A. V. Vahobov, T. S. Malikov
• har xil maxsus jamg‘armalar ko‘magida aholiga ijtimoiy
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
• har xil maxsus jamg‘armalar ko‘magida aholiga ijtimoiy xizmatlar koiam ini kengaytirish. ; Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari bevosita davlat ixtiyorida bo‘lsa-da, alohida shaklda faoliyat ko’rsadi va davlat tomonidan moliyaviy resurslarini o ’z -o ’zidan olib qo‘yishga ruxsat berilmaydi. Ularning Davlat byudjeti va unga tenglashtirilganlardan farqli tomoni shundaki, bu fondlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish qat’iy maqsadli xususiyatga ega. . Amaliyotda har bir Davlatning byudjetdan tashqari jamar- masining moliyaviy manbalari har xil bo‘ladi. Lekin shartli ravishda ularning quyidagi guruhlardan tashkil topishi jahon tajribasida namoyon bo'lmoqda: • mos ravishdagi fondlar uchun davlat tomondan o'matilgan maxsus maqsadli soliqlar, yig'imlar va ajratmalar; • xo'jalik sub’ektlarining iqtisodiy-moliyaviy samarasidan ajratmalar; • Davlat byudjeti mablag'lari; • fondlarni yuridik shaxs sifatida tijorat faoliyati (moliya bozori)dan olgan foydalari; • tijorat banklarining kredit resurslari. o. 1 ; Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining klassifi katsiyasi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini o'zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko'ra ikkita katta guruhga bo'lish mumkin: 1. Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi jamg'armalar. Bularning tarkibiga Pensiya jamg'armasi, Bandlikni qo'llab-quvvatlash Davlat jamg'armasi, Maktab ta’limi jamg'armasi, Majburiy tibbiyot sug'urtasi jam g'arm asi, A holini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi va boshqalar kiradi; 2. Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg'armalar. Bularning tarkibi Respublika Yo'l jamg'armasi, Taraqqiyot va tiklanish zaxira jamg'armasi va boshqalardan iborat. " 1 Davlatning byudjetdan tashqari jam g'arm alari huquqiy maqomiga muvofiq ham klassifikatsiyalanadi. Odatda, ular federativ siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda 3 taga, unitar siyosiy tuzumga asoslangan mamlakatlarda esa 2 taga bo'linadi. Jumladan, Federativ mamlakatlarda Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalar quyidagilardan iborat: 1. Federal boshqaruv mulkida bo'lgan Davlat jamg'armalari; 2. Federatsiya tarkibida bo'lgan shtat, respublika, yer, kantonlar va boshqalar mulkidagi mintaqaviy jamg'armalar; 3. Mahalliy boshqaruv qaramog'idagi mahalliy ahamiyat kasb etuvchi jamg'armalar. Unitar siyosiy tuzum ga asoslangan davlatlarda esa bu jamg'armalar: 1) respublika tasarrufida bo'lgan jamg'armalardan va 2) mahalliy hokimiyat ixtiyori va boshqaruvida bo'lgan jamg'armadan tashkil topadi. Bundan tashqari dunyoning juda ko'p davlatlarida idoralar, vazirliklar va yirik xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyorida ham ko'plab jamg'armalar tashkil etilgan. 3 O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini tashkil etish va ularni davr talabidan kelib chiqqan holda davrga moslashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. 2002 moliya yiliga qadar bunday jamg'armalaming alohida moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan maqsadli yo'nalishlarda foydalanish keng qo'llanilib kelinardi. Ammo ayrim byudjetdan tashqari jamg'arma- larda o'z vaqtida va to'liq moliyaviy resurslami shakllantirmaslik, aholiga berilayotgan va tarqatilayotgan moliyaviy resurslarda kechikish, uzilish hollari tez-tez uchray boshladi. Buning oldini olish maqsadida 2002 yildan boshlab umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida bo'lishi ma’qul deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki, ularning muxtoriyatliligi to'liq saqlanib qoldi. у If Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir qator Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg'armasi. 2. 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika Y o‘1 jamg‘armasi. 3. 0 ‘zbekiston Respublikasi M ehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi 0 ‘zbekiston Respublikasi aholisining bandligini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi. 4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Maktab ta’limini rivojlantirish jamg'armasi (2004—2009 yillarga m o'l— jallangan). 5. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi «Sug'oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash» jamg'armasi. 6. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi., 20.2. Pensiya jamg'armasi Umumdavlat moliyasi tarkibidagi bo'g'inlar ichida davlat byudjetidan keyin hajmi va iste’molchilarni qamrab olish ko'lami hamda ijtimoiy ahamiyati bo'yicha ikkinchi o'rinda turadigan markazlashgan jamg'armalardan biri bu byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga dastlab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi «O'zbekiston R espublikasi ijtim oiy ta’m inot vazirligi huzurida Pensiya jamg'armasini tashkil etish to'g'risida»gi 459-sonli qaroriga muvofiq asos solingan. Har bir yangi tashkil etilgan markazlashgan jamg'arma oldiga muayyan maqsad qo'yilgani bois, ushbu jamg'arma oldiga ham zarur maqsad qo'yildi. Jumladan, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining bosh maqsadi-davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, daromadlarga mo'ljallangan majburiy badal, yig'im va ajratmalarni to'liq yig'ilishini ta’minlash, shuningdek, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-tadbirlarini o'z vaqtida va to‘liqligicha ta’minlashga erishish hisoblanadi 2007 yil ma’lumotlariga muvofiq, pensionerlar soni-2,8 mln. nafar, nogironlar soni 812 ming nafar: shular jumlasidan, bolalikdan nogironlar 235 ming nafar, nogiron bolalar 122 ming nafar, o ‘zgalar yordami va qaromog‘iga muhtoj yolg‘izlar 30 ming nafarni tashkil etmoqda. Shu kabilami ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam berish, o ‘z navbatida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini tashkil etishga asos boMadi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining asosiy vazifala ridan biri O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolami davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonu nini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd etilgan qonunning 2- moddasida quyidagi ko'rinishdagi davlat pensiyalari zikr etilgan: — yoshga qarab; — nogironligi bo'yicha; — boquvchisini yo'qotganligiga ko'ra. 1995 yil 20 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1289-sonli Farmoni e ’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996 yil 1 yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko'rsatayotgan va ish bajarayotgan pensionerlar uchun moMjallangan, belgilangan pensiyaning 50 foiz toManishi nazarda tutilgan. Ammo, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga tenglashtirilganlar, 1- 2-guruh nogironlari, Chernobil halokatini bartaraf etishda ishtirok etib, ishlayotgan pensionerlar bundan mustasnodirlar. Ular uchun belgilangan pensiyalar to'liq 100 foiz miqdorda olinishi belgilangan. 2000 yil 23 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 498-sonli «Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablagMarini shakllantirish va xarajat qilish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g ‘iii>ida»gi Qarori e ’lon qilindi. Ushbu Nizomda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasini muvofiqlash tirib turishga xizmat qiladigan umumiy qoidalar, Pensiya jamg'arma- sining asosiy vazifalari va uni hayotga tatbiq etish, jamg'armaning daromadlarini shakllantirish va xarajatlarini amalga oshirish, jamg'armaning daromad va xarajatlar tartibini ko'rib chiqish va prognozlar bo'yicha mas’ul vazirliklar bilan kelishish, jamg'armaning daromad va xarajat mablag'lari bo'yicha majburiyatlar, jamg'armaga kirim va chiqim qilinayotgan mablagMar ustidan nazorat qilish kabi talablar mavjud bo'lib, ularni o'z vaqtida va to'liq bajarilishini O'zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligiga, uning daromadlarini shakllantirish esa O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga yuklatildi. Moliyaviy resurslaming shakllanishi va mablag'lardan maqsadli foydalanish ustidan umumiy nazorat «Nuroniy» jamg'armasi huzuridagi «Nazorat kengashiga» yuklatildi. 2005 moliya yili boshlangunga qadar Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi dastlab O'zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, so'ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan umumlash- tirilganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tasarrufiga o'tkazildi. 2004 yil 21 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 490-sonli «Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi Qarori e ’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg'armasi 2005 yil 1 yanvardan boshlab, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi maqomini oldi. Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasini boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgilandi. Boshqaruv kengashi tarkibiga quyidagi vazirlik va idora rahbarlari yoki ularning muovinlari kiritilgan. Jumladan: — Kengash raisi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri; — Kengash raisi muovini, O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri; A’zolari: — O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi raisi; — O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining muovini; — «Xalq banki» boshqaruvi raisi; — «O'zbekiston pochtasi» Ochiq aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori; — «Nuroniy» respublika jamg'armasi boshqaruvi raisi. Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasini tezkor muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya direksiya tasdiqlangan. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi daromadlarining shakllanish tartibi va manbalari. Jamg'arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi: 1. Majburiy ajratma va badallar — mulk shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxs maqomida bo'lgan xo'jalik sub’ektlarining ish haqi jamg'armasiga nisbatan o'matilgan yagona ijtimoiy to'lov; — alohida yuridik shaxslardan ijtimoiy sug'urta badallari; — yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan jismoniy shaxslardan ijtimoiy sug'urta badallari; — fuqarolaming ish haqidan sug'urta badallari; — korxona, tashkilot va muassasalar tovar (ish, xizmat) larining realizatsiya hajmidan ajratmalar. 2. Boshqa to'lovlar —dehqon xo'jaligi a’zolari tomonidan ixtiyoriy ravishda to'lanayotgan sug'urta badallari; — majburiy ajratma, to'lov va badallarni o'z vaqtida to'lamagan yuridik shaxslardan undiriladigan jarimalar; — qonun bo'yicha taqiqlanmagan boshqa manbalar, shuningdek, xorijiy investitsiyalar va kreditlar, ixtiyoriy to'lanadigan badallar. Pensiya, nafaqa va to'lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi. Amaldagi m e’yoriy hujjatlarga muvofiq Pensiya jamg'armasi quyidagi yo'nalishlarga xarajat qilinadi. 1. Ishlamayotgan fuqarolarga, jumladan: — ijtimoiy ta’minot bo'limi tomonidan belgilangan pensiyalar; — davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo'lmagan mehnatga layoqatsiz, nuroniy va bolalikdan nogiron bo'lgan fuqarolarga nafaqalar; — qonunga mos ravishda jamg'arma mablag'laridan moliyalash- tiriladigan boshqa kompensatsion (tovon) to'lovlar(i). 2. Ishlayotgan fuqarolarga, xususan: — ijtimoiy ta’minot bo'limi tomonidan belgilangan pensiyalar; — vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi uchun nafaqalar; — homiladorlik va tug'ish uchun nafaqalar; — farzand tug'ilganligi uchun suyunchi nafaqasi; — motam marosimlarini bajarish uchun beriladigan nafaqa; — 16 yoshga to'lmagan, bolalikdan nogiron farzandlarning ota- onasidan biriga qo'shimcha beriladigan oylik to'lov; — qonunga mos ravishda Pensiya jamg'armasi mablag'laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsion (tovon) to'lovlar(i). Ishlaydigan va ishlamaydigan fuqarolar uchun pensiya, nafaqa va boshqa kompensatsiya to'lovlarini moliyalashtirish uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi bo'limlarida hisob-kitob raqami ochiladi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har oyning 10-sanasigacha ishlaydigan va ishlamaydigan fuqarolarga pensiya, nafaqa va kompensatsiya to‘lovlariga zarur bo'lgan moliyaviy mablag'lar hajmini aniqlaydi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi ijrochi direksiyasiga buyurtma beradi. Buyurtmaga asoslangan holda Ijrochi direksiya jamg'arma mablag'ini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hisob raqamiga quyidagi tartibda o'tkazadi: —joriy to'lov oyining 5-sanasigacha — buyurtmada ko'rsatilgan moliyaviy mablag'ning 40 foizi; —joriy to'lov oyining 20-sanasigacha — buyurtmada ko'rsatilgan moliyaviy mablag'ning qolgan qismini. M e’yoriy hujjatlarda ko'rsatilm agan maqsadlar uchun jamg'arma mablag'larini o'tkazish yoki undan vaqtinchalik foydalanish qat’iyan man etiladi. Faqat jamg'arma boshqaruv kengashining maxsus qaroriga muvofiq, ijrochi direksiya jamg'arma mablag'laridan boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin. Ya’ni ijobiy qoldiq vujudga kelgan sharoitda investitsion ob’ektlarga iqtisodiy samara olish maqsadida joylashtirish mumkin. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi xarajatlari va daromadlari hisobini olib borishga bir qator vazirlik va idoralar javobgar. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va uning joylardagi bo'limlari prognoz bo'yicha jamg'armaga zarur bo'lgan soliq, ajratma, badal va to'lovlarni o'z vaqtida va to'liqligicha jamg'arma darodmadlariga kelib tushishiga mas’uldirlar. Ijrochi direksiya ko'zda tutilgan pensiya, nafaqa va kompen- satsiyalarni o'z vaqtida moliyalashtirishga javobgardir. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi bo'limlari jamg'arma mablag'larini qat’iy maqsadli sarflanishiga mas’uldirlar. 20.3. Yo‘l jamg'armasi 0 ‘zbekiston Respublikasi geografik joylashuviga muvofiq, okean va dengiz bandargohlariga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun kamida ikkita mustaqil mamlakatning davlat chegarasini bosib o'tishi lozim. Bunday holat, o'z navbatida, dengiz transportini tashkil etish va undan foydalanishga imkoniyat bermaydi, albatta. Bu narsa bizda havo yo'li tarnsporti, temir yo'l tarnsporti, quvur transporti va eng asosiysi avtomobil yo'l transportini boshqa davlatlardagi (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh va bir qator Fors hamda Arab mamlakatlari)ga qaraganda jadal va tez sur’atda rivojlantirishni ob’ektiv zarurat deb biladi. Buni teran his etgan mamlakatimiz rahbariyati mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarni qurish, qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish chora-tadbirlariga katta ahamiyat berib kelmoqda. ’ O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida tranzit transport tashuvlari chorrahasida joylashuvi bevosita avtomobil yo'llarini muttasil yangilanishini va davr talabiga mos rivojlanishini talab etadi. Respublikamiz transport siyosatining birlamchi maqsadi — mahalliy iste’molchilar bilan birga, xorijiy mamlakatlar foyda lanadigan eng yaxshi, qulay va yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo'lgan transport yo'laklarini respublika hududidan o'tkazishni ta’minlashdan iboratdir. Avtomobil yo'llarini davr talabiga mos ravishda tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad — xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirishga erishish, mahalliy ishlab chiqaruvchilaming ishlab chiqargan mahsulotlarini xalqaro bozorlarga yetkazish bo'yicha tarnsport xarajatlarini kamaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar- ning mahsulotlarini xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlashdir. Avtomobil yo'llarini mana shunday ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlarini inobatga olib, 1992 yil 3-iyulda O'zbekiston Respublikasining «Avtomobil yo'llari to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 10-moddasi bevosita yo'l ishlarini moliyalashtirishga bag'ishlangan bo'lib, uning birinchi bandida shunday talablar o ’z aksini topgan:«Umumiy foydalanishdagi yo‘1 ishlarini (avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash) moliyalashtirish tartibi Yo‘1 jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi». Qonunda aks etgan ushbu bandning o'zi respublikada maxsus yo'l jamg'armasini tashkil etishni taqozo etmoqda. Shu bois, 1990 yillarning boshlaridayoq «O'zavtoyo'1» davlat konserni bazasida Respublika Yo'l jamg'armasi tashkil etilgan edi. Pirovard natijada, respublikamizda xalqaro va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan umumiy yo'llar barpo etildi, ko'plab jahon andozalariga mos xos keladigan yo'l ko'priklari qurildi va ko'rilmoqda. Mamlakatning izchil rivojlanishi va jahon integratsiyasiga yaqinlashishi, Respublika Yo'l jamg'armasi moliyaviy resurslarini shakllantirish va moliyalashtirishni samarali tashkil etishni talab qila boshladi. Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustida «O'zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi huzurida Respublika yo'l jamg'armasi va Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling