A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emal bo‘yoqlar
- Gruntovkalar
6.2.2. Lok va bo‘yoq materiallar
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan lok va bo‘yoq materiallar asosan suyuq, xamir (pasta) va kukun ко‘rinishlarida boMishi mumkin. Har qanday lok yoki bo‘yoq materiallar bilan turli sirtlami qoplaganda yupqa parda yoki qatlam hosil boMadi. Hosil boMadigan bunday qatlam tegishli buyum (detal) materialini korroziyadan (metall va qotishmalarga xos), egilish (bukilish) va namlanishdan (yog‘och va plastmassalarga xos) saqlaydi yoki ularga tashqi chiroy, estetik ko‘rkamlik baxsh etadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda detallami (buyumlarni) lok-bo‘yoq materiallar bilan qoplash yoki muhofaza qilish sanoat miqyosida keng qoMlanilmoqda. Lekin shuni ham ta’kidlab o ‘tmoq lozimki, lok- bo‘yoq materiallar bilan qoplangan detallar (buyumlar) ning ko‘rinishini va xususiyatlarini (uzoq vaqt) yo‘qotmasligi ko‘pgina omillarga bogMiq boMadi. Masalan, lok-bo‘yoqlami to ‘g‘ri tanlash, tegishli qoidaga rioya qilingan holda qoplash, ulami yopishqoqlik (adgeziya) kuchining qiymatini, lok-bo‘yoq materiallar bilan qopla- nadigan detal (buyum) materiallarining termik kengayish koeffitsiyentini, buyumdan foydalanish sharoitini (muhit, harorat va b.) hisobga olgan holda ishlatish orqali xizmat muddatini uzaytirish mumkin. Lok va bo‘yoqlar tarkibiga ko‘ra, loklar, emallar, gruntovkalar va shpatlyovkalarga boMinadi. 108 Loklar organik eritmalarga (spirt, efir, skipidarga), asosan, smola va smolaga o ‘xshash mahsulotlami qo‘shish orqali tayyorlanadigan parda hosil qiluvchi materiallar. Loklar turli buyumlar (detallar) ga qoplash orqali ulami turli ta’sirlardan muofaza qilish va ko‘rinishini ko‘rkam qilish, turli materiallami elektr o ‘tkazmaydigan qilish hamda emal bo‘yoqlar tayyorlash uchun xalq xo‘jaligining turli sanoat tarmoqlarida keng ishlatiladi. Loklaming asosan tabiiy (moyli) va sun’iy (xlorvinilli, bakelitli va b.) turlari boiadi. Emal bo‘yoqlar asosan turli pigmentlami loklarga qo‘shish orqali hosil qilinadi Emallar, emal bo‘yoqlar, nitroemallar (nitrot- sellulozali bo‘yoqlar), smolali, moyli va boshqa turdagi bo‘yoqlarga bo‘linadi. Bulaming ichida nitroemal juda tez quriydi. Shuning uchun nitroemallar va introloklaming 507, 508, 907, 230 markalaridan yuk avtomobillarining, kabinalari, kapotlarini bo‘yash uchun ishlatiladi, 660 markali qora rangdagisidan esa ramalar va transmissiyalami bo‘yashda foydalaniladi. Nitroemal yengil mashinalami bo‘yash uchun ishlatilali. Lekin tarkibi asosan sintetik smolalardan iborat boigan loklardan hosil qilinadigan tegishli detal yoki buyumning qoplovchi pardasi kimyoviy va termik chidamliligi jihatidan ancha yuqori boiadi. Gruntovkalar loklarga 50-70 % turli pigmentlar (xrom kislotaning tuzi, qo‘rg‘oshinli surik va b.) qo‘shib tayyorlanadi. Ular turli metallami korroziyadan, yog‘ochlami chirishdan muhofaza qilish uchun moijallangan. Gmntovkalarning, asosan yelimli, moyli va nitrotsellulozali turlari boiadi. Buyum (detal) ni shpatlyovkalashdan oldin gruntovkalanadi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling