A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2. Rezina materiallari. Kauchuk va ularning xossalari. Yelim materiallar. Lok va bo‘yoq materiallar Rezina materiallar.
Yuzalarga beriladigau qoplamlar. Polimerlar metall, yog‘och,
qog‘oz, plastmassalarni korroziya va eroziyadan himoya qilish, ularni bezash maqsadida ulaming yuzalariga qoplash uchun keng ko‘lamda ishlatiladi. Qoplamlar erituvchi bug‘lanib ketganda qotuvchi (quruvchi) va polimerlanib yoki oksidlanib havoda parda hosil qiluv- chi qoplamlarga boiinadi. Termoplast qoplamlar qizdirib purkash yo‘li bilan ham hosil qilinadi, bunda pasta yoki kukun holidagi plastik havo bosimi ostida havo-atsetilen alangasi orqali purkaladi. Bunda plastikning yumshagan zarralari himoyalanishi lozim b oigan yuzaga tushadi va bu yuzani yaxlit tekis qatlam tarzida qoplaydi. 6.2. Rezina materiallari. Kauchuk va ularning xossalari. Yelim materiallar. Lok va bo‘yoq materiallar Rezina materiallar. M aium ki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tasaw ur etib boim aydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiped shinalari, o‘tkazgichlarining izolatsiyalari, g‘ovvoslaming kiyimlari, aerostat ballonlari, shlanglar, dam berib shishiradigan qayiqlar, protivogazlar, shuningdek, ko‘pgina xalq xo‘jaligi mashina- mexanizmlari, qurilmalar va muhandislik konstruksiyalarida rezina juda keng ishlatiladi. Rezina materiallar, asosan, kauchukni turli toidiruvchilar, plas tifikatorlar, vulkanizatsiyalovchi agentlar, tezlashtimvchilar, aktiva- torlar va boshqalar qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega b o ig a n konstruksion materialdir. Bulardan eng muhimi uning yuqori darajada elastikligi, ya’ni katta ( 1 0 0 % gacha) deformatsiyadan ham dastlabki holatiga qayta olishidir. Rezina olish uchun asosiy material kauchukdir, ya’ni rezinadagi aralashmaning 10 - 98 % ni kauchuklar tashkil qiladi. Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar b o iib , oddiy haroratda yuqori plastiklik xossasiga ega. Tabiiy polimer-kauchuk, hindcha «kaochu» so‘zidan olingan b o iib , «daraxtning ko‘z yoshi» degan m a’noni anglatadi. Darhaqiqat kauchuk daraxtini kesganda undan suyuqlik (ko‘z yoshi) ajralib chiqadi. Shuning uchun hindlar juda qadimdan oq yog‘och smolasi (kauchuk) dan foydalanib kelganlar. Shunday qilib, tabiiy kauchuk 102 ( l'K) kauchukli o ‘simliklar (daraxtlar) dan olinadi. U efir, benzin, mineral moylarida yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90°C gacha qizdirilganda yumshab juda yopishqoq bo‘lib qoladi, 0°C dan past haroratda esa qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi. TK juda qimmatbaho material. Texnikaning jadal taraqqiyoti tufayli faqat TK dan foydalanil- masdan, balki sintetik kauchuklar (SK) hosil qilinib, ulardan keng foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda tegishli sanoat korxonalarida juda rang-barang sintetik kauchuk va shunga o ‘xshash konstruksion materiallar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirti, atsetilen, butan, etilen, benzol, izobutilen, ba’zi galogenli uglevodorodlar va boshqalar sintetik kauchuk hosil qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiiy kauchuklaming sintetik kauchuklarga nisbatan mustahkamligi yuqoridir, lekin TK laming sovuqqa va turli eritmalar ta’siriga bardosh berish xususiyatlari SK ga nisbatan ancha past. Rezinalar vazifasi yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy ishlarga moijallangan rezinalar suvda, kislota va ishqorlaming kuchsiz eritmalarida, havoda (50°C dan 130°C gacha) haroratda va boshqa muhitlarda ishlatilishi mumkin. Shunday rezinadan mashina shinalari, turli tasmalar, shlanglar, transportyor tasmalari, kabellaming izolatsiyalari (qoplamalari) va boshqa turli buyumlar ishlab chiqariladi. Maxsus vazifalarga moijallangan rezinalar, o ‘z navbatida, moy- benzinga, issiq va sovuqqa chidamli, elektr o ‘tkazmaydigan; gazlar va suyuqliklarga chidamli turlarga boiinadi. Bundan tashqari, maxsus rezina turiga armaturali rezinalar ham kiradi (presslash va vulkanizatsiyalash jarayonida metall turlar, qistirmalar rezina aralashmasi orasiga qo‘yilib uning mustahkamligi va egiluvchanligi oshiriladi). Bunday rezinalardan avtomobil shinalari, yuritma tasmalari, transportyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling