A. V. Vahobov, T. S. Malikov


berishning asoslangan  mexanizmini joriy etish  maqsadida byudjetga


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
#20049
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75

berishning asoslangan  mexanizmini joriy etish  maqsadida byudjetga 

va  byudjetdan  tashqari jamg'armalarga  to'lovlar  bo'yicha  qarzlari 

mavjud  bo'lgan  sub’ektlarga  kafolatlar  berilmaydi.  Shuningdek, 

kafolatlami  tanlov asosida amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir.

R e z id e n t-y u r id ik   sh a x sla m in g   m ajburiyatlari  b o 'y ic h a  

O'zbekiston  Respublikasining kafolatlari  O'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ  tom onidan sodir 

etiladi.  Jismoniy shaxslaming  majburiyatlari bo'yicha  O'zbekiston 

Respublikasining  kafolatlari  berilmaydi.  Kafolatlar  berish  tartibi, 

shuningdek,  kafolatlar berilganligi uchun  kafolatlar oluvchidan haq 

olish   tartibi  O 'zbekiston  R espublikasi  Vazirlar  M ahkam asi 

tom onidan  belgilanadi  («Byudjet  tizimi  to'g'risida»gi  O'zbekiston 

Respublikasi qonunining 4 1-moddasi).

Davlat qarzi bo'yicha to'lovlarni o'z vaqtida  amalga oshirishga 

hamda  davlat  tomonidan  ichki  va  xorijdan  mablag'  jalb  qilish

bo'yicha  O'zbekiston  Respublikasining  majburiyatlaridan  kelib 

chiquvchi to'lovlarni  amalga oshirish uchun  mablag'lami jamlashga 

shart-sharoit yaratish  maqsadida respublika byudjet tarkibida kafolat 

jamg'armasi  tuzilishi  mumkin.  Bu  jamg'armani  tashkil  etish  va 

undan  foydalanish  tartibi  O 'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan belgilanadi  (o'sha qonunning 42-moddasi).

Bozor munosabatlarining  rivojlana borishi bilan  ichki  bozorda 

davlatning  kreditor  sifatidagi  faolligi  ham  asta-sekinlik  bilan 

kuchaym oqda.Awal  byudjetdan  moliyalashtirishga  asosiy  e ’tibor 

qaratilgan  bo'lsa,  keyingi  yillarda  og'irlik  markazining  kredit 

munosabatlari tomon o'zgarayotganligi sezilib turibdi.  Chunki kredit 

munosabatlari  mablag'lardan  foydalanishda byudjet  resurslarining 

katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali  usul hisoblanadi.

Davlatning  kreditor  sifatidagi  o'rni  uning  ichki  va  tashqi 

kreditlari bilan  belgilanadi.  Odatda,  ichki kreditlar  ikki  ko'rinishga 

ega:

•  byudjet kreditlari;

•  byudjet ssudalari.

Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjet hisobidan  moliyalashtirish 

shakli  bo'lib,  u  yuridik  shaxslarga  qaytarilish  va  tiklash  asosida 

mablag'  berilishini  ko'zda  tutadi.  Byudjet  ssudasi  esa  yuqori 

byudjetdan quyi  byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident- 

yuridik  shaxsga  yoki  chet  el  davlatiga  qaytarish  sharti  bilan 

ajratiladigan  mablag'dir.

Byudjetdan  qarz  mablag'larini  oluvchilar  quyidagilar bo'lishi 

mumkin:

•  byudjet  tashkilotlari.  Amalda  byudjet  tashkilotlari  kredit 

tashkilotlaridan hamda yuridik va jism oniy shaxslardan  kredit olish 

huquqiga ega emas (byudjet va byudjetdan tashqari jamg'armalardan 

olinadigan  ssudalarni m ustasno qilganda);

•  davlat  unitar korxonalari;

•  byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo'lmagan yuridik 

shaxslar;

•  ijroiya  hokimiyat organlarining  quyi byudjetlari.

Byudjet  kreditlarini  qaytarish  bo'yicha  ijroni  ta’minlashning 

usullari  faqat  bank  kafolatlari,  m ol-m ulk garovi  bo'lishi  mumkin.

Yuridik  shaxslarga  berilgan  byudjet  mablag'larini  qaytarish  va 

ulardan  foydalanganlik  uchun  haq  to'lash  byudjet  to'lovlariga 

tenglashtiriladi.  Byudjet  kreditlari  faqat  qaytarilish  asosida  aw al 

berilgan  byudjet  mablag'lari  bo'yicha  to'lov  muddati  o'tib  ketgan 

qarzlari bo'lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin.

M o liy a   v a z ir lig i  k e lg u si  yil  u c h u n   b y u d jet  lo y ih a s i 

tayyorlanayotgan  paytda  tashkilotlarga  berilishi  mumkin  bo'lgan 

byudjet  kreditlarining  um um iy  hajmini  aniqlaydi  va  investitsion 

loyihalarning  tanlovini  o'tkazish  uchun  kelgusi  moliya  yilining 

boshlanishidan to'rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga 

yetkazadi.

Loyihalarni  tanlovga  taqdim  etish  jarayonida  byudjetning 

m ark azlashtirilgan  in v e stitsio n   resurslarini  ta n lo v   a sosid a  

joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda 

talab qilinadigao hujjatlarga qo'shim cha ravishda yana quyidagilar 

taqdim  qilinishi  lozim:

•  ijroiya hokimiyat organlarining import bo'yicha  sotib olinishi 

rejalashtirilayotgan  asbob-uskunani  mamlakat  korxonalarida 

tayyorlashning  iloji  yo'qligi  va  ularni  import  bo'yicha  sotib  olish 

maqsadga  muvofiqligi  to'g'risidagi  xulosasi;

•  ssudalarni qaytarishni ta’minlash  manbalari  ko'rsatilgan holda 

qarz  mablag'larini  to'liq qaytarishning moliyaviy  hisob-kitoblari;

•  da  vogarda  avans  to'lovlarini  amalga  oshirish  uchun  o'z 

mablag'lari  borligining tasdiqlanganligi.

Ssudalar  mamlakat  tijorat  banklari  kafolatlari,  hokim iyat 

organlari  va  barqaror  m oliyaviy-iqtisodiy  ahvolga  ega  bo'lgan 

uchinchi  shaxslam ing  iltim osnom alari  hamda  yuqori  likvidli 

qimmatli  qog'ozlar  garovi  asosida  taqdim  etiladi.  T a’m inotning 

bunday  turiari  riskning  banolanishiga  bog'liq  bo'lgan  holda  turii 

kombinatsiyalarda qo'llanilishi  mumkin.

Ssudalarning  miqdori  tanlovdan  o'tgan  loyiha  uchun  uni 

moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, 

uning  40  foizdan)  oshmasligi  lozim.  Moliyalashtirishning  boshqa 

qismi  byudjet  manbalariga  muqobil  bo'lgan  manbalar  hisobidan 

qoplanishi  kerak.

Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog'liq 

va  notijoriy  xarakterga  ega  bo'lgan  in v estitsion   loyihalarni 

moliyalashtirish  tashkilotlarga  shunday  loyihalar hajmini  100  foiz 

moliyalashtirish  miqdorida taqdim  etilishi  mumkin.

D avlat  to m o n id a n   xorijiy  davlatlarga,  ularning  yuridik 

shaxslariga  va  xalqaro  tashkilotlarga  taqdim  etilayotgan  kreditlar 

deyilganda ular bo'yicha xorijiy davlatlar,  ularning yuridik shaxslari 

va  xalqaro  tashkilotlaming  kreditor sifatida  davlat  oldida  vujudga 

kelgan  qarz majburiyatlari  tushuniladi.

Xorijiy davlatlarning qarz  majburiyatlari ularning boshqa davlat 

oldidagi  qarzlarini  shakllantiradi.  Odatda,  byudjet  to'g'risidagi 

qonunda bu qarzlarga tegishli bo'lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak:

•  xorijiy  davlatlarning  qarzlari  bo'yicha  qaytarilish  (uzilish) 

summalari  va foizlarining  to'lovi;

•  moliyaviy yilning  oxiridagi  xorijiy  mamlakatlar qarzlarining 

miqdori;

•  xorijiy  davlatlarga  taqdim  etiladigan  davlat  kreditlarining 

maksimal  hajmi;

•  m o liy a v iy   y ild a   u la rn in g   o lu v c h ila r i,  m aqsadlari  va 

kreditlashtirish  miqdorlari  ko'rsatilgan  holda  kreditlar ro'yxatidan 

iborat  bo'lgan  xorijiy  davlatlarga  davlat  kreditlarini  taqdim  etish 

dasturi.

22.6.  Davlat qarzlarini  b oshq arish

O'zbekiston  Respublikasida  davlat  qarzini  boshqarishning  oliy 

organi  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy Majlisidir.  Oliy Majlis byudjet 

defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo'lgan mablag'lar 

va  byudjet  mablag'lari  hisobidan  kreditlashtirishning  maksimal 

miqdorlarini belgilaydi.  U yoki bu ko'rinishdagi qimmatli qog'ozlarni 

chiqarishning chegaraviy hajmini O'zbekiston Respublikasi hukumati- 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  o'matadi.

Davlat ichki va tashqi  qarzlarini boshqarishni optimallashtirish 

uchun  ikki  dasturni  ishlab  chiqish  maqsadga  muvofiq:

•  tashqi  qarzlami  olish  davlat  dasturi;

•  ichki  qarzlami  olish  davlat  dasturi.

Bu dasturlar  maqsadlari,  manbalari va  qaytarilish  muddatlarini 

ko'rsatgan  holda  navbatdagi  moliyaviy yilda olinishi  lozim  bo'lgan 

qarzlar ro'yxatidan iboratdir.  Dasturlar navbatdagi yil byudjetining 

loyihasi  bilan  Oliy  Majlisga taqdim  etiladi  va tasdiqlanishi  lozim.

Xususan,  tashqi  qarzlar  olish  davlat  dasturida  ikki  guruhga 

bo'lib,  aks ettiriladi:

•  bog'lanmagan  (moliyaviy)  qarzga olishlar  (qarzlar);

•  maqsadli xorijiy qarzga olishlar  (qarzlar).

Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi  dasturda alohida- 

alohida  quyidagilar o'z  ifodasini  topishi  kerak:

•  bog'lanmagan  (moliyaviy)  qarzga  olishlar:

(qarzlar)  bo'yicha:

a) jalb  qilish  manbalari;

b)  qarzga  olish  summalari; 

v)  qaytarish  muddatlari.

•  •  maqsadli xorijiy qarzga  olishlar:

(qarzlar)  bo'yicha:

a)  yakuniy oluvchi;

b)  qarzga  olishning  maqsadi  va  foydalanish  yo'nalishi; 

v)  qarzga  olish  manbasi;

g)  qarzga  olish  summasi; 

d)  qarzni  qaytarish  muddatlari;

ye)  m ablag'lam i  byudjetga  qaytarish  bo'yicha  u chinchi 

shaxsning  kafolati;

yo) navbatdagi  moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan 

mablag'lar hajmining baholanishi;

j)  navbatdagi moliyaviy yilda mablag'laming foydalanish  hajmi 

prognozi  (bashorati).

O 'z b e k is to n   R e sp u b lik a si  n o m id a n   d avlat  q im m a tli 

qog'ozlarining yagona emitenti bo'lib,  Moliya vazirligi hisoblanadi 

va  u  O'zbekiston  hukumati  tomonidan  aniqlangan  chegaralarda 

ulaming chiqarilish  muddatlari va hajmini  belgilaydi.

Davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari  jamg'armalarning 

mablag'larini  maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash,  byud­

jetdan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming qarzlarini kamaytirish 

maqsadida  ijroiya  hokimiyat  organlariga  davlatning  qim m atli

qog'ozlarini  chiqarish,  kreditlar  va  qarzlar  olish  yo'li  bilan  qarz 

mablag'larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat tomonidan to'g'ridan- 

to'g'ri o'matilgan  hollardan tashqari).  Bu jihat davlatning byudjetdan 

tashqari jamg'arlariga  ham tegishlidir.

Davlatning  ichki  qarzlariga  xizmat  qilish  bo'yicha  bosh  vakil 

funksiyasini  m am lakatning  Markaziy  banki  bajaradi.  Har  bir 

obligatsiyani  chiqarish  emissiyasida  barcha  yagona  va  jamlanma 

sertifikatlar  M oliya  vazirligi  tomonidan  saqlash  va  hisobga  olish 

uchun  depozitariyga  berilishi  kerak.  D epozitariy  funksiyasini 

Markaziy  bank  yoki  u  tomonidan  vakolati  belgilangan  boshqa 

tashkilot  bajarishi  mumkin.  Markaziy  bank  M oliya  vazirligining 

topshirig'iga ko'ra va respublika byudjetining  mablag'lari hisobidan 

obliga—siyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda 

to'lovlarni amalga oshiradi.

Davlat  qim m atli  qog'ozlarini  tartibga  solish  hukumatning 

M oliya vazirligi va  Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng  muhim 

va  mas’uliyatli  funksiyalaridan  biridir.  H ozirgi  amaliyotda  davlat 

qimmatli  qog'ozlarini  tartibga  solish  choralarini  shartli  ravishda 

quyidagi guruhlarga ajratish  mumkin:

•  « o lo v li»   c h o r a la r -q a y ta   m o liy a la sh tirish   va  lom bard  

stavkalarini  oshirish  (ko'tarish),  qimmatli  qog'ozlar  va  valyuta 

bozorlarida  M arkaziy  bankning  intervensiyasi.  Biroq  bunday 

choralar qisqa  vaqt  -2   yoki  3  kun  ichida  ta’sirchan  hisoblanadi;

•  xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog'ozlar bozoriga ta’sir ko'rsatish 

uchun qarz olishning o'zi emas, balki kreditlarning olinishi to'g'risida 

ishonch  bo'lishining  o'zi  yetarlidir.  Yuqoridagi  choralar  kabi  bu 

guruhga  kiruvchi  choralar  ham,  m a’lum  darajada  va  m a’noda, 

tanazzulni  orqaga  suruvchi  va  uning  ildizlariga  barham  bermovchi 

«olovli» choralar hisoblanadi;

•  davlat  qim m atli  qog'ozlar m illiy bozori  nobarqarorligining 

oldini  olishga  samarali  va uzoq  muddatli  ta ’sir ko'rsatishga  uzoq 

muddatli  m onetar choralarga  moliyaviy  bozorning  chegarasidan 

chetga  chiquvchi  choralar  (xususan,  soliq  tizim i  va  soliqlam ing 

undirilishini tartibga solish,  byudjet defitsitini qisqartirish,  iqtiso­

diyotning  o'sishiga  erishish  va  h.k.lar)  qo'llanilsagina  erishish 

mumkin.

Davlat  qarzlarini  boshqarish  mamlakatning  iqtisodiy  o ‘sish 

sur’atlari  va  sifatiga  ta’sir  ko'rsatishi  mumkin  boigan  O'zbekiston 

Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi.  Shuning 

uchun  ham  hozirgi  sharoitda davlat  qarzlarini  boshqarishda aniq bir 

konsepsiyaga ega bo'lish alohida ahamiyat kasb etadi.  Bu konsepsiyada 

davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati va valyuta siyosati 

o'rtasidagi  aloqalami  davlat  qarzlarining  davlat  moliya  tizimidagi 

o'rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog'liqligini 

aniqlash juda  muhimdir.  Davlat  qarzlarini boshqarish  konsepsiyasini 

ishlab  chiqishda  eski  majburiyatlarni  ularning  yangilarini  jalb  etish 

hisobidan  qaytarilishi  yetarli  darajada  xavfli  oqibatlarga  olib  kelishi 

mumkinligi  inobatga  olinmog'i  kerak.  Shuningdek,  davlat  qarzlarini 

tartibga  solishning  yagona  konsepsiyasi  ishlab  chiqilayotgan  paytda 

bu qarzlar hajmining asoslanmagan tarzda oshirilib yuborilishi iqtisodiy 

islohotlami amalga oshirish yo'lida ta’sirchan to'siq bo'lishi mumkinligi 

ham  nazardan chetda qolmasligi  lozim.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  Davlat  kreditining  m azmun-mohiyati  nimadan  iborat?

•  Davlat krediti  qanday sub’ektlar o'rtasida vujudga  keladigan 

iqtisodiy  munosabatlar  majmuidan  iborat  va  unda  davlat  qanday 

ko'rinishlarda  maydonga chiqadi?

•  Davlat  kreditida  davlat  qachon  kafilga aylanadi?

•  Davlat tomonidan kafolatning berilishi markazlashtirilgan pul 

fondining,  albatta,  o'zgarishiga  olib  kelmasligi  mumkinmi?  Bu 

qanday  holatlarda sodir bo'lishi  mumkin?

•  Kreditning  bir  turi  sifatida  davlat  krediti  klassik  (m um toz) 

moliyaviy kategoriyalardan,  masalan, soliqlardan farq qiluvchi  o'ziga 

xos  bo'lgan  qanday xususiyatlarga  ega?

•  U m u m an   o lg a n d a ,  d avlat  krediti  boshqa  m o liy a v iy  

kategoriyalardan  o'zining  qanday  xarakterli  xususiyatiari  bilan 

farqlanadi?

•  Davlat  krediti  qanday funksiyalami bajaradi?

•  Davlat kreditini taqsimlash  funksiyasining mazmuni nimadan 

iborat?

•  Davlat kreditining tartibga solish funksiyasini xarakterlovchi 

misollar keltiring.

•  Iqtisodiyotni  tartibga  solish  vosita  sifatida  davlat  kreditidan 

ongli  ravishda foydalanish  nimalarni anglatadi?

•  Davlat  krediti  nazorat  funksiyasining  mazmuni  nimadan 

iborat  va  u  kimlar  tomonidan  amalga  oshiriladi?

•  Davlat  kreditining  nazorat  funksiyasi  qanday  xarakterli 

belgilarga ega?

•  Davlat krediti qanday belgilarga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi?

•  E m itentlar  bo'yicha  davlat  krediti  qanday  guruhlarga 

bo'linadi?

•  Joylashtirilish joyiga qarab davlat krediti  nimalardan tashkil 

topadi?

•  B ozorda  aylanishiga  qarab  davlat  kred itin in g  tarkibi 

nimalardan iborat bo'ladi?

•  Bozorli  va  bozorsiz  qarzlar  deyilganda  nimalar  nazarda 

tutiladi?

•  Mablag'lami jalb qilish  muddatiga ko'ra davlat krediti qanday 

guruhlarga bo'linadi?

•  Qarz  majburiyatlarining  ta’minlanganligiga  qarab,  davlat 

krediti  nimalardan  tashkil  topadi?

•  Garovli va garovsiz obligatsiyalar  nimalari  bilan  farqlanadi?

•  To'lanadigan  daromadning  xarakteri  bo'yicha davlat krediti 

qanday klassifikatsiya qilinadi?

•  Yutuqli  obligatsiyalar  bo'yicha  darom adlam ing  to'lanishi 

nimalar asosida amalga  oshiriladi?

•  N ol  kuponli obligatsiyalar deyilganda  nima  tushuniladi?

•  Davlatning  qanday  qarziy  instrumentlari  kuponlarga  ega 

emas?

•  Darom adlami  aniqlash  m etodiga  ko'ra  davlat  krediti  qarz 

majburiyatlarining qanday turlaridan iborat?

•  Qarz  chiqarilgan  paytda  b elgilan gan   qarzni  qaytarish 

m u d d a tla r ig a   q a t ’iy  r io y a   q ilis h   b o 'y ic h a   q a r z d o r n in g  

majburiyatlariga  muvofiq  davlat  krediti  qarziy  majburiyatlarning 

qanday ko'rinishlaridan  tarkib topadi?

•  Qarzlami qaytarishning  qanday usullari  mavjud?

•  K eng  va  tor  m a’noda  davlat  kreditini  boshqarish  deb 

nimalarga  aytiladi?  Ular nimalari  bilan  farq  qiladi?

•  Davlat  kreditini  boshqarish  jarayonida  qanday  vazifalami 

yechish  ko'zda  tutiladi?

•  Davlat  kreditini  boshqarish  qanday  organlar  tom onidan 

amalga oshirilishi  mumkin?

•  Uni  tezkor  boshqarish  kimning  rahbarligi  va  hamkorligida 

ta’minlanadi?

•  Davlat tomonidan qanday faoliyat amalga oshirilishi  natijasida 

davlat  qarzi  vujudga  keladi?

•  Davlat  qarzi  deb  nimaga  aytiladi?

•  Joylashtirilish joyiga  qarab  davlat  qarzlari  qanday qarzlarga 

boiinadi?

•  Davlatning ichki va tashqi qarzlari deb nimalarga aytiladi va 

ular nimalari  bilan  farqlanadi?

•  Amaldagi tartibga  muvofiq davlat tom onidan ichki va tashqi 

mablag‘larni (qarzlami) jalb qilish qanday maqsadlar uchun amalga 

oshirilishi mumkin?

•  Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag'larini jalb etishda 

qarziy majburiyatlarning  qanday turlaridan  foydalanish  mumkin va 

ularning asosiylari hamda muhimlari  tarkibiga  nimalar kiradi?

•  Amaliyotda  qarz  mablag'larini  jalb  qilish,  asosan,  qanday 

yo'llar bilan  amalga  oshiriladi?

•  Davlatning  qimmalli  qog'ozlar  bozori  qanday  vazifalami 

bajarishga imkon beradi?

•  Garant  (kafillik)  deyilganda  nima  tushuniladi?

•  N im alar  bo'yicha  qarzlari  bo'lgan  sub’ektlarga  kafolatlar 

(kafillik)  berilmaydi?

•  Jismoniy  shaxslaming  majburiyatlari  bo'yicha  O'zbekiston 

Respublikasining kafolatlari beriladimi?

•  R ezid en t-yu rid ik   shaxslam ing  majburiyatlari  b o 'yich a  

O'zbekiston  Respublikasining kafilliklari qanday organ tom onidan 

sodir etiladi?

•  Davlatning ichki kreditlari qanday ko'rinishlarga  ega?

•  Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima,  ular bir-birlaridan 

nimalari bilan  farqlanadi?

MQ.Uya



  Byudjetdan  qarz  mablag'larini  oluvchilar  sifatida  kimlar 

maydonga chiqishi  mumkin?

•  Loyihalarni  tanlovga  taqdim  etish  jarayonida  byudjetning 

m ark azlash tirilgan   in v e stitsio n   resurslarini  tan lov  a sosid a 

joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda 

talab  qilinadigan  hujjatlarga  qo'shim cha  ravishda  yana  nimalar 

taqdim qilinishi  lozim?

•  O'zbekiston Respublikasida davlat  qarzini boshqarishning oliy 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling