A. V. Vahobov, T. S. Malikov
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
oshirishi mumkin. 0 ‘z navbatida, mamlakat byudjet tizim ini boshqarishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol o ‘ynab, u bu sohada quyidagi vakolatlarga egadir: • davlat byudjeti loyihasini tayyorlash; • davlat byudjeti mablag'larining tushumi va sarfi tartibini belgilash hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish; • respublika byudjeti xarajatlarini amalga oshirish; • byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro'yxatdan o'tkazish; • byudjetdan mablag' olu vch ilarn in g D avlat byudjeti mablagiaridan foydalanishini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, umummajburiy tusdagi boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarni qabul qilish; • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 18.2. Byudjet tuzilmasi va klassifikatsiyasi Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan munosabat lar majmuiga (uning ichki bo'linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional cheklanganligi, o'zaro bo'ysu- nuvchanligi, o'zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) byudjet tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning byudjet tuzilmasi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti: • Respublika byudjetini; • Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetini va m ahalliy byudjetlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg'armalari jamlanadi. O'z navbatida, Q oraqalpog'iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda shu respublikaga bo'ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o ‘z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga bo'ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. Shuningdek, tumanlaiga boiinadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o ‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari boigan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo'ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o'zlarining manbalari, m a’lum maqsadlarga mo'ljallanganligi va boshqa belgilariga ko'ra xilma-xildir. Bir vaqtning o'zida ular umumiy belgilarga ham ega. Butun mamlakat miqyosida byudjet daromadlari va xarajatlarining to'g'ri rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular klassifikatsiya qilinadi. Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, shuningdek, uning taqchilligini m oliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda byudjet klassifikatsiyasi muhim rol o'ynaydi. Undan Davlat byudjetini tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foydalaniladi va byudjet klassifikatsiyasi byudjet m a’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga keltirilgan va o'matilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan byudjet daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari bo'yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishiga byudjet klassifikatsiyasi deyiladi. Odatda, byudjet klassifikatsiyasining asosida daromadlar bo'yicha ularning manbalari, xarajatlar bo'yicha esa mablagiarning maqsadli sarflanish yo'nalishlari yotadi. Byudjet klassifikatsiyasi o'zining keng yo'nalishi bilan ajralib turadi. Uning boiinmalariga qat’iy rioya etgan holda byudjet rejalashtirilishi amalga oshiriladi, byudjet tashkilotlarining individual va umumiy hamda yig'ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va Davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi. Byudjetning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalari, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning yuqori tashkilotlarini moliyaviy rejalari bilan bog'liqligini ta’minlashda, bir turdagi byudjet tashkilotlarining xarajatlari va alohida m a’m uriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ijtim oiy-m adan iy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlaming qondirilish darajasini aniqlashda byudjet klassifikatsiyasi muhim rol o'ynaydi. Byudjet ijrosi jarayonida ham byudjet klassifikatsiyasi alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan byudjet va byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida ko'zda tutilgan tadbirlaming maqsadli moliyalashtirilishini ta’minlashda u zaruriy shart hisoblanadi. Byudjet klassifikatsiyasi moliya organlarida, byudjet tashkiJotlarida va boshqa muassasalarda byudjet daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobotni tayyorlash uchun zarurdir. Byudjet klassifikatsiyasida belgilangan darom adlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi. Byudjet klassifikatsiyasi tashkiliy ahamiyatga ham ega, bu uning bo'linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlaming amalga oshirilishi orqali namoyon bo'ladi. Bu yana shu narsa orqali ifodalanadiki, byudjet tasdiqlanganidan so'ng barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning yuqori organlari byudjet daromadlari tushumining to 'liq lig in i ta ’m in la sh g a va ta sd iq lan g an b yu d jetd agi klassifikasiyaning bo'linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, byudjet klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir. Tasdiqlangan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo'lganligi va uning ko'rsatkichlarini barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar aniq va to'liq bajarishga majbur bo'lganligi uchun byudjet klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi. Byudjet klassifikatsiyasi quyidagilami o'z ichiga oladi: • davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi; • davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy klassifikatsiyasi; • davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalarining klassifikatsiyasi. Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi ularni turiari va manbalari bo'yicha guruhlashdan iborat. Bunda tarmoq va vazirlik (rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi mumkin. Odatda, bunda daromadlar byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq bo'linmalar, boblar, paragraflar va moddalarga bo'linadi. Bo'linmalar daromadlaming alohida turlarini, boblar — daromadlami to'lovchilarni, paragraflar — daromadlami to'lovchilaming toifalarini, moddalar esa — jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadigan soliqlaming alohida turlarini ko'rsatishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatdan klassifikatsiyasi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan vazifalar bo'yicha xarajatlarni guruhlashdan tarkib topadi. Ularning tashkiliy klassifikatsiyasi byudjetdan ajratiladigan mablag'lar, ulami bevosita oluvchilar o'rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo'jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turiari bo'yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo'ladi. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy klassifikatsiyasi esa to'lovlaming iqtisodiy vazifasi va turiari bo'yicha xarajatlarni gunihlashdan iboratdir. Umumiy tarzda, bu yerda xarajatlar byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq ravishda guruhlarga, bo'linmalarga, boblarga, paragrallarga va moddalarga bo'linishi mumkin. Guruhlar — byudjet mablag'larining asosiy yo'nalishlarini, bo'linmalar — milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, boblar — vazirlik va idoralar bo'yicha xarajatlarni, paragraflar — bir tipdagi korxonalar va tadbirlar bo'yicha sarflami, moddalar esa-xarajatlarning alohida turlarini ko'rsatadi. D avlat byudjeti d efitsitin i m oliyalash tirish manbalari klassifikatsiyasi defitsitni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo'yicha guruhlashdan iborat boiad i. Byudjet klassifikatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Byudjet tizimi deb nimaga aytiladi? • Mamlakatning byudjet tizimi nimalarga bog'liq boMadi? • (J yoki bu mamlakatning byudjet tizimi necha bo'g'inli boMishi mumkin? • Har bir mamlakatning byudjet tizimi qanday prinsiplarga tayanadi? • Byudjet tizim ining yagonaligi prinsipi nimalar bilan belgilanadi? • Byudjet tizimining darajalari o'rtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi prinsipi nimalarni ko'zda tutadi? • Byudjetlarning mustaqilligi prinsipi nimalarni taqozo etadi? • Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari byudjetlari, byudjetlarning daromadlar va xarajatlarining toMiq aks etishi prinsipi nimalarni anglatadi? • Byudjetlarning balansliligi prinsipi nimalarni bildiradi? • Byudjet mablagMaridan foydalanishning samaradorligi va tejamliligi prinsipining ma’no-mazmuni nimalardan iborat? • Byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi prinsipi nimani anglatadi? • Byudjet tizimidagi oshkoralik prinsipi nimalarni ko'zda tutadi? • Byudjetning haqqoniyligi prinsipi nimalarni taqozo etadi? • Byudjet mablagMarining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi prinsipi nimani nazarda tutadi? • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat? • Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlariga byudjet tizimini boshqarish sohasida qanday vakolatlar xos? • Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokim iyatlar byudjet tizim ini boshqarish sohasida qanday vakolatlarga ega? • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlarining tarkibiga nimalar kiradi? • Byudjet tuzilmasi deb nimaga aytiladi? • Har bir mamlakatning byudjet tuzilm asi nima bilan belgilanadi? • 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti o'z tarkibiga nimalarni (qanday byudjetlarni) oladi? • 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadimi? • Q oraqalpog‘iston R espublikasining byudjeti qanday byudjetlardan tarkib topgan? • Viloyatlar byudjetining tarkibiga qanday byudjetlar kiradi? • Tumanlarga bo'linadigan shaharlarning byudjeti qanday byudjetlardan tarkib topadi? • 0 ‘ziga bo'ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti qanday byudjetlardan tashkil topgan? • Byudjet daromadlari va xarajatlarini klassifikatsiya qilishdan maqsad nima? • Byudjet klassifikatsiyasi deb nimaga aytiladi? • Odatda, byudjet klassifikatsiyasining asosida nimalar yotadi? • Byudjet klassifikatsiyasining ahamiyati nimalardan iborat? • Hozirgi paytda byudjet klassifikatsiyasi o ‘z ichiga nimalarni oladi? • Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi nimalardan iborat? • Davlat byudjeti xarajatlarining vazifasi, tashkiliy va iqtisodiy jihatdan klassifikatsiyasi nimalardan iborat? • Davlat byudjeti defitsitini m oliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi qanday guruhlardan tashkil topadi? • Byudjet klassifikatsiyasi kim tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi? 1 9 -B O B . B Y U D JE T JARA YO NI 19.1. Byudjet jarayoni: ta’rifi, bosqichlari, vazifalari, ishtirokchilari va prinsiplari Byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish), ko‘rib chiqish (muhokama qilish), qabul qilish (tasdiqlash) va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek, Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlaming qonun hujjatlariga muvofiq tartibga keltirishga tegishli bo'lgan davlat hokimiyati va m ahalliy o 'z in i-o 'z i boshqarish organlari hamda jarayon ishtirokchilarining faoliyatiga byudjet jarayoni deyiladi. Uning mazmuni mamlakatning davlat va byudjet tuzilishi (qurilishi), tegishli organlar va yuridik shaxslaming byudjet huquqlari bilan belgilanadi. Shuningdek, byudjet jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni tuzish (ishlab chiqish, yaratish) tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzish (ishlab chiqish, yaratish) ning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o'ynaydi. Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to'rt bosqichini o'z ichiga oladi: • byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish); • byudjetni ko'rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash; • byudjetni ijro etish; • byudjetning ijrosi to'g'risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash. Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to'rt bosqichdan iborat bo'lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yil ga yaqini byudjet loyihasini ishlab chiqish (yaratish, tuzish), uni muhokama qilish (ko'rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)ga, bir kalendar bo'yicha (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (byudjet davri) va sakkiz oyga yaqini byudjetning ijrosi to'g'risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to'g'ri keladi. Byudjet jarayonini amalga oshirish uchun quyidagi muhim vazifalar qo'yilgan: • muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish; • alohida soliqlar va boshqa to'lovlar bo'yicha, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bashoratlari va maqsadli dastur- lariga muvofiq byudjet daromadlari va ularning umumiy hajmini aniqlash; • maqsadga mo'ljallanganligi bo'yicha, shuningdek, byudjetda ko'zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan barcha tadbirlami uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda byudjet xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash (o'rnatish); • iqtisodiyotdagi inflyasion tendensiyalar va pul-kredit tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga yo'naltirilgan moliyaviy baqarorlashtirishning umumiy dasturini byudjet orqali muvofiqlashtirish; • iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgan manbalar hisobidan byudjet defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish; • iqtisodiy mintaqalar, xo'jalik sohalari va byudjetlar o'rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo'li bilan turli darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga solishni amalga oshirish; • keng ko'lam li barcha ijtim oiy-iqtisodiy dasturlam ing balansliligi va proporsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli byudjet tomonidan rejalashtirishning rolini oshirish; • soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar daromadlari va yuridik shaxslaming moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni kuchaytirish; • zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar. Umumiy tarzda, byudjet jarayonining ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi: • mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat oiganlari; • ijroiya hokimiyat organJari (mamlakat sub’ektlarining yuqori mansabdor shaxslari, mahalliy o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya organlari, byudjet daromadlarini undirish bilan shug'ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar); • pul-kredit tizimini tartibga solish organlari; • davlat va mahalliy nazorat organlari; • davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari; • byudjet mablag'larini Bosh taqsimlovchilar, taqsimlovchilar va boshqalar. Byudjet jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga rioya qilinadi: • yagonalik; • mustaqillik; • balans metodi. Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona byudjet klassifikatsiyasi, mamlakatning konsolidatsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo'ladigan statistik va byudjet ma’lumotlari uchun byudjet hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi. Mustaqillik prinsipi byudjet jarayonini amalga oshirishda uning har bir ishtirokchisi uchun mustaqil bo'lganligi bilan belgilanadi. Bunga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlami o'zlari va tartibga soluvchi manbalari hamda ulardan foydalanishning yo'nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga egadirlar. Balans metodi prinsipi byudjet daromadlari va xarajatlari o'rtasida to'g'ri nisbatlar o'rnatishda ko'zga tashlanadi. Unga rioya qilinishi byudjetning barqarorligini va xo'jalik sohalari o'rtasida mablag'lami taqsimlashda zaruriy proporsiyalarni ta’minlashi zarur. Bu metodning muhim sharti byudjet xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishdan iborat. Bu prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi. 19.2. Byudjet loyihasini tuzish Byudjet loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish) byudjet jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda quyidagi masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi: • byudjetning hajmi; • navbatdagi (kelgusi) yil uchun soliq va pul-kredit siyosati; Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling