A. V. Vahobov, T. S. Malikov
to'lashning davomiyligi qonunda belgilangan muddatdan oshib
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
to'lashning davomiyligi qonunda belgilangan muddatdan oshib ketmasligi kerak. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Ijtimoiy ta ’m inot deb nimaga aytiladi? • Ijtimoiy ta’m inot bo'yicha xarajatlarning asosiy ko'rinishlari nimalardan iborat? • Pensiyaning qanday ko'rinishlari mavjud? • Nafaqalarning qanday asosiy ko'rinishlari bo'lishi mumkin? • Ijtimoiy ta’m inotning yana qanday shakllariga ham amal qilinadi? • «Ijtimoiy ta’minot» tushunchasining keng m a’noda talqini nimalardan iborat? • «Ijtimoiy ta’minot» tushunchasi tor ma’noda qanday tasavvur qilinadi? • Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari nimalardan iborat? • Ijtimoiy ta’m inotni vujudga keltirishning (yaratishning, qurishning, tuzishning) prinsiplari tarkibiga nimalar kiradi? • Hozirgi paytda pensiya tizimini isloh qilishning asosiy negizida qanday prinsip yotadi va unga muvofiq pensiyalarning qanday darajalarini o'rnatish ko'zda tutilmoqda? • Davlat pensiyasi to'g'risidagi qonunga muvofiq pensiyaning qanday turiari qo'llanilib kelinmoqda? • Qarilik pensiyasiga xos bo'lgan xususiyatlar nimalardan iborat? • Nogironlik pensiyasi qanday holatda tayinlanadi va uning miqdoriga nimalar o'z ta’sirini ko'rsatadi? • B oq u vch isin i yo'q otgan ligi u ch u n p en siyasi kim larga mo'ljallangan va uning darajasi nimalarga bog'liq? • Xizmat qilgan yillari uchun pensiya qanday omillarga bog'liq ravishda o'm atiladi? • Ijtimoiy pensiya kimlar uchun belgilanadi? • Ijtimoiy nafaqalarning tarkibi nimalardan iborat bo'lishi mumkin? • Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqalar kimlarga beriladi? • Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqaning miqdori qanday belgilanadi? • Bolaning bir yarim yoshga yetguniga qadar parvarishi bo'yicha ta’til davrida beriladigan nafaqa kimlarga berilishi mumkin? 2 2 -B O B . DAVLAT KREDITI 22.1. Davlat kreditining mazm un-m ohiyati va funksiyalari Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali bir tom ondan, davlat orqali ikkinchi tom ondan, jism oniy va yuridik shaxslar o ‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy m unosabatlar majmuidan iborat bo‘lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga keladi. Bunday iqtisodiy (kredit) munosabatlar(i)ning m um toz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablag'lami qarz oluvchi bo'lib hisoblanadi. Agar davlat yuridik va jism oniy shaxslarga qaytarish va haq (to'lov, to'lash) asosida m ablag'lami taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bo'lgan operatsiyalar hajmi ancha kamayadi (pasayadi). Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlami uzish (qaytarish) yoki ularnin g b osh q a m ajburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat o'z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining o'lcham iga bevosita ta’sir ko'rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki ko'rinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tom onidan kafolatning berilishi o'sha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, o'zgarishiga olib kelmasligi mumkin. Agar qarzdor o'zining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bo'yicha to'liq hajmda va o'z vaqtida hisob- kitob qilishni uddalay olsa, kafil hyech qanday qo'shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda yetarli darajada ishonchli bo'lgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj bo'lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag'lami jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli bo'lmagan qarz oluvchilarga nisbatan qo'llaniladi va bu narsa shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning o'sishiga olib keladi. Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki ko'rinishdagi- moliya va kredit-pul munosabatlarining o'rtasida joylashgan bo'lib, shunga mos ravishda, u ham moliyaga, ham kreditga tegishli bo'lgan xususiyatlarga egadir. M oliya tizimining alohida olingan b o ‘g ‘ini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi. Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mum toz) moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi bir necha o'ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarga egadir: • davlat krediti soliqlarga nisbatan ixtiyoriylik xarakteriga ega. Ayrim hollarda amaliyotda, u yoki bu davlatlar tarixida bu prinsipdan chekinish va davlat zayomlarini sotishda majburiylik holatlariga ham yo'l qo'yiladi; • agar soliqlar faqat bir yo'nalishda-soliq to'lovchilardan byudjetga yoki byudjetdan tashqari jamg'armalarga-harakat qilsa (bunga teskari yo'nalishdagi harakat faqat ortiqcha to'langan yoki xato undirilgan soliqlar qaytarilayotgandagina sodir bo'lishi mumkin), qaytaruvchanlik va haqlilik (to'lovlilik) davlat kreditining asosini tashkil etadi. Haqiqatdan ham davlat kreditiga ma’lum bir vaqt o'tganidan so'ng o'tkazilgan summa foizi bilan qaytarilishi kerak. U m u m a n o lg a n d a , d avlat k r e d iti b o sh q a m o liy a v iy kategoriyalardan o'zining quyidagi xarakterli xususiyatiari bilan farqlanadi: • agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik elementi sifatida konkret boyliklar-ombordagi tovariar, tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqa shunga o'xshashlar maydonga chiqadigan bo'lsa, davlat tomonidan mablag'lar qarzga olinayotganda uning egaligida bo'lgan barcha m ol-m ulk, m a’lum bir hududiy birlikning mulki yoki uning qandaydir bir daromadi davlat kreditining ta’minlanganlik elem enti bo'lishi mumkin; • Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli xarakterga ega bo'lm aydi. Shunday bo'lish iga qaram asdan, hokimiyatning quyi darajalarida olingan qarziy mablag'lar aniq ifodalangan maqsadli ishga yo'naltiriladi. Masalan, yangi yo'llarni va turar-joy mavzelarini qurish uchun olingan qarz mablag'lari ana shunday xarakterga egadir43; 43
Afsuski, bunday xarakterdagi davlat kreditlari bizning mamlakatimizda hamon aytishga arzigulik darajada tarkib topmagan. • har qanday qarz oluvchi kabi davlat ham mablag‘lam i oldindan belgilangan muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar davlat kreditining aniq shartlarida o ‘z ifodasini topadi. D avlat kreditining m azm un-m ohiyati uning bajaradigan funksiyalari orqali yaqqol namoyon bo'ladi. M oliyaviy kategoriya sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalami bajaradi: • taqsimlash; • tartibga solish; • nazorat. Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik, haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalanish amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida maydonga chiqib, o ‘z xarajatlarini moliyalashtirishni q o ‘shimcha mablagMar bilan ta’minlaydi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat qarzlari byudjet defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari orqali olinadigan tushumlar byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning soliqlardan keyingi ikkinchi metodidir. Bu narsa soliq tushumlarining oshishiga nisbatan byudjet xarajatlari o ‘sish sur’atlarining yuqori pog‘onadaligi bilan izohlanadi. Kapital xarakterdagi xarajatlarni qarzga olingan mablagMar hisobidan moliyalashtirish m a’lum chegaralarda ijobiy ahamiyatga ega. Masalan, maktab yoki kutubxona eng kamida 30-50 yil xizmat qilganligi uchun bir em as, bir necha avlodning ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Shunday ekan, nega ularning qurilishi maktab va kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlaming soliqlari hisobidan bir necha yilga toManishi kerak? Bunday holatlarda ana shunga o ‘xshagan ob’ektlarni qurish bilan bogMiq boMgan m oliyalashtirish masalalarini ularning xizm atlaridan foydalanishi mumkin boMgan barcha avlodning zimmasiga yuklash oqilonadir. 0 ‘z navbatida, moliyalashtirish manbalarini vaqt nuqtai nazaridan uzaytirish (cho'zish) o ‘sha muddatga zayomlar chiqarish yoMi bilan ham ta ’m inlanishi mumkin. Bu holda maktab yoki kutubxona qurayotgan avlod keyingi avlod bilan bir xil moliyaviy yukni o ‘z yelkasida ko‘tarishga majbur. Chunki bu holda ular tomonidan to'lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz, ular bo'yicha foizlar ham qaytariladi. Shunday qilib, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy ta’siri natijasida, vaqt nuqtai nazaridan, soliq yuki og'irligining nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi. Davlat qarzlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori oshmaydi va uning og'irgi ortmaydi. Aks holda, ya’ni xarajatlarni moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag'lar jalb qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda, faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning og'irligini orttirish evaziga moliyalashtirish mumkin. Shuning uchun ham olingan kreditlar qaytarilayotgan paytda soliqlar ularni to'lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bo'yicha foizlarni qaytarish uchun ham olinadi. Davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni moliyalashtirishda soliqlar asosiy, lekin yagona manba em as. Bunday xarajatlarni m oliyalashtirish manbalari mablag'lardan foydalanishning yo'nalishlariga bog'liq. Agar davlat tom onidan jalb qilingan kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib bitkazilgan ob’ekt ishga tushganidan so'ng foyda keltira boshlaydiki, uning hisobidan, jumladan, olingan qarzlar qaytariladi. Bu holda soliq yuki og'irligining kuchaytirilishiga hyech qanday hojat qolmaydi. Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz foydalanilsa, masalan, ulai hibobidan liaibiy yoki ijtixnoiy xarajatlar moliyalashtirilsa, ularning qaytarishning yagona manbai soliqlar yoki yangi qarzlar bo'lishi mumkin. Oldin chiqarilgan z a y o m la rn i qaytarish uch u n davlatn ing yangi za y om larin i joylashtirilishiga davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish deyiladi. Davlatning qarz olishi natijasida soliq og'irligining kuchayishi ularning muddatiga va qarz oluvchi tom onidan to'lanadigan kreditlarning foizlari darajasiga bog'liq. Investor uchun davlat qarzining darom adlilik darajasi qancha yuqori bo'lsa, davlat shunchalik katta soliqlar qismini ulami qaytarish uchun yo'naltirishga majbur. Davlat qarzining o'lchami qanchalik katta bo'lsa, boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda, ularga xizm at qilish uchun yo'naltirilayotgan mablag'laming salmog'i shuncha yuqori bo'ladi. Davlat o 'z krediti orqali kredit munosabatlariga kirisha turib, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda pul muomalasining holatiga, pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandliligiga ta’sir ko'rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin. D avlat qarzlarni investorlam ing turli guruhlari o'rtasida joylashtirib, pul muomalasini tartibga soladi; jism oniy shaxslaming m ablag'larini jalb qilib, ularning to'lovga qobiliyatli talabini kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari, masalan, investitsiyalar moliyalashtirilsa, muomaladagi naqd pul massasining mutlaq qisqarishi sodir bo'ladi. Shuningdek, davlat krediti hisobidan o'qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqlari moliyalashtirilsa, aholining to'lovga qobiliyatli talabining tarkibiy tuzilishi o'zgarsa-da, muomaladagi naqd pul massasi o'zgarmasdan qolaveradi. Davlat qimmatli qog'ozlarini sotish,sotib-olish yoki ularning garovi asosida kreditlar berish bo'yicha Markaziy bank tom onidan am alga oshiriladigan operatsiyalar m am lakat tijorat banklari likvidligini tartibga solishning m uhim vositalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat qarziy mablag'larga bo'lgan talabni oshiradi va buning hisobidan kredit baholarining ortishiga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Davlatning talabi qancha yuqori bo'lsa, boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda, ssuda foizining darajasi shuncha yuqori bo'ladi va tadbirkorlar uchun kredit shunchaga qimmatlashadi. Qarz mablag'larining qimmatligi ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlar investitsiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning o'zida, u davlat qimmatli qog'ozlarini sotib olish ko'rinishidagi jamg'armalarni rag'batlantiradi. M a’lum chegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga keskin salbiy ta’sir ko'rsatmaydi. Agar mamlakatda erkin kapitallar yetarli darajada bo'lsa, ular to'liq qo'shib olingunga qadar salbiy ta’sir darajasi nolga teng bo'lib qolaveradi. Shundan keyingina moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda foizining o'sishida o'z ifodasini topadi, pul jamg'armalarining katta qismini unumsiz foydalanishga jalb qilinishi esa iqtisodiy o ‘sish sur’atlarini susaytiradi. Davlat kreditor va kafil sifatida faoliyat ko'rsatib, xorijdan qarzga olingan mablag'lar hisobidan milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni vujudga keltirib, ishlab chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznes, mahsulot eksporti yoki ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi kuzatilayotgan alohida mintaqalarda tegishli dasturlarga muvofiq banklar tom onidan berilayotgan kreditlarni davlat tom onidan kafolatlanish yo'li bilan ishlab chiqarishning rag'batlantirish tizimi keng tarqalgan. Kichik biznesni qo'llab-quvvatlashning kasodga uchrashi sodir bo'lganda davlatning kichik tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlar bo'yicha banklarga bo'lgan qarzlami qaytarishni o'z zimmasiga olinishini anglatadi. Dunyoning sanoati rivojlangan ko'plab mamlakatlarida davlat yoki yarimdavlat kompaniyalari fa o liy a t k o 'r sa ta d ik i, u la r m illiy m a h s u lo t la m i e k sp o r t qiluvchilarning to'lovga qobiliyatsiz risklarini past stavkalar bo'yicha sug'urta qiladilar. Shu yo'l bilan m illiy m ahsulotning yangi bozorlami o'zlashtirishi rag'batlantiriladi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni rag'batlantirishda hududlar byudjetlari va byudjetdan tashqari jamg'armalari hisobidan beriladigan kreditlar katta rol o'ynaydi. Ularning yordamida m a’lum bir mintaqalar va u yoki bu hududlar iqtisodiyoti asosiyi yo'nalishlarining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi ta’minlanadi. Davlat kreditining nazorat funksiyasi m oliyaning nazorat funksiyasi bilan organik ravishda qo'shilib ketgan. Lekin uning bu funksiyasi shu kategoriyaning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan quyidagi xarakterli belgilarga ega: • davlatning faoliyati va markazlashtirilgan pul mablag'lari fondining ahvoli bilan uzviy bog'langan; • qiymatning ikki tomonlama harakatini o'z ichiga qamrab oladi, chunki mablag'lar olinishining qaytarilishi va tiklanishini taqozo etadi; • faqat moliyaviy tarkibiy tuzilmalar tom onidan emas, balki kredit institutlari tom onidan ham amalga oshiriladi. Davlat kreditining nazorat funksiyasi orqali mablag'lar maqsadli foydalanilishi, ularning qaytarilish muddatlari va foizlarning o ‘z vaqtida to'lanishi nazorat ostiga olinadi. 22.2. Davlat krediti klassifikatsiyasi Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarz mablag'larini, qarzlami jalb qilishga majburdir. Qarz m ab lag'larin i, q arzlam i jalb q ilish , od atd a, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga ko'ra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tom onning (qarz oluvchining) mulkiga m a’lum belgilarga ega bo'lgan pul mablag'lari yoki boshqa buyumlami beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag'lari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlami qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. Shartnoma bo'yicha qarz oluvchi davlat yoki uning sub’ektlari, qarz beruvchilar esa fuqarolar yoki yuridik shaxslar hi—soblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy bo'lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi. Davlat krediti quyidagi bir necha belgilaiga ko'ra klasssifikatsiya qilinadi: 1) e m it e n t l a r b o ‘y ic h a : • markaziy boshqaruv organlari tom onidan joylashti—riladigan qarzlar; • hududiy boshqaruv organlari tom onidan joylashti—riladigan qarzlar; 2) jo y la s h tir ilis h jo y ig a q a r a b : • ichki qarzlar; • tashqi qarzlar. 3) b o z o r d a a y la n is h ig a q a r a b : • bozorli qarzlar; • bozorsiz qarzlar. Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defitsitini moliyalashtirishda asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Bozorsiz qarzlar erkin ravishda o'z egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli qog'ozlar bozorida muomalada bo'lmaydi. M a’lum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan chiqariladi va shu investorlaming o ‘ziga xos bo'lgan manfaatlariga mos keladi. M asalan, g'arb m am lakatlarida bozorsiz davlat obligasiyalari davlat pensiya fondlari, sug'urta kompaniyalari va kichik investorlaming mablag'larini jalb qilish uchun chiqariladi. 4 ) m a b la g 'la m i ja lb q ilish m u d d a tig a k o 'r a : • qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan); • o'rta muddatli (bir yildan besh yilgacha); Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling