A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

puflash uchun havodan foydalanish, suyuqlantirilgan metallar 
haroratini oshirishga imkon yaratdi. Natijada metallar zararli 
qo‘shimchalardan tozalanib, ulaming sifati yaxshilandi.
1856-yilda G. Bessmer, 1878-yilda S.Tomas va 1864-yilda 
P.Marten po‘lat olishning yangi usullarini yaratishdi. 1856-yilning 12- 
fevralida ingliz ixtirochisi Genri Bessmer suyuqlantirilgan cho‘yanni 
havo bilan dam berib tozalagani uchun patent oldi. «Men shuni ixtiro 
qildimki, deb yozgan edi Bessmer, agar metallga yetarli miqdorda 
atmosfera havosi yoki kislorod kiritilsa, u suyuq metall zarracha- 
larining kuchli yonishiga sabab bo‘ladi, temperaturani saqlab turadi 
yoki uni shu darajagacha oshiradiki, bunda metall cho‘yan holatidan 
po‘lat holatiga yoki bolg‘alanuvchi temir holatiga o‘tish vaqtida 
yoqilg‘i ishlatilmasdan suyuq holida qoladi». Jahon metallurgiyasi 
rivojida juda katta hissa qo‘shgan, iste’dodli ingliz ixtirochisi nomini 
texnika tarixiga abadiy yozilishiga sabab bo‘lgan quyma po‘lat 
olishning bu yangi usuli hayotda shu tariqa o ‘ziga yo‘l ochgan edi.
6


Rus olimi P.P.Anosov metallaming xossalari ulaming kristall 
tuzilishiga bog‘liqligini aniqladi va birinchi bo‘lib, metallami ichki 
tuzilishini o ‘rganishda mikroskopdan foydalandi. Yuqori sifatli po‘lat 
olishda, ayniqsa P.PAnosovning xizmatlari katta.
Metal lshunoslik fanining rivojlanishida rus olimi D.K. Cher- 
novning fazalar o‘zgarishi haqidagi nazariyasi juda katta turtki boidi.
Temir 
uglerodli 
qotishmalami 
va termik 
ishlov 
berish 
protsesslarini o ‘rganish 1868-yilda e’lon qilingan D.K.Chemovning 
«Lavrov va Kalakutsiyning po‘lat va poiatdan ishlangan obzori 
hamda ushbu soha bo‘yicha D.K.Chemovning o ‘z tadqiqotlari» 
maqolasi bilan boshlanadi. D.K.Chemov birinchi bo‘lib po‘latda kritik 
nuqtalar borligini ko‘rsatdi va temir-sementit diagrammasi haqida 
dastlabki 
tushunchani 
berdi. 
Keyinchalik 
temir-uglerodli 
qotishmalami qurishga F.Osmond, Le-Shatele (Fransiya), R.Austen 
(Angliya), A.A.Baykov va N.T.Gudsov (Rossiya), Rozenbaum 
(Gollandiya), P.Gerens (Germaniya) va boshqalarninng ishlari 
bag‘ishlandi.
Nemis olimi Ledebuming metallar strukturasi tushunchasi, ingliz 
liziklari F. Laves hamda V. Yum-Rozeming yangi turdagi fazalami 
kashf etishi fan rivojida katta hissa bo‘ldi.
Ichki yonuv dvigatellari kashf etilishi mashinasozlik, avto- 
mobilsozlik, samolyotsozlik va raketasozlik sanoatlari rivojlanishida 
muhim asos boidi. Tabiiyki, sanoatning rivojlanishi yangi materiallar 
yaratish, ulaming xossalarini yaxshilash ustida tinmay izlanishlar olib 
borishni talab etdi. Natijada takomillashgan domna pechlari, p o ia t 
eritiladigan marten pechlari barpo etildi. Poiatlam i payvandlash 
mumkinligini N.N. Benardos va N.G. Slavyanovlar ilmiy nuqtayi 
nazardan isbotlab berdilar.
Rus olimi A.M. Butlerov tomonidan 1881-yilda yaratilgan 
jismlarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida quyi molekulali 
organik 
kimyoviy 
moddalardan 
polimerlar olish 
mumkinligi 
isbotlandi.
S.V. Lebedev 1909-yilda xossalari jihatidan tabiiy kauchukka 
yaqin materialni sun’iy ravishda oldi. Hozirgi vaqtda texnika rivojini 
sun’iy inateriallarsiz tasavvur qilish qiyin. 0 ‘tkazuvchanligi yuqori 
materiallar, yarimo‘tkazgichlar, sun’iy olmos hamda uglerod asosidagi 
boshqa materiallar kashf etildi.
7


Domna pechlarida sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish 
jarayonlari natijalarini hisobga olish mumkinligi, materiallar tuzilishi 
va texnologik jarayon haqidagi bilimlar yanada boyidi. Turli ferroqo- 
tishmalar olish, p o ia t olishning elektrometallurgiya usullaridan 
foydalanish p o ia t sifatini oshirdi va juda ko‘p legirlangan poiatlar 
olish imkoniyatini yaratdi.
Qotishmalar mustahkamligini oshirishning yangi usullari kashf 
etildi. Termik-mexanik, mexanik-termik va ikki marta qayta 
kristallash usulida termik ishlov berish kabi ilg‘or texnologik 
jarayonlar yaratildi. Korroziyabardosh, olovbardosh, maxsus magnit 
xossalarga ega boigan va m aiu m geometrik shakllami «esida» saqlab 
qoluvchi qotishmalar kashf etildi.



Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling