A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Metallokeramik qattiq qotishmalar
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Metallokeramik qattiq qotishmalar. Metallokeramik qattiq
qotishmalar asbobsozlik materiallari jumlasiga kiradi, ulardan metall va qotishmalami kesib ishlashda, shuningdek, bosim bilan ishlashda (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalarda) foydalaniladi. 69 Metallokeramik qattiq qotishmalar xilma-xil keramika materiallarini ishlashda, burg‘ilash ishlarida va texnikaning bir qator boshqa sohalarida ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Metallokeramik qattiq qotishmalaming asosiy tarkibiy qismini bir yoki undan ortiq karbid tashkil etadi. Qattiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladigan karbidlar qiyin suyuqlanuvchi metallar-volfram, titan va tantalning uglerod bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari bo‘lib, nihoyatda qattiq, normal haroratda kislota va ishqorlar ta’siriga juda chidamli moddalardir. Volfram karbidi olish uchun volframning mayin kukuni hosil qilinadi, bu kukunga qurum qo‘shib aralashtiriladi-da, aralashma elektr pechda H 2 yoki CO muhitida 1350-1400°C gacha qizdiriladi, natijada volfram karbidi yuzaga keladi. Volframli qattiq qotishma tayyorlash uchun volfram karbidi kukuni bilan kobalt kukuni sharli tegirmonda bir sutka chamasi aralashtiriladi va hosil bo‘lgan aralashma sintetik kauchukning benzindagi eritmasida qoriladi. Qorishma qurigandan keyin tegishli shakldagi press qolipda 10-40 kG/mm 2 (100-400 MH/m2) bosim ostida presslanadi. Presslash natijasida hosil bo‘lgan massa 1400°C haroratda 2 soat davomida qizdirish yo‘li bilan qovushtiriladi (pishi riladi). Qizdirish natijasida qotishma 25% gacha kirishib, nihoyatda qattiq b o iib qoladi. Bunday qattiq qotishmaning strukturasi kobalt vositasida mustahkam boiangan volfram karbididan iborat boiadi, binobarin, kobalt elementi volfram karbidi donalarini bir-biriga bogiovchi material vazifasini o ‘taydi. Titan-volframli qattiq qotishma ham xuddi yuqoridagi kabi tartibda tayyorlanadi, ammo farq faqat shundan iboratki, titan- volframli qotishma presslangandan keyin 1500°C da 1-3 soat davomida qizdirish y o ii bilan qovushtiriladi (pishiriladi). Titan- volframli qattiq qotishma tayyorlashda tantal karbidi ham qo‘shilsa, qotishmaning oksidlanmaslik xossasi, puxtaligi, yeyilishga chidam liligi va boshqa xossalari ortadi. Metallokeramik qattiq qotishmalarni kesuvchi asboblar bilan ishlab boim aydi, shuning uchun ular har xil oicham li va shaklli, shuningdek, ko‘p qirrali (ko‘p yoqli), old yuzasi yassi va qirindi chiqaravchi ariqchali plastinalar tarzida tayyorlanib, bu plastinalar kesuvchi asboblaming kallagiga mexanik usulda yoki kavsharlash y o ii bilan mahkamlanadi. Mexanik usulda mahkamlanadigan 70 plastinalarda maxsus teshiklar boiadi. Kallakka mahkamlangan bu plastina asbobning kesuvchi qismi (tig i) boiadi. Metallokeramik qattiq qotishmalar uch guruhga: bir karbidli (volframli), ikki karbidli (volfram-titanli), uch karbidli (volfram-titan- tantalli) qattiq qotishma guruhlariga boiinadi. Birinchi guruhni volfram karbidi bilan kobaltdan, ikkinchi guruhni titan karbidi, volfram karbidi bilan kobaltdan, uchinchi guruhni esa titan karbidi, tantal karbidi, volfram karbidi va kobaltdan iborat qotishmalar tashkil etadi. Birinchi guruh metallokeramik qattiq qotishmalari BK bilan, ikkinchi guruh - TK, uchinchi guruh esa TTK bilan belgilanadi. Metallokeramik qattiq qotishmalaming ishlatilishi: Cho‘yan, rangli metallar, metallmas materiallar va boshqalami tozalab yo‘nishda ishlatiladigan keskich va razvyortkalar uchun. Tozalab va xomaki yo‘nishda ishlatiladigan keskichlar, cho‘yan, rangli metallar va metallmas materiallami tozaroq va tozalab ishlashda qoilaniladigan freza, razvyortka va zenkerlar uchun. Cho‘yanni, rangli metallar va metallmas materiallami xomaki yo‘nish, randalash, frezalash va parmalashda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun; yo‘nilishi qiyin boigan poiatlam i yo‘nishda ishlatiladigan keskichlar uchun. Sim kiryalash, cho‘ktirish, teshik ochish asboblari va yengil sharoitda ishlaydigan shtamp asboblari uchun. Poiatdan chiviq va quvurlar kiryalashga moijallangan asboblar uchun. Uglerodli va legirlangan poiatlam i xomaki va tozalab randa- lashda, xomaki va shakldor qilib yo‘nishda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun. Uglerodli va legirlangan poiatlam i xomaki yo‘nish, frezalash, teshikni kengaytirish va xomaki zenkerlashda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun. Poiatlam i yuqori tezlik bilan xomaki va tozalab yo‘nishda ishlatiladigan keskichlar uchun. Poiatlam i surish va kesish chuqurligini kichik olib, katta tezliklar bilan ishlashda qoilaniladigan kesuvchi asboblar uchun. Qattiq poiatlam i xomaki yo‘nish va randalashda, payvand choklarga ishlov berishda qoilaniladigan kesuvchi asboblar uchun. Mayda donali BK 6 M qotishmasi juda qattiq va zich boigan- ligidan, kesuvchi asbobning chidamliligini 2-3 baravar oshirishga 71 imkon beradi va cho‘yanni hamda ba’zi zanglamas poiatlarni yo‘nishda ham ishlatiladi. T5K12B qotishmasi qattiq poiatlarni va boshqa qotishmalarni randalash hamda xomaki y o ‘nishda, payvand choklarga ishlov berishda, umuman, T5K10, BK 8 kabi juda puxta qotishmalarni ishlatib boim aydigan boshqa hollarda qoilaniladi. Ko‘p kobaltli juda puxta va qovushoq BK20, BK25, BK30 qotishmalari va tajribaviy BK15B, BK20B, BK25B qotishmalari ishlab chiqarishning o ‘zlashtirilganligi katta zarbiy yuklanishlar ostida ishlaydigan shtamplar tayyorlashda qattiq qotishmalardan keng koiam da foyaalanishga imkon beradi, qattiq qotishmali shtamplar esa odatdagi shtamplarga qaraganda ancha chidamli bo iad i va katta iqtisodiy samara keltiradi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling