A. V. Vahobov, T. S. Malikov
moliyaviy manbalar hisobidan vujudga keladi?
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
moliyaviy manbalar hisobidan vujudga keladi? • Jamg'arma mablag'larini sarflash qanday yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi? • Maktab ta’limi jamg'armasini boshqaruv Kengashining asosiy vazifalari nimalardan iborat? • Maktab ta’limi jamg'armasi Ijroiya direksiyasi asosiy vazifa larining tarkibiga nimalar kiradi? • Maktab ta ’lim i jamg'armasi daromadlarining turiari va xarajatlarining asosiy yo'nalishlari nimalardan iborat? 2 1 -B O B . IJTIMOIY TA’MINOT 21.1. Ijtimoiy ta’m inotning iqtisodiy a so sla ri va prinsiplari Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo'yicha, kasal, nogiron yoki boquvchisini yo'qotganda, bolalarni tarbiyalash uchun va qonunda ko'zda tutilgan boshqa holatlarda har bir kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jarayonida fuqarolami m oddiy ta ’m inlash va ularga xizmat ko'rsatish uchun m illiy daromadning bir qismi hisobidan pul mablag'larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. M ana shunday keng ko’lamda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va ta ’minotni tashkil etishga bog'liq bo'lmagan holda jamiyatning barcha a ’zolarini tegishli tarzda ta ’minlanishini o'z ichiga qamrab oladi. Pulli pensiya va nafaqa to'lovlari ijtimoiy ta’m inot bo'yicha xarajatlarning asosiy ko'rinishlari hisoblanadi. Pensiya — bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va boquv- chisi yo'qotilganligi munosabati bilan (bog'liq ravishda) fuqarolami m oddiy jihatdan ta’minlash uchun m a’lum pul summalarining davrm a-davr to'la n m a la rid a n iborat. P en siy a n in g quyidagi ko'rinishlari mavjud: • qarilik pensiyasi; • nogironlik pensiyasi; • xizmat qilgan yillari uchun pensiya; • boquvchisini yo'qotganligi uchun pensiya. Fuqarolaming ayrim toifalari uchun ijtim oiy pensiyalar deb ataladigan pensiyalar ham to'lanadi. Nafaqalarning quyidagi asosiy ko'rinishlari bo'lishi mumkin: • vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotganligi uchun; • homiladorlik va tug'ish bo'yicha; • farzand tug'ilganda; • bola parvarishi bo'yicha; • muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga; • ishsizlik bo'yicha; • ta’ziya holatlari bo'yicha. Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi shakllari ham amal qiladi: • kasbiy-texnikaviy o'qitish; • ishsizlami qayta o'qitish; • nogironlami qayta o'qitish va ishga joylash; • qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga qobiliyatsizlarni davlat tom onidan boqish; • nogironlami protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va atomobillar bilan ta’minlash; • uyda o'tirib qolganlar uchun ko'rsatiladigan yordamning ko'p ko'rinishlarini tashkil qilish va boshqalar. Ijtimoiy ta’m inot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to'liq y o 'q o tg a n shaxs xu su sid a davlat va jam iyat g 'a m x o 'r lig i, insonparvarlikning namoyon bo'lish shaklidir. M ehnat faoliyatini yo'qotganligi sababli aholini moddiy ahvoli yom onlashganda, mehnat qobiliyatini yo'qotilganligi inson ongiga kuchli salbiy ta’sir ko'rsatayotgan bir paytda ijtimoiy ta’m inot davlat va jamiyat to m o n id a n u n in g u n u tilm a ga n lig in i va o 'z h o lig a tashlab qo'yilmaganligini ko'rsatadi. « Ijtim o iy t a ’m in o t» k a teg o riy a sin in g m a zm u n ig a o id iqtisodchilar o'rtasida yagona fikr mavjud emas. Mualliflarning ba’zi birlari «ijtimoiy ta’minot» tushunchasini keng m a’noda talqin qilib, uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolami qarilik chog'ida va mehnat qobiliyatini yo'qotganda tekin ta’minlanishi, davolash va tibbiy xizm atlam ing tekinligi bilan bog'liq bo'lgan ijtim oiy-iqtisodiy tadbirlar majmuining barchasini kiritadilar. Boshqa bir toifadagi mualliflar «ijtimoiy ta’minot» va «ijtimoiy sug'urta»ni yagona tartibdagi iqtisodiy kategoriyalar sifatida ko'rib chiqadilar. Uchinchi guruh mualliflari «ijtimoiy ta’minot» tushunchasini tor m a’noda tasavvur qilib, ijtim oiy sug'urta bilan qamrab olinm aydigan ta’minotning turlarinigina uning tarkibidan iborat deb hisoblaydilar. Va nihoyat, to'rtinchi guruhga kiruvchi mualliflar ham borki, ularning fikricha, mehnatga qobiliyatsizlikni ta’minlashning turli shakllari va ko'rinishlari, shu jumladan, ijtimoiy sug'urtani ham qamrab oluvchi yagona «ijtimoiy ta’minot» tushunchasi mavjud. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fiiqarolaming mehnat qilish, dam olish, sog'ligini muhofaza qilish huquqlariga, qariganda, kasal bo'lganda, m ehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki to'liq yo'qotganda va boquvchisidan mahrum bo'lganda ijtimoiy ta’minot, uy-joyga egalik qilish, ma’lumot olish, madaniyat yutuqlaridan foydalarish huquqlariga, davlat va jamoatchilik ishlarini boshqarish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi. Shu munosabat bilan va «ijtimoiy ta’minot» tushunchasini keng talqin qilish nuqtai nazardan nafaqat tekin tibbiy xizmat ko'rsatish va davolash, balki Konstitutsiyada ko'zda tutilgan tekin bilim olish, madaniyat yutuqlaridan foydalanish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan bahramand bo'lish kabilarni ham uning tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo'lur edi. Chunki bu huquqlaming har biri fuqarolaming turli ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutib, Konstitutsiyada ko'zda tutilgan tegishli tadbirlar va mablag'lar bilan ta’minlanadi. Masalan, qarilik chog'ida, kasallik paytida va mehnat qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo'lgandagi moddiy jihatdan ta’minlanish huquqi ijtimoiy ta’minotning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Sog'liqni muhofaza qilish huquqini ta’minlash, ya’ni tekin tibbiy xizmat ko'rsatish va davolanish bo'yicha maxsus shakllar ko'zda tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolaming turli ehtiyojlari ularni qondirishning o'ziga xos bo'lgan o'z shakllariga ega. Shunga muvofiq ravishda pul mablag'lari fondlari ham shakllantiriladi. Bulardan ko'rinib turibdiki, «ijtimoiy ta’minot» tushunchasini bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o'zining yetarli darajadagi asosiga ega emas. Bir vaqtning o'zida, «ijtimoiy ta’minot» va «ijtimoiy sug'urta»ni parallel ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy kategoriyalar sifatida talqin qiladigan, ijtimoiy ta’minotga davlat byudjetining to'g'ridan-to'g'ri assignovaniyalari hisobidan amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug'urtaga esa faqat ijtimoiy sug'urta fondi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deb bo'lmaydi. Ijtimoiy ta’minotga to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri assignovaniyalar hisobidan Davlat byudjetidan, Pensiya fondidan va ijtimoiy sug'urta fondidan beriladigan xarajatlarning y o ‘nalishlarida prinsipial xarakterdagi farqiar y o ‘q. Bir vaqtning o'zida ham to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri byudjet ajratmalari, ham Pensiya jam g'arm asi va Ijtim oiy sug'urta jamg'armalari hisobidan qarilik, nogironlik, ishlagan yillari uchun, boquvchisini yo'qotgandagi pensiyalar, farzand tug'ilganda, homiladorlik va tug'ish nafaqalari to'lanishi mumkin. Bu yerda farqiar faqat ta’minlanayotganlarning kontingentiga nisbatan bo'ladi, xolos. Pensiya va Ijtimoiy sug'urta jamg'armalari mablag'laridan ishchi va xizmatchilar, ilmiy xodimlar, bevosita byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, M illiy xavfsizlik xizmati, Bojxona organlari va boshqa bir necha toifadagi boshliqlar tarkibidagi harbiy xizm at chilar ta’minlanadi. Shuning uchun ham ijtimoiy sug'urtani ijtimoiy ta’minotga bog'liq bo'lmagan holda parallel ravishda mavjud bo'lgan, mustaqil kategoriya deb hisoblashga asos yo'q. Aksincha, ijtimoiy sug'urta yaxlit butunning bir qismi sifatida ijtimoiy ta’minotga tegishli bo'lib, uning shakllaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda ayrim iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to'lovlarini birga qo'shgan holda) shakllantirishning manbaini qo'shim cha m ahsulot, boshqalari esa ijtim oiy iste ’mol fondlarini zaruriy mahsulot bilan bog'laydi. Turli ijtimoiy ta’minot fondlari va ulardan to'lanmalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, ulardan ba’zilarining manbai zaruriy m ahsulot bo'lsa, boshqalariniki esa qo'shim cha m ahsulotdir. Masalan, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotgandagi nafaqa to 'la n m a la r i, h o m ila d o rlik va tu g 'ish b o 'y ich a nafaqalar, nogironlam i o'qitish va ishga joylashtirish xarajatlari, ishsizlam i qayta o'qitish xarajatlarining manbai bo'lgan zarur m ahsulot hisoblanadi. Bu to'lanmalarning yo'nalishi vaqtinchalik m ehnat qobiliyatini yo'qotgan paytda yoki ishsizlik davrida xodimga zarur bo'lgan hayotiy ne’matlami berish bilan belgilanadi. Bu to'lanmalar ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan bevosita bog'liqdir. Pensiya to ‘lanmalariga nisbatan vaziyat (holat) boshqacha. Bu to'lanmalar mehnatga qobiliyatsizlar uchun to'lanmalardir. Mehnat faoliyati boshlangunga qadar mamlakatning har bir yosh avlodi ham zaruriy mahsulot (ota-onalarning mehnat haqi toMovlari shaklida) va ham qo'shimcha mahsulot (ijtimoiy iste’mol fondlaridan xizmatlar va imtiyozlar shaklida) hisobidan saqlanadi. M ehnat faoliyati boshlanganidan to pensiyaga chiqqunga qadar (35-40 yil ichida) bu avlod oshib boruvchi hajmlarda ijtimoiy mahsulotni (zaruriy va qo'shim cha) yaratadi. Jamg'armaga yo'naltirilgan qo'shim cha mahsulotning qismi ancha oshadi. Buning natijasida milliy boylikning hajmi tez o'sadi. Demak, ko'rinib turibdiki, har bir yangi avlod o'zining navbatdagi avlodiga o'zining oldingi ajdodlaridan olgan milliy boylikka nisbatan kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi. Ana shu asosda har bir yangi avlod o'z m ehnati bilan yalpi mahsulotni ishlab chiqarishni oshiradi. Bunda moddiy boylik ishlab chiqarish sohasi xodimlarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga foydalaniladigan zaruriy mahsulotning ham hajmi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga hamda ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishga, shu jumladan, jamiyatning mehnatga qobiliyatsiz a’zolarini ta’minlashga yo'naltirilayotgan qo'shimcha mahsulotning hajmi ham o'sadi. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan m amlakatlarda pensiya to'lanmalari ko'p yillar davomida, asosan, mehnatkashlaming ish haqlaridan ajratmalar yordam ida shakllantiriladigan pensiya jamg'armalari hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu yerda pensiya jamg'armalari zaruriy mahsulotning rezervlashtirilgan qismidan iborat bo'lib, uni xodim qarilik yoki nogironlik bo'yicha pensiyaga chiqqandan so'ng ola boshlaydi. Mamlakatimizda qariganda, kasalligida, mehnat qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotganda, boquvchisidan mahrum boMganda moddiy ta’minlash huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq ijtim o iy t a ’m in o tn in g turli shakllari b ila n k a fo la tla n g a n . M ehnatkashlar o'zlarin in g ish haqlaridan 1 foiz m iqdorida o'zlarining kelgusi pensiyalariga ajratmalarni o'tkazadilar. Kelgusi davming pensionerlari uchun pensiya jamg'armasi davlat mablag'lari hisobidan aw al shakllantirilmaydi. M ehnatga qobiliyatsizlarni ta’minlash uchun fondlar YalM va M D ni taqsimlash jarayonida har yili ajratiladi va ulardan foydalaniladi. Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo'shimcha mahsulotni yaratmaganligi va ularning mehnat faoliyati davrlarida pensiya jam g'armasi ular uchun shakllantirilganligi tufayli har yili shakllantirilishi lozim bo'lgan pensiya jamg'armalarining manbai ishlayotgan avlodning qo'shim cha mehnati evaziga yaratilgan YalM va M D qismi, ya’ni qo'shimcha mahsulot hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minotning o'ziga xos bo'lgan muhim xususiyati uni vujudga keltirishning (yaratishning, qurishning, tuzishning) prinsiplaridir. Ular quyidagilardan iborat: 1. Eng umumiylik prinsipi - jinsi, yoshi, millati, irqi, ishining joyi va xarakteri, mehnatga haq to'lashning shaklidan qat’iy nazar, yoshi yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir bo'lganda ijtimoiy ta’m inotning barcha mehnatkashlarga nisbatan qo'lla- nilishini anglatadi. Bundan tashqari, eng um um iylik prinsipi mehnatkashlaming barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, harbiylar, o'quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan qo'llaniladi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan oiianing mehnatga qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog'at yoshiga yetmagan bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, qariyalar yoki mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo, buvi va boshqalar) nisbatan ham tegishlidir. 2. Hammaga mumkinlik (lozimlik) prinsipi barcha uchun mumkin bo'lgan u yoki bu pensiyani aniqlash (belgilash) huquqini berish shart. Masalan, hayotning o'rtacha davomiyligi 70 yil bo'lganda qarilik bo'yicha pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda, ayollarda esa- 54 yoshda, mehnatning og'ir turlarida band bo'lganlar uchun esa erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa-45-50 yoshda vujudga keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur bo'lgan mehnat staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa-20 yil, mehnatning og'ir turlarida band bo'lganlar uchun bundan ham pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis (sidqidildan) xizmat qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga yetgundan ancha oldin erishish mumkin. 3. Ta’m inot o'lcham i va shakllarining o'tgan (qilingan) m eh natga nisbatan bog'langan holda o'rnatish (belgilash) prinsipi — bu ijtimoiy ta’minotning stajning davomiyligi, ishning shart-sharoiti, ish haqi va mehnat hamda ijtimoiy faoliyatning boshqa omillarga nisbatan bog‘liq ravishda amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu prinsip ijtimoiy ta’minotda ish haqi orqali o'z ifodasini topadi, chunki unga ko'ra pensiya va nafaqalarning ko'plab turiari ish haqiga nisbatan hisoblanadi. 4. Taqdim etilayotgan ta’minot turiari va xizmatlaming xilma- xilligi prinsipi — bu pensiya va nafaqalar, ishga joylashtirish, sog'liqni mustahkamlash bo'yicha turli-tum an tadbirlar, kasallanishdan ogohlantirish, uning oldini olish va uni kamaytirish, nogironlar va qariyalarni internat-uylarga joylashtirish, moto-velokolyaskalar va avtomobillar bilan ta’minlash, protezlashtirish va h.k.lar orqali nam oyon bo'ladi. 5. Ijtimoiy ta’minotni boshqarish va tashkil qilishning demokratik xarakterdaligi prinsipi — bu ijtimoiy ta’minotning barcha masalalarini yechishda namoyon bo'ladi. Bunda kasaba uyushmalarining roli, ayniqsa, yuqoridir. Ulaming vakillari pensiya tayinlash komissiyalarining ishida bevosita ishtirok etadi. Mahalliy hokimiyat oiganlarining ijtimoiy ta’m inot va sog'liqni saqlash bo'yicha doimiy komissiyalari ham mehnatkashlaming ijtimoiy ta’minoti bo'yicha katta ishlami amalga oshiradi. 21.2. Davlat p en siy a si va jamg'arib boriladigan p en siya fondi Aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha choralarning tarkibida davlat pensiyalari m uhim o'rin egallaydi. Pensiya ta’minotining ijtim o iy aham iy ati shu bilan a n iq la n a d ik i, h ozirgi paytda O'zbekistondagi ko'plab qariyalar, nogironlar va ulaming oila a’zolari, boquvchisini yo'qotganlaming hayotiy muhim manfaatlariga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Bozor munosabatlariga o'tilishi munosabati bilan davlat pensiya tizimi murakkab ahvolga tushib qoldi. Pensionerlaming daromadlari doim iy ravishda baholam ing darajasidan ortda qolmoqda. Qarilik bo'yicha pensiyaning o'rtacha miqdori hayotning yashash darajasi- dan ancha past. Shu munosabat bilan iqtisodiy islohotlam i amalga oshirish sharoitida fuqarolam ing pensiya ta’m inoti bo'yicha huquqlarini davlat tom onidan kafolatlanishini kuchaytirish va pensiya tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida mamlakatda pensiya tizimi isloh qilinmoqda. Pensiya tizimini isloh qilishning negizida pensiya toianmalarini moliyalashtirishning jamg'ariladigan prinsiplari asosida tashkil qilish yotadi. Unga m uvofiq ravishda pensiyalarning quyidagi uch darajasini o'rnatish ko'zda tutilmoqda: • jamg'ariladigan pensiyalar — yollanib ishlaydiganlarga beriladi, butun mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga nisbatan ajratmalar va bu ajratmalarni saqlab, o'z aylanmasida foydalanganligi uchun ular tomonidan to'lanadigan foizlar hisobidan amalga oshiriladi; • ijtimoiy pensiyalar — o'zlariga pensiya to'lanmalarining to'lanishi uchun zarur bo'lgan mablag'lami jamg'armagan va hayot kechirish uchun zaruriy mablag'larga ega bo'lmagan shaxslarga umumiy soliqlar hisobidan to'lanadi; • qo'shimcha pensiyalar — alohida toifadagi ish beruvchilardan undiriladigan yoki ish beruvchilar va xodimlar tomonidan ixtiyoriy ravishda o'tkazilgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi. Asta-sekinlik bilan, oxir-oqibatda, jamg'ariladigan pensiya pensiyaning asosiy ko'rinishiga (turiga) aylanmog'i lozim. Hozirgi paytda davlat pensiyasi to'g'risidagi qonunga m uvofiq. pensiyaning quyidagi turiari qo'llanilmoqda: • qarilik pensiyasi; • nogironlik pensiyasi; • boquvchisini yo'qotganligi uchun pensiya; • xizmat qilgan yillari uchun pensiya; • ijtimoiy pensiya. Qarilik pensiyasi Pensiya jamg'armasining xarajatlarida asosiy o'rin egallaydi. Bu pensiya 25 yildan kam bo'lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo'lgan va 60 yoshga yetgan erkaklarga, 20 yildan kam bo'lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo'lgan va 55 yoshga yetgan ayollarga belgilanadi. Shaxslaming alohida toifalari (Ikkinchi Jahon urushi nogironlari va ularga tenglashtirilganlar, 5 Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling