A. V. Vahobov, T. S. Malikov


va chakana baholardan iborat bo'ladi.  Bozor iqtisodiyoti sharoitida


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75

va chakana baholardan iborat bo'ladi.  Bozor iqtisodiyoti sharoitida 

tovar ishlab chiqaruvchilar tabaqalashtirilgan baholardan  iste’m ol- 

chilarning turli guruhlari uchun foydalanadi.  Bunda,  albatta,  ishlab 

chiqaruvchi  sotib  oluvchilarning  har  bir  guruhi  uchun  maksimal 

baholami o'rnatishga harakat qiladi.  Bunday baho sotib oluvchining

rezervlashtirilgan bahosi 

deyiladi.  Rezervlashtirilgan bahoning sotib 

oluvchilar daromadlariga bog‘liq ravishda o ‘matilishi bahoning ideal 

diversifikatsiyasi  deb  ataladi.  Tabaqalashtirilgan  baholar  sotib 

olinayotgan tovarlaming miqdoriga b ogiiq  ravishda ham o'rnatilishi 

mumkin.  Bunga  muvofiq  ravishda  tovarlaming  kichik  partiyalari 

va bir martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada 

sotib olinganda esa baholaming darajasi ancha pasaytirilishi mumkin.

Baholaming har bir turi ularga tegishli b oigan  shakllantirish va 

foydalanish xususiyatlariga ega.  Masalan, XYuSlarning ulguiji baholari 

sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli boigan o ‘ziga xos belgilar 

bilan xarakterlanadi.  Energiyatashuvchilaming bahosi, o ‘z navbatida, 

boshqalardan  tashqari,  resurslami  tejab-tergash  siyosatini  amalga 

oshirishda muhim  iqtisodiy richag b o iib  hisoblanadi.

Aniq  baho  o ‘zida  ma’lum  bir  elementlarni  mujassam  etadi. 

Ularning  aham iyati  absolyut  ifodalanishda 

bahoning  tarkibi, 

•birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi  har bir 

elem entning salmog'i  esa 

bahoning tarkibiy tuzilmasi 

deb  ataladi. 

Baholam ing  namunaviy tarkibiy tuzilmasi  quyida keltirilgan:

UB*  =   T + F A

Bu  yerda:  UB*—  XYuSning ulgurji  bahosi;

T  — 

mahsulot tannarxi;

F*  -   XYuSning foydasi.

UB  =   U B  +   S  +   UT



и

Bu  yerda:  Bm -  

tarmoq ulguiji  bahosi;

U B  —  XYuSning ulgurji  bahosi;

S   — 

soliqlar  (qo‘shilgan qiymat  solig'i, 

aksizlar,  sotuv solig‘i  va  boshqalar);

UTB —  ulgurji-ta’m inot ustamalari  (ta’minot 

va transport xarajatlari,  ta’minot 

XYuSining foydasi).

ChB  =   U B  +   S



и

Bu  yerda:  ChB  —  chakana  baho;

U B m —  tarmoq ulguiji  bahosi;

S B — 

savdo  ustamasi  (m uom ala xarajatlari, 

savdo  XYuSining foydasi).

Bahoning  m inim al  chegarasini  ishlab  chiqarish  chiqim lari 

aniqlab  beradi.  Ularning  puldagi  ifodasini  mahsulot  tannarxi  deb 

atash qabul qilingan.  Foyda bahoning majburiy elmenti hisoblanadi. 

XYuS  foyda  hisobidan  dividentlarni  to'laydi,  ishlab  chiqarishni 

kengaytiradi va modemizatsiya qiladi,  kadrlarni tayyorlashni amalga 

oshiradi,  ijtimoiy  sohaga  mablag‘larni  ajratadi.  Foyda  bahoning 

muhim elem enti  hisoblanib,  XYuSning  m oliyaviy-iqtisodiy ahvoli 

uning  hajmi  (miqdori)ga bevosita  bog'liq.

Tovariar vositachilar (ta’m inot—ta ’minlash,  savdo—sotib olish 

XYuSlari va tashkilotlari hamda boshqa vositachilik firmalari) orqali 

realizatsiya  qilinganda  bahoda  vositachining  ustamasi  o'z  aksini 

topadiki,  u  vositachilik  qilganligi  uchun  komission  yig'im lam i, 

vositachining  transport  va  boshqa  xarajatlarini,  uning  qo'shilgan 

qiymat  solig'i  va  foydasini  o'zida  aks  ettiradi.

Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni  realizatsiya 

qilish  bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarini  (muomala  xarajatlarini) va 

ularning  foydasini  qamrab  oladi.  H ozirgi  paytda savdo  ustamalari 

markazlashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi,  ijtimoiy ahamiyatga ega 

b o'lgan  alohida  tovariar  b o'yich a  ularning  yuqori  chegarasi 

mintaqaning mahalliy m a’muriyati tom onidan belgilanadi.

Baho  yuqorida  sanab  o'tilgan  barcha  elem entlarni  o'zida 

mujassam  etm asligi  ham  m um kin.  M asalan,  qishloq  xo'jaligi 

mahsulotlarini sotib olish bahosida qo'shilgan qiymat solig'i  mavjud 

em as.  Shu nin gdek,  barcha  tovariar  ham   aksizosti  tovarlari 

bo'lavermaydi,  ayrim  tovariar esa vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri 

iste’molchilarga sotiladi.

X ilm a -x il  b o 'lish ig a   q aram asd an,  b o zo r  b aholari  erkin 

iqtisodiyotda  talab  va  taklifga  m uvofiq  ravishda  o 'm a tila d i. 

Hukumatning baholarni shakllantirish  tizimiga aralashuvi  (bunday 

deyilganda,  odatda,  tovarlarga baholarni shakllantirish jarayoni va

baholar  tizimi  tushuniladi),  jahon  amaliyotining  ko'rsatishicha, 

ko‘pchilik hollarda,  iqtisodiy vaziyatni  murakkablashtiradi.  Buning 

sababi  shundaki,  davlat  organlari,  odatda,  o'zlarining  biznesga 

ishtirok etishlari natijasida qo'shimcha xarajatlarni vujudga keltiradi.

Baholarni  aniqlashning  turli-tuman  konsepsiyalari  mavjud. 

Ularning asosiylari  quyidagilardan iborat:

•  sof qiymat asosida baholarni aniqlash (muallifi  G.S.Strumilin);

•  b ah olarn i  o 'r ta la sh tir ilg a n   q iy m a t  a so sid a   an iq la sh  

(D.D.Kondratov);

•  takror ishlab chiqarish  baholari  (V.S.N em chinov);

•  ob’ektiv asoslangan tarzda baholash  (L.S.Kantorovich);

•  oxirgi xarajatlarning  baholari  (S.S.Shatalin).

•  va boshqalar.

Bahoni hisoblash  (aniqlash)ning «o'rtacha xarajatlar va foyda» 

metodi  o'z  asosiga  ishlab  chiqarishning  o'rtacha  chiqimlari  va 

ustamasini  oladi.  Bunda  baho  ishlab  chiqarish  chiqim lari  va 

foydaning  yig'indisi  sifatida qaraladi.  Bu yerda  foydaning  qismlari 

esa  foydalanilayotgan  m ehnat  va  tabiiy  resurslarga,  kapitalga 

proporsional  ravishda  aniqlanadi.  Bu  metodga  ko'ra  mehnatning 

qiymati  bahoning  asosi  bo'lib  xizmat  qiladi.

Bunday yondoshuv erkin bozor tizimi  nuqtai-nazaridan o'zini 

oqlamaydi,  chunki  ko'p  XYuSlar o'z tovarlarini yuqori  bahoga ega 

bo'lishga intilib, xarajatlar va foyda bilan baholamasdan, balki xilma- 

xil  omillarni  hisobga  olgan  holda  baholaydi.  Xolbuki,  amaliyotda 

ana  shunday  bo'lishi  mumkin  ekan.  Har  holda buni  neoklassiklar 

tasdiqlaydi.  Ularning  qarashlaricha,  n e ’m atlami  ishlab  chiqarish 

va realizatsiya qilish  xarajatlari shu mahsulotni sotib olish  kerakligi 

yoki  yo'qligi  xususidagi  iste’m olchining  tegishli  qarori  bilan  hech 

qanday umumiy jihati yo'q.  Bu joyda uni haqiqatdan ham tashvishga 

soladigan narsa  iste’moldagi optimallilikdir. Agar u shu tovarni o'z 

ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli deb e’tirof etsa, baholarni 

qoplashga  mo'ljallangan  xarajatlarni  (bu  yerda  yana  shu  narsani 

ham  hisobga  olish  kerakki,  u  o'zining  ish  haqiga  bu  mahsulotdan 

tashqari  yana  boshqa  bir  qancha  mahsulotlami  ham  sotib  olishi 

kerak) asosli deb hisoblasa, u holda u shu mahsulot o'zida mujassam 

etgan foydalilikka  (naflilikka)  asoslangan holda qaror qabul qiladi.

Tovarda  m ujassam langan  foydalilikni  esa  hyech  qachon  shu 

m ahsulotni  ishlab  chiqarish  qiymatiga  tenglashtirib  boMmaydi. 

Shuning uchun ham baholarni shakllantirishning  ikkinchi  metodini 

«bozor nimani  ko'rsatsa»,  deb  xarakterlash  qabul  qilingan.

Bahoni  zararsizlik  va  maqsadli  foydani  ta’minlash  asosida 

hisoblash  m etodi  ham  m a’lum.  Uning  asosida  zararsizlik  grafigi 

yoki kutilayotgan foydani  ta’minlashning tijoriy biznes-rejalashtirish 

yotadi.  Boshqa  hollarda  baho  chiqariladigan  tovarning  unikalligi 

(antiqaligi) asosida o ‘rnatiladi.  Bu yerda baho o ‘rnatilayotgan  paytda 

nafaqat  ishlab  chiqarish  chiqimlari,  balki  tovarning  sotib  oluvchi 

uchun  qadr-qimmati  ham  inobatga olinadi.

K o'pchilik  hollarda  baholar  preyskurant  baholar  asosida 

aniqlanadi.  Bunday metodni amalga oshirish jarayonida savdolashish 

imkoniyati mavjud bo'ladi. Individual sotib oluvchilar uchun buning 

ahamiyati kamroq boMsa-da,  ulguiji sotib oluvchilar uchun bu narsa 

katta  ahamiyatga  ega  bo'lib,  baholam ing  um um iy  darajasiga  o'z 

ta’sirini,  albatta,  ko'rsatadi.

B a h o n i  a n iq la sh n in g   raqobat  sa v d o lari  orq a li  m eto d i 

XYuSlarning pudrat uchun kurashuvi sharoitida qo'llaniladi.  Bunda 

XYuS raqobatchilaming kutilayotgan baho takliflarini  hisobga oladi. 

U o'zining oldiga shartnomani qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan 

ekan,  boshqa  raqobatchilarga  nisbatan  pastroq  bo'lgan  bahoni 

so'raydi.

Bahoni o'rnatish jarayonida faqat iqtisodiy momentlarni emas, 

balki psixologik momentlarni  ham inobatga olmoq lozim.  Baholarni 

shakllantirish  borasidagi davlatning tartibga keltiruvchi  rolini,  daro­

madlardan  olinadigan  soliqlar va yana  ko'p  narsalami  ham  unut- 

maslik  kerak.  Shuningdek,  baholarni  shakllantirishning  tarmoq 

xususiyatlarini hisobga olish ham  muhim ahamiyat kasb etadi.  Qish­

loq xo'jaligida,  masalan,  baholaming,  m inimum deganda,  quyidagi 

uch yo'nalishi  rivojlanadi:

•  markazlashtirilgan  yo'nalish (mahsulotlar muhim turlarining 

cheklangan doirasiga  mo'ljallangan);

•  ulgurji-shartnomaviy yo'nalish  (ishlab chiqarishga mo'ljallan­

gan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va iste’m olchi XYuSlar o'rtasida);

•  ishlab  chiqaruvchilar  va  savdo  o'rtasidagi  yo'nalish  (xalq

iste’m oli  noiste’mol  tovarlari  va  kooperatsiyaga  tayyorlashlarga 

mo'ljallangan).

Yuqoridagilardan tashqari, boshqa barcha tovarlarga va shuning­

dek,  o ‘z  savdo  tarmog‘i  mahsulotlari  uchun  alohida  xo'jaliklar 

tomonidan bahoni mustaqil ravishda o'rnatish hollari ham mavjud.

Baholarni  shakllantirishda  xarajatli  yondashuv  m etodida 

XYuSning  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va realizatsiya  qilish haqiqiy 

xarajatlari  asosiy tayanch  nuqta  sifatida  qabul  qilinadi.  Baholarni 

shakllantirishning bu metodi  tarixiy jihatdan eng qadimgi  (eski) va 

eng ishonchli  hisoblanadi.  Uning asosida XYuS  mahsulotni  ishlab 

chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining  buxgalteriya hujjatlari 

bilan  tasdiqlangan  (isbot  qilingan)  xarajatlaridan  iborat  bo'lgan 

haqiqiy kategoriya yotadi.  M a’lum darajada bunday yondashuvning 

obro'si baholam i shakllantirishni barcha xarajatlarga  normal  daro­

madlami to'liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovariar o'rtasida 

to'g'ri taqsimlanishining XYuS uchun zarurligini nazarda tutuvchi 

iqtisodiy  nazariya  orqali  qo'llab-quwatlanishi  bilan  belgilanadi. 

Biroq  baholarni  shakllantirishning  xarajatli  m etodi  ba’zi  bir 

kamchiliklarga ega.  Xususan,  ko'p hollarda mahsulot birligiga to'g'ri 

keluvchi  xarajatlarning  salmog'ini,  bu  narsa  ushbu  yondashuvga 

ko'ra  bahoning  asosi  bo'lishiga  qaramasdan,  baho  o'rnatilganiga 

(aniqlanganiga,  belgilanganiga)  qadar  uni  aniqlashning  iloji  yo'q.

M ahsulotni  realizatsiya  qilishning  bozorni  tashkil  etishda 

bahoning darajasini  ishlab chiqarish ko'lami va sotish  hajmi aniqlab 

beradi.  Iqtisodiy nazariya va buxgalteriya hisobiga ko'ra,  mahsulot 

birligini  ishlab  chiqarishga  qilingan  xarajatlarning  salmog'i  ishlab 

chiqarish  miqyosiga  to'g'ridan-to'g'ri  bog'liq.  M ahsulotni  ishlab 

chiqarish hajmi ortsa,  bir buyumga to'g'ri keluvchi doimiy xarajatlar 

summasi va uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning umumiy 

miqdori  kamayadi.  Baholarni  shakllantirishga  yondashuvlarni 

taqqoslash  quyidagi  xulosani  chiqarishga  imkon  beradi:  savodli 

menejer,  bu sohadagi  uning qarori  haqiqiy xarajatlarni  qoplash va 

faoliyatning  tarkib  topgan  sharoitlarida  ko'zda  tutilgan  foydaning 

tegishli o'lcham ini olishning zarurligi bilan belgilangan bir paytda, 

baholami shakllantirishning passiv yo'liga turmasligi kerak.  Bu yerda 

passiv  baholarni  shakllantirish  deyilganda  baholarni  qat’iy tarzda

xarajatlar m etodi  asosida yoki  raqobatchilaming bahoviy qarorlari 

ta’siri ostida o ‘rnatilishi  nazarda tutilayapti.

Hozirgi  sharoitda  baholam i  shakllantirishdagi  eng  oqilona 

yondashuvlardan  biri  baholarni  faol  shakllantirish  hisoblanadi.  U  

realizatsiyani boshqarish siyosati doirasida eng foydali  (qulay)  ishlab 

chiqarish  hajmi,  ishlab  chiqarishning 

0

‘rtacha  xarajatlari  va 

operatsiyalar foydaliligining maqsadli  darajasiga erishish  maqsadida 

baholaming o ‘matilishini ko‘zda tutadi.  Baholarni boshqarish orqali 

realizatsiya  (sotish)ning  kerakli  hajmi  va  unga  mos  keladigan 

o ‘rtacha xarajatlarning miqdoriga erishiladiki, bu narsa oxir oqibatda, 

XYuSni operatsiyalar foydaliligining ko‘zda tutilgan  darajasiga olib 

chiqadi.

M uammoni hal etishga bunday yondashuv baholarni shakllan­

tirish  xarajatli  m etodining  «kasal» joyidan  —  «kuchsiz»  bozorlarda 

(kon’yunkturasi  yom onlashib  borayotgan  bozorlarda) juda  yuqori 

baholarni yoki  «kuchli»  bozorlarda  (talab o'sib borayotgan  bozor­

larda) juda past baholarni o ‘rnatishdan  — qochishga imkon beradi.

Baholam i  shakllantirishning  xarajatli  metodidan  voz  kechish 

oson  ish emas.  Chunki bu narsa XYuSlarning menejerlaridan yangi 

mahsulotni  ishlab  chiqarishga  investitsiyalar  boshlangunga  qadar 

baho  b o ‘yicha  ulam ing  pozitsiyalarini  aniqlashni  taqoza  etadi. 

B uning  uchun  yangi  buyum lam i  yaratish  algoritm ini  to 'liq  

o ‘zgartirish,  baholarni  shakllantirishning  qimmatli  yondashuviga 

o ‘tish  kerak.

Baholarni  qimmatli  shakllantirish 

b a h o la r n i  sh u n d a y  

o ‘matilishini taqoza etadiki,  unga ko'ra bu narsa XYuSning yuqori 

foyda  olishini  «baho/xarajatlar»  qulay  (foydali)  nisbatiga  erishish 

hisobidan  ta’m inlam og'i  kerak.  Buning  uchun,  eng  avvalo,  tovar 

uchun  sotib  oluvchi  qanday  bahoni  to'lashga  tayyor  ekanligini 

bilmoq lozim .  Albatta,  turli  holatlarning ta’siri  mavjud bo'lganligi 

uchun  uni  aniqlash ancha  murakkab  hisoblanadi.

Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to'lashga tayyor bo'lgan 

haqiqiy summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, 

bu  borada  firmalami  ta’m inlovchi  faoliyat  bilan  kasbiy shug'ulla- 

nuvchilar  alohida  ajralib  turadi.  Agar  o'zlari  xaridor  bo'layotgan 

tegish li  tovariar  baholarining  o'zgarib  turishi  m um kinligini

tushunsalar,  ular  faqat  kerakli  tovarning  haqiqiy  b a h o sin i 

yashiribgina qolmasdan, balki bu xususida ishlab chiqaruvchini ongli 

ravishda chalg'itish usullarini ham qidirib topishga harakat qiladilar. 

B unday  v a ziy a td a   ish lab   ch iq a ru v ch i  m a r k e to lo g la r in in g  

iste’molchilar  bilan  aloqalari  asosida  qurilgan  barcha  urinishlari 

«tadbirkor»  ta’minotchilar tom onidan ongli  ravishda «tashlangan» 

dezinformatsiya orqali yo'qqa  chiqarilishi  mumkin.

Shuning  uchun  ham  bunday  vaziyatda  XYuS  ta’m inotchisi 

mutaxassisining asosiy vazifasi sotib oluvchilar to'lashga tayyor bo'lgan 

bahoda katta  miqdordagi buyurtmalami  olmaslik bilan  belgilanadi. 

XYuS marketologi va ta’ minotchilarning o ‘ziga xos bo'lgan «san’ati» 

sotib  oluvchilardan  tovarning  haqiqiy  bahosini  o'zida  iloji  boricha 

ko'proq aks ettirishi mumkin boigan bahoda to'lashga ko'proq tayyor 

ekanliklariga erishish orqali ifodalanadi.  Bir vaqtning o'zida, firmaning 

yangi  mahsulotini  qanday  bahoda  sotib  olishga  tayyor  ekanliklari 

xususida  sotib  oluvchilarga  murojaat qilish  hato  hisoblanadi.  Sotib 

oluvchilar  bunday vaziyatda  yangi  tovarni  yetarli  darajada  baholay 

olmasligi va uning bahosini iloji boricha pasaytirishga harakat qilishlari 

tufayli ulaming yuqoridagi savolga javoblari hamma vaqt ham amaliy 

ahamiyatga  ega  boiavermaydi.  Hayotda  sotuvning  haqiqiy  bahosi 

marketing tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam hollardagina 

bir-biriga m os tushadi.

12.3. Xo'jalik yurituvchi sub’ekt marketing 

strategiyasining moliyaviy jihatlari

Agar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yoki  10 yilga 

mo'ljallangan  ilmiy  asoslangan  istiqboli  oldindan  oqilona  tarzda 

aniqlangan bo'lsa,  baho strategiyasini mustahkam egallash  mumkin. 

Aks holda faqat hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan  tovarlaming 

emas, balki ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning tarkibiy 

tuzilmasidagi ilg'or o'zgarishlar ta’siri ostida yaratilishi lozim b oigan  

yangi barcha buyumlar bahosining dinamikasini  ham  ko'proq yoki 

ozroq  aniqlikda  ko'rish  imkoniyati  murakkabligicha  qolaveradi. 

M aium ki,  iqtisodiy jihatdan yuqori sur’atlarda taraqqiy etgan mam-

lakatlarning  barchasida  erkin  baholar,  odatda,  davlat  tom onidan 

tartibga solinadigan  baholar bilan  oqilona qo'shib  olib boriladi.

XYuSlar marketing strategiyasining  moliyaviy jihatlari raqobat 

sharoitida bozordagi baho bozor iqtisodiyotining  asosiy bo'g'iniga 

bogMiq  boMmagan  omillar asosida  ustuvor  ravishda  shakllanishini 

va u uchun,  asosan, topshirilgan oMcham ekanligini nazarda tutadi. 

XYuSning  bozor  muhiti  bozor  tashqi  omillari  va  shart-sharoitlari 

hamda  nobozoriy  xo'jalik  aloqalar  majmuidan  iborat  bo'lib,  ular 

iqtisodiyot  asosiy  bo'g'ini  faoliyatining  samaradorligini,  uning 

maqsadli  strategiyasi  va  tadbirkorlik  muhitidagi  xatti-harakati 

taktikasining amalga oshirilishini  ko'zda  tutadi.

Baholarni  shakllantirish  masalalarini  hal  etish  uchun  raqobat 

muhitini tahlil qila borib,  XYuSning tegishli xizmatlari mahsulotlami 

yetkazib  berish  (ta’minlash)  va  ularni  realizatsiya  qilish  (sotish) 

baholarini  o'rganishi  (1),  soliqlar  va  boshqa  to'lovlarni  inobatga 

olgan  holda  XYuSning  ishlab  chiqarish  va  sotish  chiqimlari,  mol 

yetkazib berish  shartlari va  XYuSni  ishlab  chiqarish  om illari bilan 

ta’minlashga  baho  berishi  (2),  amalga  oshirilayotgan  tadbirlar va 

faoliyat yoppasining samaradorligini  o'lchab  ko'rishi  (3)  kerak.

Ana shu yuqoridagi uch  yo'nalishlar XYuS  faoliyat ko'rsatishi- 

ning  mikromuhitini xarakterlab,  u biroq XYuS faoliyatining um um iy 

sharoitlarini cheklamaydi.  XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini 

makromuhit  deb  e ’tirof etish  qabul  qilingan  bo'lib,  u  o 'z   ichiga 

quyidagilami qamrab oladi:

•  inflyasion omillar,  shu jumladan  inflyasion  kutilishlar;

•  ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o'zgarishlar (mehnat, shu 

sohadagi  nobarqarorlashtiruvchi  holatlar,  siyosiy  omillarni  ham 

qo'shib  hisoblaganda);

•  davlat  va  mahalliy  hokimiyat  organlarining  moliyaviy,  soliq 

va  pul-kredit siyosati);

•  baholarni  davlat  to m o n id a n   tartibga  so lis h   so h a sid a  

ko'riladigan  (qabul  qilinadigan)  choralar;

•  XYuSning bozorda faoliyat ko'rsatishini qonuniy ta’minlashga 

qaratilgan o'zgarishlar.

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling