A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Shpatlyovkalar. Juda maydalangan mineral kukunlar (bo‘r, gips, 
ohak) ni turli moy, yelim, lok va boshqa bogiovchi moddalar bilan 
aralashtirib, 
ko‘rinishidagi 
quyuq 
modda-shpatlyovkalar 
hosil 
qilinadi.
Shpatlyovka detal (buyum) sirtidagi turli yoriqlami, teshik- 
kovaklami, tirqishlami toidirib, sirtning tekis boiishini ta’minlash 
maqsadida ishlatiladi. Shunga ko‘ra, shpatlyovka quyuq va suyuq 
holatda tayyorlanadi. Shpatlyovka bir yoki bir necha bor maxsus 
kurakcha-shpatel bilan surtiladi. Shpatlyovkani bevosita ishlatish 
oldidan tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
109


Shpatlyovkalar tarkibidagi qo‘shiluvchi moddalaming miqdoriga 
(dozasiga) qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, yelimli 
shpatlyovkaning tarkibida 3 % duradgorlik yelimi, 65 % bo‘r va 
pigment, 30 % suv bo‘ladi. U tez qotadi. Uning yumshoq va yopish- 
qoq bo‘lishini ta ’minlash uchun tarkibiga 
2
% alifmoy qo‘shiladi.
Moyli shpatlyovkaning tarkibida 70 % bo‘r va pigment, 30 % lok 
bo‘lib, yelimli shpatlyovkaga qaraganda mustahkam bo‘ladi, lekin 
sekin quriydi.
Agar yuzalami juda uzoq muddatga muhofaza qilish talab qilinsa, 
u holda, yuzalami ko‘p qatlamli qoplamalar bilan, ya’ni gruntovka, 
shpatlyovka, emal, lok qatlamlari bilan qoplash maqsadga muvofiqdir.
Lekin yuzalardagi shpatlyovka qatlamining umumiy qalinligi 2 
mm dan oshmasligi kerak.
110


7. KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI
7.1. Cho‘yan ishlab chiqarish
M aium ki, tabiatda deyarli hamma metallar va ulaming qotish­
malari tog‘ jinslari tarkibida turli xil murakkab birikmalar ko‘rinishida 
uchraydi. Cho‘yan va p o ia t ishlab chiqaradigan hozirgi zamon 
metallurgiya korxonasi turli korxonalaming murakkab kompleksidan 
iborat.
1. Ruda, toshko‘mir, flyus, o ‘tga chidamli materiallar qazib 
olinadigan shaxta va karerlar.
2. Bekorchi jinslami chiqarib tashlab ruda tozalanadigan va 
suyuqlantirishga tayyorlanadigan hamda rudaga nisbatan tarkibida 
temir ko‘p b oigan mahsulot — konsentrat olinadigan mda boyitish 
kombinati.
3. Koks-kimyo sexlari va zavodlari. U yerda kokslanadigan 
ko‘mirlar tayyorlanadi, koks pechlarida ular kokslanadi (havo 
kiritmasdan taxminan 1000 °C temperaturada quruq haydaladi) hamda 
ulardan y o i-y o iak ay benzol, fenol, toshko‘mir smolasi kabi qimmatli 
kimyo mahsulotlari ajratib olinadi.
4. Energetika sexlari. U yerda elektr energiyasi olinadi va 
uzatiladi, domna protsesslarida havo puflash uchun zarur boigan 
siqilgan havo olinadi, cho‘yan va p o ia t eritish uchun kislorod olinadi, 
shuningdek, metallurgiya korxonalarida chiqadigan gazlari tozalanadi 
(tabiatni saqlash va havo basseynini toza saqlash maqsadida).
5. Cho‘yan va ferroqotishmalami eritish domna sexlari.
6
. Turli ferroqotishmalar ishlab chiqariladigan zavodlar.
7. P o ia t ishlab chiqarish uchun moijallangan konverter, marten, 
elektr-poiat suyultirish sexlari.
8
. Prokat sexlari. U yerda qizdirilgan p o ia t quymalardan 
tayyorlamalar (blyumlar va slyablar), keyinchalik sort prokat, trubalar, 
list, sim va boshqalar uchun qayta ishlanadi.
Hozirgi zamon p o ia t ishlab chiqarishi ikki bosqichli sxemaga 
asoslangan, unda domna pechlarida cho‘yan eritiladi hamda 
keyinchalik undan turli usullar bilan p o ia t olinadi. Domna pechlarida
111


eritish protsessida ruda tarkibidagi temir oksidlaridan temir tanlama 
qaytariladi. Shu bilan birga rudadan fosfor hamda uncha ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda marganes va kremniy ham qaytarib olinadi
temir uglerod va qisman yoqilg‘idagi (koks) oltingugurt bilan 
to‘yinadi. Shunday qilib, rudadan tarkibida 2,14% dan ko‘p uglerod, 
kremniy, marganes, oltingugurt va fosfor bo‘lgan temir qotishmasi 
olinadi.
Metallurgiya korxonalarida mazkur birikmalardan quyidagi asosiy 
usullar yordamida metall va uning qotishmalari ajratib olinadi:

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling