A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
RANGLI METALLAR VA ULARNING QOTISHMALARI
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Mis va uning qotishmalari
5. RANGLI METALLAR VA ULARNING QOTISHMALARI
Rangli metallarga mis, aluminiy, qalay, qo‘rg‘oshin, rux, nikel, titan, magniy va boshqalar, shuningdek, ulaming qotishmalari kiradi. Zamonaviy mashinasozlikda rangli metallaming ahamiyati juda katta, ayniqsa energetika, elektrotexnika, radioelektronika, samalyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlarida va aloqa sohalarida rangli metallar va ulaming qotishmalari juda ko‘p ishlatiladi. 0 ‘zbekiston rangli metall rudalarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga kiradi. Rangli metallaming rudalarida bir vaqtning o‘zida bir qancha turli metallar: qo‘rg‘oshin, qalay, mis, oltin, kumush, temir, simob va nodir metallar uchraydi. Bunday rudalar ko‘pmetalli mdalar deyiladi. Shuning uchun rangli metallaming rudalarini kompleks qayta ishlab bir vaqtning o ‘zida hamma qimmatli metallami ajratib olishga harakat qilinadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda mis va aluminiy ishlab chiqarishni sezilarli ko‘paytirish, shuningdek, qo‘rg‘oshin, qalay, magniy, nikel, titan, volframli, molibdenli va titanli konsentratlami hamda qimmatbaho metallami ishlab chiqa rishni kengaytirish muhim ahamiyatga ega. 5.1. Mis va uning qotishmalari Sof mis qo‘ng‘ir rangli, cho‘ziluvchan, qovushoq metalldir. Uning suyuqlanish harorati 1083°C, zichligi 8,94 g/sm 3 cho‘zilishdagi mustah- kamlik chegarasi 220-240 MPa, Brinell bo‘yicha qattiqligi 330 HB. Sanoatda 80% ga yaqin mis sulfidli rudalardan (CuFeS2, Cu 3 FeSFe 2 S3, CuS) olinadi. Tarkibida 3-5 % mis b oigan rudalar boy mdalar hisoblanib, ulami suyuqlantirish y o ii bilan mis olinadi. Tarkibida 3 % dan kam bo igan mis mdalar suyuqlantirishdan oldin to ‘yintiriladi (boyitiladi). Mis mdalar tarkibida juda oz boiganligi sababli ulami to ‘yintirish ishlari muhim ahamiyatga ega. Mis qaynovchi qatlam ostida va flotatsion usullar yordamida boyitiladi. Mis rudalaridagi ortiqcha zarralami suv yordamida ho ilash y o ii bilan boyitishga asoslangan usul flotatsion to ‘yintirish deb ataladi. 74 Flotatsion to‘yintirish sulfid va polimetall rudalarni to‘yintirishda keng qoilaniladi. Bu usul metall va begona jins zarrachalarining suv bilan turlicha ho‘llanishiga asoslangan. Mis sulfidli minerallar bekorchi jinslarga qaraganda suv bilan yaxshi hoilanmasdan moy zarralariga o‘ralib, ko‘pik tarzida yuqoriga o'ralib chiqadi. Ular yig‘ib olingach, quritiladi va qayta ishlanadi. Mis konsentratlari tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirib, to'yintirish uchun qaynovchi qatlam ostida boyitish usuli qoilaniladi. Tarkibida oltingugurt, surma va boshqa zararli elementlar ko‘p boigan rudalar vertikal pechlarda m aium haroratda qizdirish y o ii bilan to‘yintiriladi. Boyitilgan mis rudalari alangali pechlarda suyuq lantiriladi. Pechga kiritilgan shixta tarkibidagi misning oltingugurt va kislorod bilan birikmalari 900°C haroratda reaksiyaga kirishadi: Cu2S + 2C u0 2 = 6 Cu + C 0 2 CuC + 2CuO = 4Cu + C 0 2 Mosil boigan toza mis reaksiyaga kirmay qolgan temir ikki sulfidi bilan reaksiyaga kirishadi: FeS + 2Cu = Cu2S + Fe FeS + Cu20 = Cu2S + FeO Temir ikki oksidi esa SiO, bilan birikib shlak hosil qiladi: 2FeO + S i0 2 = 2 F e0 S i0 2 Bu reaksiyalar oqibatida erigan qotishmalar pech tagligiga yigiladi. Y igilgan qotishmaning asosiy tarkibi Cu2S va FeS birikmalari dan iborat boiadi. Odatda, bu mis shteyn deyiladi. Shteyn suyuqlantirilib, havo haydash y o ii bilan mis olinadi. Olingan mis tarkibida 0,05-1,5 % gacha turli qo‘shimchalar boiadi. Bunday mis texnikada ishlatish uchun tozalanadi. Xomaki mis termik va elektroliz y o ii bilan tozalanadi. Elektroliz misning markalari va ishlatilish sohasi 5.1-jadvalda keltirilgan. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling