A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5. Poiatlarga kimyoviy-termik ishlov berish
4.4. Bo‘shatish
Bo‘shatishdan maqsad toblash natijasida buyumda hosil boigan ichki kuchlanishlami kamaytirish, plastik xossalarini oshirishdir. Bo‘shatish toblashdan keyin bajarilishi shart b o igan jarayondir. Bo‘shatish uchun buyum PSK kritik nuqtadan past haroratgacha qizdiriladi. B o‘shatish uch xil boiadi: •p ast haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 160-250°C haroratda qizdiriladi, m aiu m vaqt tutib turilgandan keyin havoda sovitiladi. Hosil b oigan struktura bo'shatilgan martensit deyiladi. Toblash natijasida hosil bo igan qattiqlik deyarli o ‘zgarmaydi. Mustahkamlik va qovushoqlik sezilarli darajada ortadi. Toblangan poiatdagi ichki kuchlanishlar kamayadi. Ko‘pincha kam legirlangan, yuzasi toblangan va kimyoviy-termik ishlangan p o ia tlar ana shunday bo‘shatiladi; • o ‘rtacha haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 350-450°C haroratda qizdiriladi, m aium vaqt tutib turilgandan keyin havoda sovitiladi. Hosil bo igan struktura bo'shatilgan trostit deyiladi. 0 ‘rtacha haroratda bo‘shatish ko£p hollarda prujina, ressor, shtamp kabi buyumlami termik ishlash uchun qoilaniladi. Toblangan buyumning qattiqligi 35 HRC gacha kamayadi. Plastik xossalari ortadi; •yuqori haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 550-650°C haroratgacha qizdirilib, m aium vaqt tutib turilgandan keyin havoda sovitiladi. Hosil b oigan struktura b o ‘shatilgan sorb it deyiladi. Bun day termik ishlov, legirlangan uglerodli p o ia tlar uchun qoilaniladi. 4.5. Poiatlarga kimyoviy-termik ishlov berish P oiatning yuzasini harorat ta’sirida turli kimyoviy elementlar bilan to ‘yintirish kimyoviy-termik ishlov berish deyiladi. Bu jara- yonda yuzadagi miqdor o ‘zgarishlari sifat o'zgarishlariga olib keladi. Yuza qatlamining kimyoviy tarkibi o'zgarishi poiatning qattiqligi ortishiga, ishqalanib yeyilishga va zang ta’sirida yemirilishga qarshiligi oshishiga hamda toliqishga chidamliligi ko‘payishiga olib keladi. Kimyoviy-termik ishlash poiatning tarkibi, strukturasi va xossalarini o ‘zgartirish maqsadida uning sirtqi qatlamiga kimyoviy va 56 termik ta’sir etish protsessidir. Kimyoviy-termik ishlash natijasida po‘Iat sirtining qattiqligi, yeyilishga chidamliligi, korroziyabar- doshligi, kislotabardoshligi kabi xossalari ortadi. Po‘lat detallarining uzoq muddat ishlashini oshirish uchun mustahkamlash eng samarali usullardan boiganligi sababli kimyoviy-termik ishlash mashinasoz- likda keng tarqalgan. 0 ‘lchamlari va shakli turlicha bo igan detallarga kimyoviy-termik ishlov berib, bir xil qalinlikda ishlov berilgan qatlam olish mumkin. Kimyoviy-termik ishlashda sirtqi qatlamning kimyoviy tarkibi o ‘zgarishi tufayli detal sirti bilan o‘zagining xossalarida farq boiadi. Ish unumining pastligi kimyoviy-termik ishlashning asosiy kamchiligidir. Detallaming uzoq vaqt ishlashini ta’minlash uchun sanoatda keng qoilaniladigan va eng samarali usullardan biri ularga kimyoviy- termik ishlov berish, ya’ni metall sirtida bir vaqtning o‘zida ham kimyoviy ham termik ta’sir qilishdir. Kimyoviy-termik ishlov berish orqali quyidagilarga erishiladi: a) metall va qotishmalaming sirtlari puxtalanish bilan sirt qattiq ligi, yeyilishga chidamlilik, toliqishga mustahkamlik, issiqbardoshlik va boshqa shu kabi xossalaming oshishi; b) metall va qotishmalaming normal va yuqori haroratlarda tashqi tajaw uzkor muhitlar ta ’siriga qarshi turg‘unligining oshishi. Bunda ishlov berilgan detallaming korroziyaga bardoshliligi, gravitatsion korroziya, kislotaga turg‘unligi, kuyishga chidamliligi va shu kabi xossalari oshadi. Metall va qotishmalarga kimyoviy-termik ishlov berish ulami yuqori haroratlarga qizdirib faollashgan gazli, suyuq yoki qattiq muhitlarda ushlab turish va buning natijasida metall va qotishmalaming sirt qatlamlari kimyoviy tarkibini, strukturasi va xossalarini yaxshilashdir. Termik ishlov berishdan kimyoviy-termik ishlov berishning farqi shundaki, bu ishlov berish turida metall va qotishmalaming faqat strukturaviy o ‘zgarishlari ro‘y bermasdan, balki sirt qatlamlaming kimyoviy tarkibi ham o ‘zgaradi. Ba’zi bir kimyoviy-termik ishlov berish usullaridan keyin metall va qotishmalaming o ‘zaklari vaqt qatlamlari xossalarini yaxshilash uchun termik ishlov berish qoilaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, kimyoviy- termik ishlov berish usullarini tanlash orqali ulaming xossalarini eng ko‘p oraliqlarda o‘zgartirish imkoniyatlari mavjud. Ba’zi hollarda 57 termik ishlov berish va kimyoviy-termik ishlov berish usullari birgalikda olib boriladi. Ko‘p vaqtlar poiatlarga faqat kimyoviy-termik ishlov berish usuli qo‘llanilgan. Bunda sanoatda asosan sementatsiyalash, nitrotsemen- tatsiyalash, sianlash va azotlash jarayonlari keng koiam da qo‘llanilgan. Kam hollarda aluminiylash, xromlash, sulfatsiyalash kabi ishlov berishlar ham qo‘llanilgan. Oxirgi yillarda kimyoviy-termik ishlov berish usullari poiatlardan tashqari titan, molibden, niobiy, tantal, sirkoniy, kobalt, mis va bu metallar asosida olingan turli xildagi qotishmalar ham ishlov berish uchun qoilanilmoqda. Ishlab chiqarishda qoilaniladigan kimyoviy-termik ishlov berish usullari metall va qotishmalaming sirt qatlamlarini u yoki bu element bilan yoki elementlar kompleksi bilan boyitishga asoslangan. Juda kam hollarda ba’zi bir turdagi qotishmalaming tarkibidagi legirlovchi elementlami kamaytirishga asoslangan kimyoviy-termik ishlov berish usullari qoilaniladi. Bunda ham qotishmalar sirtida ba’zi bir elementlar miqdori kamaytirilsa, ulaming qattiqligi, korroziyabar- doshliligi va boshqa xossalari oshadi. Biz quyida faqat metall va qotishmalaming sirtlarini boshqa elementlar bilan boyitishga asoslangan kimyoviy-termik ishlov berish usullarini ko‘rib chiqamiz. Sirtlami elementlar bilan boyitishga asoslangan kimyoviy-termik ishlov berish ko‘p hollarda quyidagi uchta bir vaqtda ketuvchi elementlar jarayonlami o‘z ichigaoladi: 1) Tashqi muhitda diffuziyalanuvchi atomning faollashgan holatini hosil qilish. 2) Diffuziyalanuvchi element faol atomning metall sirti bilan tutashuvi, atomlar absorbsiyasi va bu atomlar bir qismining metall atomlari bilan kimyoviy bogianishida b o iib yutilishi(absorbsiyasi). 3) Absorbsiyalangan atomlaming metall chuqurligi bo‘yicha harakati, ya’ni diffuziya hodisasi. Kimyoviy-termik ishlov berishdan keyin metall va qotishmalar sirtida hosil boiadigan diffuzion qatlam tarkibi, tuzilishi va fizik- kimyoviy xossalari asosan boyituvchi muhitning tarkibiga hamda harorat va jarayon davomiyligi kabilarga bogiiq. 58 Boyituvchi muhit sirtida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar olinadi. Qattiq moddalaming metall sirti bilan o ‘zaro ta’siri ulaming o ‘zaro tutashuv joylarida sodir bo‘ladi. Metall sirtining qolgan uchastkalarida esa diffuziya jarayoni muhit tarkibidagi boyituvchi elementning harorat ta’sirida bogianishidan sodir boiadi. Qattiq muhitlaming faolligi unchalik yuqori boim aganligi uchun qattiq komponentlar bilan to‘yinishini jadallashtirish maqsadida uning tarkibiga tezlashtirgich moddalar (NH3CI, NH4J, NHtBr, HC1, Cl2, B aC 03 ) qo‘shiladi. Bular ta’sirida faol gazli muhit hosil b o ia d i va qattiq komponentlar bilan to ‘yinish gazli fazadan to'yinish turiga o‘tadi. Suyuq muhitlarda ishlov berishda to‘yinish gaz yoki atom holatidagi elementlaming singishi natijasida yuzaga keladi. Atom holatidagi element eritmaning o‘zida sodir boiadigan reaksiyalar yoki elektroliz natijasida ajralib chiqadi. Kimyoviy-termik ishlov berish uchun eng yaxshi muhit gazli muhit hisoblanadi. Gazli muhitda to ‘yinish to‘g‘ridan-to‘g‘ri oddiy holatlarda quyidagi ko‘rinishdagi reaksiyalar ko‘rinishlarida sodir boiadi: 1) Almashuv ko‘rinishida CrCl2+Fe=FeCl2+C2; BaCl2+Fe=FeCl2+Ba. 2) Tiklanish ko‘rinishida BaCl2+H2=2HCI+Ba; B203+6Na=3Na20 +2B. 3) Termik parchalanish ko‘rinishida: a) dissotsiatsiya: 2 NH3=2H+6H=H2+3H2; CH4=C+4H=C+2H2; b) disproporsiyalanish: 2C 0=C +C 02; 3A1C1=ALC13=ALC13+2A1; 2TiCl2=2TiCl3+Ti. Kimyoviy-termik ishlov berish vakuumda yoki yuqori harorat- larda vodorod muhitida element bugiari hosil b o iish i va bug‘ning tarkibidagi elementar atomlaming asosiy metall sirtiga diffuziyasi orqali ham kuzatiladi. M a’lum haroratlarda, bosimda hamda ishlov berilayotganda me tall tarkibiga b o g iiq ravishda gazli fazadan elementlaming absorb- siyasi boyituvchi muhitda almashinuv reaksiyasida, tiklanishda yoki termik parchalanishda ishtirok etuvchi atomlar konsentratsiyasiga to ‘g‘ri proporsionaldir. 59 Muhitning absorbsion qobiliyatiga jarayon harorati kuchli ta’sir qiladi: harorat qancha yuqori b o isa, metallni qurshovchi muhitdagi atomlar harakatchanligi oshadi va metall sirtiga gazli muhitdan shunchalik ko‘p element atomlari absorbsiyalanadi. Gazli muhitning absorbsiya tezligiga ta’siri ham muhitdagi faol elementlar konsentratsiyasi ta’siri kabi b o iish i lozim, chunki bosim oshishi bilan faol gaz tarkibidagi birlik hajmiga to‘g‘ri keluvchi molekulalar soni oshadi. Lekin bosimning absorbsiyaga ta’siri haqida to ‘xtalganda bosim o ‘zgarishi bilan gazli muhitda reaksiya tavsifini hisobga olish zarur. Chunki boyituvchi muhit bosimi oshishi bilan gazli muhitning absorbsion qobiliyati u yoki bu tomonga o ‘zgarishi mumkin. Ishlov berilayotgan metall (qotishma), ishlov berish maqsadi, sirtni boyitish uchun qoilanilayotgan element tavsiflariga bog‘liq ravishda kimyoviy-termik ishlov berish jarayonini harorati va davomiyligi juda keng oraliqlarda o‘zgaradi. Po‘latdan yasalgan mashina detallarining yuza qatlami tarkibini o ‘zgartirish jarayoni uch bosqichdan iborat: •birinchi bosqichda singdiriladigan (diffuziyalantiriladigan) element atomlari faollashtiriladi. Bunda asosan harorat hal qiluvchi omil hisoblanadi. Faollikni oshiruvchi elementlar qoilanilishi ham mumkin; •ikkinchi bosqichda singadigan (diffuziyalanadigan) element atomlari yuzaga molekular yaqinlashtiriladi. Bunday hoi modifikat- siyaiovchi elementning yuzaga adsorblanishi deyiladi; •uchinchi bosqichda atomlar yuzaga singadi. Keyin faol atomlar metallning ichki qatlamlariga singiy boshlaydi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling