A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Bronzalar gruppasi. Texnikaning turli sohalarida misning
deyarli hamma metallar bilan (rux va nikeldan tashqari) qotishmalari keng ishlatiladi va bular bronzalar deb ataladi. Hosil qilingan bunday bronzalar juda yaxshi quymakorlik va antifriksion xususiyatlarga ega bo‘lib, korroziyaga chidamlidir. Bronzalardan tayyorlanadigan asosiy buyumlar (dstallar) quyma, bosim bilan ishlash va kesish orqali hosil qilinadi. Bronzalar tarkibidagi komponentlariga ko‘ra qalayli, qo‘rg‘oshinli va boshqalarga bo‘linadi. Bronza Бр harflari bilan markalanadi. Бр ning o‘ng tomonida esa bronzaga kiruvchi elementlar yoziladi va shu tegishli elementlaming % hisobidagi o ‘rtacha miqdorini ko‘rsatuvchi raqamlar bilan markalanadi. Masalan, Бр OHC 11-4-3 marka bronzaning tarkibida o‘rta hisobda 11% qalay, 4% nikel, 3% qo‘rg‘oshin va qolgani misdan (mis miqdorini % hisobida ifodalaydigan raqamlar bronza markasiga yozilmaydi) iborat ekanligini bildiradi. Qalayli bronzaning tarkibiga kiruvchi elementlardan qalay misga nisbatan qimmat va kamyob bo‘lganligi uchun bunday bronzalaming tarkibi o‘zgartirilib, boshqa markadagi bronzalar ishlab chiqaril- moqda. Bunday bronzalarga aluminiyli bronza Бр A5 va juda murakkab aluminiy temir-marganesli bronza Бр JDK Мц 10— 3— 1,5 va boshqalar kiradi. Qalayli bronzalar (faqat mis bilan qalaydan iborat) insoniyatga juda qadimdan m a’lum. Lekin bunday bronzalaming tarkibida qalay miqdorining oshib borishi maqsadga muvofiq emas, chunki bronza laming plastikligi va yopishqoqligi pasayib, mo‘rtligi oshib bora- di. Shu boisdan tarkibida 14% dan ko‘p qalay miqdori bo‘lgan bron zalar deyarli ishlatilmaydi. Shuning uchun quymali bronzalar tarkibidagi qalay miqdoriga qarab bir fazali (a) va ikki fazali (b) bo‘lishi mumkin. Qalayli bronzalaming xususiyatlarini oshirish maqsadida ularga legirlovchi elementlar qo‘shiladi. Masalan: bronzalaming mexanik xususiyatlarini oshrish uchun legirlovchi elementlar Ni, Zn, P, texnologik xususiyatlarini oshirish uchun Pb, Zn, Ni antifraksion xususiyatlarini oshirish uchun) Pb, P va korroziyaga chidamliligini oshirish uchun Ni elementlari qo‘shiladi. Turli buyumlar hosil qilish usuli bo‘yicha bronzalar deformat- siyalanuvchi (bir fazali) va quymali (ikki fazali) larga boMinadi. Deformatsiyalanuvchi bronzalardan turli prujina va pmjinalanuvchi 78 materiallar, quymali bronzalardan maxsus vazifalarni bajarishga m oijallangan sirpanuvchi podshipniklar (katta tezlik va bosim ostida ishlaydigan), turli armaturalar, yuqori issiqbardosh va elektr o ‘tkazuvchan hamda korroziyabardosh detallar, naqshli va badiiy quymalar olish uchun foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda qalay kamchil boiganligi uchun bronzaning boshqa maxsus navlari ishlab chiqilmoqdaki, ular o ‘zlarining turli xususiyatlariga ko‘ra qalay li bronzaga nisbatan yuqori sifatli hisoblanadi va texnikaning turli sohalarida juda keng ishlatilmoqda. Aluminiyli bronza (tarkibida 5 - 11% A l) yuqori antikorrozion va mexanik xossalarga egadir, lekin quymakorlik xossasi bo‘yicha qalayli bronzadan ustunlik qilolmaydi. Bunday bronzadan asosan turli tishli g‘ildiraklar, turbina detallari, vtulkalar, klapan sedlolari va hokazolar ishlab chiqariladi. Kremniyli bronza (1—4% Si) — legirlangan nikel, marganes va rux o ‘zlarining mexanik xossalari bo'yicha p oiatga yaqinlashadi va qimmatbaho qalayli va berilliyli bronzalami almashtirish uchun ishlatiladi. Bunday bronza turlaridan ishqalanuvchi sharoitda 250°C gacha temperaturada ishlaydigan detallar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Qo‘rg‘oshinli bronza (25-30% Pb) ham antifriksion xususiyatga ega b o iib , yaxshi kesib ishlanadi, urilish nagruzkasini yaxshi qabul qiladi va toliqish mustahkamligi katta. Bunday bronza turlaridan nagruzka ko‘p tushadigan, yuqori tezlik sharoitida ishlatiladigan aviatsiya dvigatelining podshipniklari, dizellaming turbinalari va boshqa detallar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, qimmatliroq boiishiga qaramasdan berilliyli bronza (3% gacha Be boiadi) ham turli sohalarda keng ishlatiladi. U o ‘zining juda yuqori mexanik xususiyatlari toblangandan keyin ye yilishga bardoshliligi, korroziyaga chidamliligi, yuqori issiqlik va elektr oikazuvchanligi (500°C temperaturada bulaming mustahkam ligi xuddi 20°C dagi aluminiyli bronzaning mustahkamligidek) bilan xarakterlidir. Undan juda yuqori talabga javob beradigan maxsus detallar: aniq, priborlarda elastik elementi boigan membranalar, sir panuvchi kontaktlar, prujinalar, kulachoklar, shestemyalar, chervyakli uzatmalar, yuqori tezlik va temperaturada ishlaydigan podshipniklar va hokazolarda ishlatiladi. 79 Bronzalar Бр harflari bilan markalanadi yoki ifodalanadi. Bunday harflardan keyin legirlovchi elementlaming harfiy ifodalari va ulaming protsent hisobidagi miqdorlarini ifodalovchi raqamlari berilgan bo‘ladi. Masalan, Бр ОЦС-8-4-3 -( 8 % Sn, 4% Zn, 3% P 6 qolgani mis), БрБ2 (2% Be), Бр АЖН 10-4-4 (10%, 4%, Fe 4% Ni qolgani misdir). Bulardan tashqari, yana mis-nikelli qotishmalar ham juda keng ishlatiladi. Ular melxiorlar, neyzilberlar va boshqalardir. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling