g'arm alari qanday xususiyatlarga ega? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini tashkil etishning ob ’ektiv zarurligi va shart-sharoitlari nim alar bilan belgilanadi? •Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini tashkil etishga qanday omillar ta’sir etadi va ularning asobiylaii nimalai hisoblanadi0 •Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini tashkil etish tartibi qanday va ularni shakllantirish metodlari nimalardan iborat? •Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining moliyaviy munosabatlari qanday ko'rinishlarda bo'lishi mumkin? • D avlatning byudjetdan tashqari jam g'arm alari qanday vazifalami bajaradi va ularning asosiylari nimalardan iborat? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining qanday moliyaviy manbalari mavjud va ularni qanday guruhlarga ajratish mumkin? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari o'zlarining iqtisodiy m azm uni va tashkil etish zaruratiga ko'ra qanday guruhlardan tashkil topadi? • Ijtimoiy xususiyatga ko‘ra davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari tarkibiga qanday jamg'armalar kiradi? • Iqtisodiy xususiyatiga ko'ra davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari tarkibi qanday jamg'armalardan iborat? • Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida qaysi byudjetdan tashqari jamg'armalari mavjud va ularning asosiylari nimalardan iborat? • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining bosh maqsadi nimadan iborat? • Davlat pensiyalarining qanday ko'rinishlari mavjud? • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi daromadlarining shakllanish tartibi qanday va manbalari nimalardan iborat? • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasidan pensiya, nafaqa va to'lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi qanday? • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi xarajatlarining asosiy ko'rsatkichlari tarkibiga nimalar kiradi? • Byudjetdan tashqari Yo!l jamg'armasining oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalar nimalardan iborat? • Yo'l jamg'armasi Boshqaruv kengashining asosiy vazifalariga nimalar kiradi? • R espublika Y o'l ja m g 'a rm a siga majburiy ajratm a va yig'imlarning tarkibi nimalardan tashkil topadi? • Byudjetdan tashqari Yo'l jamg'armasi daromadlariga nimalar kiradi? • Byudjetdan tashqari Yo'l jamg'armasi xarajatlari nimalardan tashkil topadi? • Bandlikni qo'llab-quvvatlash Davlat jamg'armasining oldiga qanday maqsadlar qo'yilgan? • Uning daromadlari qanday manbalar hisobidan tashkil topadi? • Jamg'armada shakllangan m oliyaviy resurslar hisobidan qanday chora-tadbirlar moliyalashtiriladi? • Jamg'arma moliyaviy resurslarining to'liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun qaysi organlar javobgar hisoblanadi? • Ish beruvchilar tom onidan majburiy ajratmalarni to'liq jamg'arma daromadiga o'tishini nazorat qilish kimlarning zimmasiga yuklatilgan? • Jamg'armaning asosiy maqsadi nimalardan iborat? • uning asosiy vazifalari qilib nimalar belgilangan? • Jam g'arm a m ablag'larini shakllantirish qanday asosiy Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling