A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y
Download 175.46 Kb.
|
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan
Vakuum o‘chirgichlar. Ma’lumki, vakuum oraliqning elektr mustahkamligi atmosfera bosimidagi havo oralig‘iga nisbatan bir necha marta katta. Bu xususiyatdan vakuum yoy so‘ndiruvchi kameralar KDV da (6.5–rasm) foydalaniladi. Kontaktlar bir–biridan ajraganda ularning kontakt yuzalari tez kamayadi, shuning uchun tegib turgan nuqtada undan o‘tayotgan tok hisobiga harorat keskin ko‘tarilib, erigan metalldan ko‘prikcha hosil bo‘ladi. Bu ko‘prikcha juda qisqa vaqt ichida qiziydi va bug‘lanadi. Metall bug‘lari muhitida yoy yonadi. Kuchli vakuum ostida zaryadlangan zarrachalar atrofdagi bo‘shliqqa tez diffuziyalanadi. Tok noldan o‘tishida yoy so‘nadi.
Taxminan 10 mks dan so‘ng kontaktlar orasidagi vakuumning mustahkamligi tiklanadi. Vakuum yoy so‘ndiruvchi kameralar KDV–12 va KDV–21 asosida yoy pechlarini kommutatsiyalash uchun RMVAK–10 320 yuklama o‘chirgichlari va 10 kV ga hamda 320 A ga mo‘ljallangan kondensator batareyalarini ulash va uzish uchun VNV–10 320 yuklama o‘chirgichlari yaratilgan. VNV–10/320 o‘chirgichi komplekt taqsimlash qurilmasining yacheykalarida qo‘llaniladi va u yuradigan aravachaga montaj qilinadi. Bunday o‘chirgich 2000 A li uzish tokiga mo‘ljallangan. Yoy so‘ndiruvchi kamerani ish toki o‘tadigan bosh kontaktlar bilan shuntlash, vakuum o‘chirgichlardagi nominal tokni ko‘paytirish imkonini beradi. Bu holda yoy so‘ndiruvchi kamera zanjirga faqat ulash va uzish operatsiyalaridagina ulanadi. So‘nggi yillarda moyli yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarni o‘rniga yangi elegazli o‘chirgichlarning avlodi egallamoqda. E’tiborli tomoni shundan iboratki, yoy so‘ndirish qurilmasining ishlashi avtogeneratsiya prinsipiga asoslanadi. Avtogeneratsiya prinsipi shundayki, yoy xosil bo‘lish jarayonida elegaz xajmidagi bosim qizish natijasida ortadi. Chegaralangan xajmda qo‘shimcha bosim xosil bo‘lib,bu esa elektr yoyini puflashga ya’ni so‘ndirishga xizmat qiladi.Bu jarayon o‘chirgich yuritmasining kompressorli moslamasini soddalashtirishga,qaysiki butun energiyani yoyni so‘ndirishga sarflashini kamaytiradi Y uqori kuchlanish ajratgichlarning ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari. Ajratkich xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uzilgan holatda kontaktlari orasida izolyatsiya oralig‘iga ega bo‘ladi. Ta’mir ishlari paytida ta’mir uchun chiqarilgan jihozning tok o‘tkazuvchisi va kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlar orasidagi ajratgich tomonidan ko‘rinadigan uzilish hosil qilinadi. Ajratkichlar yordamida yuklama toklarini uzish mumkin emas, chunki ajratkichlarning kontaktli tizimi yoy so‘ndiruvchi qurilmaga ega emas, shuning uchun yuklama toklarini noto‘g‘ri uzish hollarida turg‘un yoy hosil bo‘lib, bu hol fazalararo q.t. ga va ishlayotgan shaxsning baxtsiz hodisaga uchrashiga olib kelishi mumkin. Ajratkichni ishlatishdan oldin zanjir o‘chirgich yordamida uzilgan bo‘lishi kerak. Biroq elektr tizilmalarning sxemalarini soddalashtirish uchun quyidagi operatsiyalarni bajarishda ajratkichlarni ishlatish ruxsat etiladi. elektr tarmog‘ida yerga tutashish bo‘lmasa, transformatorlarning neytrali va yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarini uzish va ulash; shinalarning zaryad tokini va hamma kuchlanishlardagi asbob–uskunalarni (kondensatorlarning batareyalaridan tashqari) uzish va ulash; 10 kV va undan kichik kuchlanishdagi 15A gacha bo‘lgan yuklama tokini ochiq joyga o‘rnatilgan uch qutbli ajratkich bilan uzish va ulash; agar ajratkich past Omli parallel zanjir (shina ulagich yoki aylanib o‘tuvchi o‘chirgich bilan ishonchli shuntlangan bo‘lsa, u bilan operatsiyalarni bajarishga ruxsat etiladi); Ajratkichlar elektr tizilmalarning sxemalarida muhim rol o‘ynaydi, ularning ishonchli ishlashiga qarab butun elektr tizilma ham ishonchli ishlaydi, shu sababli ularga quyidagi talablar qo‘yiladi: havoda ko‘rinadigan uzilish hosil qilishi, bu holning elektr mustahkamligi maksimal impuls kuchlanishiga mos kelishi kerak; q.t. toklari oqib o‘tganida elektrodinamik va termik turg‘un bo‘lishi; o‘z–o‘zidan uzilib (o‘chib) qolmasligi; eng noqulay ish sharoitlarida (yaxlash, qor, shamol va shu kabilar) aniq uzish va ulash imkonini berishi lozim. Binoning ichiga va tashqarisiga o‘rnatiladigan ajratgichlar. Ajratgichlarning yuritmalari. Ichki tizilmalar uchun bir qutbli (RVO) yoki uch qutbli (RV, RVK, RVRZ va shu kabi) ajratkichlar qo‘llaniladi. Uch qutbli ajratkichlar umumiy ramada yoki har bir qutb uchun alohida ramada (14.1–rasm) tayyorlanishi mumkin. Har bir qutb ajratkichning yuritmasi bilan ulangan umumiy val orqali birlashtiriladi. 1000 A gacha bo‘lgan toklarga ajratkichning pichog‘i ikkita mis tasmadan, katta toklar uchun pichoq uch–to‘rt tasmadan tayyorlanadi. Shina konstruksiyalaridagi kabi, katta toklarda materialdan yaxshi foydalanish uchun, qo‘zg‘almas kontaktlar qutisimon kesimda, ajratkich pichog‘i esa – tog‘ora shaklda tayyorlanishi kerak. Kesuvchi tipdagi ajratkichlarda pichoq qo‘zg‘almas kontaktlardan birining atrofida aylanadi, pichoqqa harakat chinni tortqi orqali valdan uzatiladi. Kontaktlardagi kerakli bosim prujinalar orqali hosil qilinadi. NAZORAT SAVOLLARI: 1.Ajratkichning pichoqlari orasidagi X qarshilikning axamiyati qanday? 2. Ajratkichni asosiy vazifasini ayting? 3. Ajratkichlarni asosiy kamchiliklari nimalardan iborat? 4. Nima uchun ajratkichlar yuklama toklariga tekshirilmaydi? 5. Yuqori kuchlanishli apparatlarida elektrodinamik mustahkamlik talabini qanday izohlaysiz? Download 175.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling