A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Metall va qotishmalaming xossalari
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
1.2. Metall va qotishmalaming xossalari
kengayish koeffitsiyenti xususiyatiga aytiladi. Issiqdan kengayuv- chanlik bilan xarakterlanadi, bu yerda j'ismning temperaturalardagi uzunligi. Hajmiy kengayish koeffitsiyenti 3 ga teng. Metallaming issiqdan kengayuvchanligi payvandlashda, bog‘lanishda hamda qizdirib hajmiy shtampkovkalashda, quyish qoliplari, shtamplar, prokat valiklari, kalibrlar tayyorlashda, aniq birikmalar hosil qilishda hamda priborlami yig‘ishda, ko‘prik fermalar qurishda, temir yo‘l relslami yotqizishda hisobga olinishi kerak. Metallning issiqlik sig‘imi deb, qizdirilganda uning m a’lum miqdordagi issiqlikni yutish xususiyatiga aytiladi. Issiqlik sig‘imi SI birliklar sistemasida J/kg.K bilan o ‘lchanadi. Turli metallaming issiqlik sig‘imi ulaming solishtirma issiqlik sig‘imi miqdoriga qarab solishtiriladi. Solishtirma issiqlik sig‘imi 1 kg metall temperaturasini 10°C ga ko‘tarish uchun kerak boiadigan, katta kaloriyada ifodalangan issiqlik miqdoridir (u SI birliklar sistemasida J/kg. K) bilan o ‘lchanadi. Metallaming elektr tokini o ‘tkazish xususiyati ikkita o ‘zaro qarama-qarshi xarakteristikalar-elektr o‘tkazuvchanlik va elektr qarshiligi bilan belgilanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik SI birliklar sistemasida simens (Sm) da, solishtirma elektr o ‘tkazuvchanlik Sm/m da, shunga o ‘xshash elektr qarshiligi esa Om/m da o ‘lchanadi. Tok o‘tkazuvchi simlar (mis, aluminiy) yaxshi tok o ’tkazadi. Kimyoviy jarayonlar natijasida qotishma tarkibining o ‘zgarishi kimyoviy xossalami ifodalaydi. Kimyoviy xossalari. Metallar va qotishmalaming kimyoviy xossalari oksidlanishiga yoki turli moddalar: havodagi kislorod, kislota hamda ishqor eritmalari va boshqalar bilan birikishiga qarshi tura olish xususiyatiga qarab xarakterlanadi. Metall boshqa elementlar bilan qancha oson birikishga kirishsa, u shuncha tez yeyiladi. Metallaming tashqi agressiv muhit ta’siridan kimyoviy yemirilishiga korroziyalanish deyiladi. Metallaming korroziyaga, kuyindi hosil bo‘lishiga va erishiga qarshiligi vaqt birligi ichida sirt birligiga to‘g‘ri keladigan tekshirilayotgan namuna massasining o ‘zgarishi bilan belgilanadi. U yoki bu buyumlarni tayyorlashda metallaming kimyo viy xossalari albatta hisobga olinadi. Bu ayniqsa, kimyoviy agressiv muhitlarda ishlatiladigan buyum va detallarga taalluqlidir. Buyumlar tayyorlashda mavjud materiallami qayta ishlash imkoniyatlari qanday darajada ekanligi materialning texnologik xossasi deyiladi. Qotishmalaming sovuqlayin yoki qizdirib 18 ishlanuvchanligi, quyish, boIg‘alash, payvandlash, kesib ishlashga qulayligi texnologik xossalarini belgilaydi. Materialning xossalarini bilgan holda buyum yasashning texnologik jarayonlarini loyihalash mumkin. Kesib ishlanuvchanlik eng muhim texnologik xossalaridan biri hisoblanadi, chunki ko‘pgina tayyorlamalar, shuningdek, payvandlab tayyorlangan uzel va konstruksiyalaming detallariga mexanik ishlov beriladi. Ba’zi metallarga osongina ishlov berib, toza va silliq sirt hosil qilish mumkin. Qattiqligi past bo‘lgan juda qovushqoq metallar ham yomon ishlanadi. Sirtida timalgan joylar bo‘lib, g‘adir-budir chiqadi. Ishlov berishni yaxshilash uchun, masalan, po‘lat termik ishlanadi, bu bilan uning qattiqligi yo oshiriladi yoki kamaytiriladi. Payvandlanuvchanlik metallaming xossalari asosiy metall xossa- lariga yaqin turgan payvand birikmalar hosil qila olish xususiyatidir. U payvandlangan namunani bukish va cho‘zishga sinab ko‘rib aniqlanadi. Bolg‘alanuvchanlik metallga sovuqlayin yoki qizdirilgan holatda uni yemirilish alomatlarisiz bosim ostida ishlov berish xususiyatidir. Bolg‘alanuvchanlikni berilgan darajagacha deformatsiyalab, temir- chilik usulida bolg‘alab aniqlanadi. Namunaning cho‘kish balandligi, odatda, ikkilangan diametriga teng boMishi kerak. Agar uning yon sirtida darzlar paydo boMmasa, bunday namuna sinovga bardoshli, tekshirilayotgan metall esa bosim ostida ishlov berishga yaroqli hisoblanadi. Materiallaming quyilish xossalari ulaming darzsiz bo‘shliqsiz va boshqa nuqsonlarsiz quyma hosil qila olish xususiyatini xarakterlaydi. Asosiy quyilish xossalariga suyuq holatda oquvchanlik, kirishuv- chanlik va likvatsiya kiradi. Suyuq holatda oquvchanlik suyultirilgan metallning quyish qolipi bo‘shlig‘ini yaxshi to‘ldirish xususiyatidir. Krisstallanishda kirishiuvchanlik suyuq holatdan qattiq holatga oHishda metall hajmining kamayishidir. U quymalarda kirishuv- chanlik bo‘shliqlari va g‘ovaklari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Likvatsiya qotishmalaming kristallanishda paydo bo‘ladigan kimyoviy tarkibining bir jinslimasligidadir. Bu qotishmalar toza metallarga qaraganda qat’iy bir temperaturada emas, balki temperatura oralig‘ida kristallanish bilan tushuntiriladi. Qotishmaning kristallanish temperatura intervali qancha katta bo isa, likvatsiya shuncha tez 19 rivojlanadi. Bunda kristallanish temperatura oralig‘iga kuchli ta’sir qiladigan qotishma komponentlari po‘lat uchun (oltingugurt, kislorod, fosfor, uglerod) likvatsiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi. Metall va qotishmalaming texnologik xossalarini bukiluv- chanligini va takror bukiluvchanligini sinash, botiluvchanligini, cho‘kuvchanligini, yassilanuvchanlik, o ‘raluvchanlik, buraluvchanlik va boshqa xossalarini sinash usullari bilan aniqlanadi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling