A. Y. Normurodova molekulyar fizika (risola) Toshkent – “Lesson press” – 2023


Download 0.72 Mb.
bet10/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1429230
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
MOLEKULYAR FIZIKA — копия

TK=2730+t0S (5-6) yoki t0S=TK-2730 (5-7) bog‘lanishlar mavjud.
Nazorat savollari

  1. Qanday jarayonga izoxorik jarayon deyiladi?

  2. Gaz bosimining termik koeffitsienti deganda Siz nimani tushunasiz?

  3. Sharl qonuniga ta’rif bering.

  4. Izoxorik jarayon grafigini tushuntiring.

  1. Gazlar aralashmalari uchun Dalton qonuni

Odatda bir jinsli gazlarni uchratish juda qiyin, har doim har qanday gazda ham boshqa gazlarning aralashmasi mavjud bo‘ladi. Masalan: xavo deganda azot (78%), kislorod (21%) va boshqa gazlar (SO2, N2, suv bug‘i kabi) ning aralashmasi tushiniladi.
Gaz aralashmalarining idish devoriga bergan bosimini o‘rganib, ingliz olimi J.Dalton qo‘yidagi qonuni ochdi: gaz aralashmasining idish devoriga bergan natijaviy bosimi xar bir gazning idish devoriga bergan parsial bosimlarining yig‘indisiga teng.
(1.5-8)
Bu ifoda o‘zaro reaksiyaga kirishmaydigan, istalgan gaz aralashmalari uchun o‘rinlidir.

Nazorat savollari


  1. Bir jinsli gaz deb, qanday gazga aytiladi?

  2. Gaz aralashmalari uchun Dalton qonuniga ta’rif bering.

  3. Dalton qonunining bajarilishiga hayotiy misollar keltiring.

  1. Avogadro qonuni

Ideal gazlar uchun chiqarilgan munosabatdan ko‘rinadiki, bir xil bosim va temperaturada har qanday gazning teng xajmidagi gaz molekulalari soni ham teng bo‘ladi. Haqiqatan ham, agar ikki xil gaz uchun R1=R2, T1=T2 va V1=V2 bo‘lsa yuqoridagi munosabatdan N1=N2 ekanligi kelib chiqadi. Bu esa italyan olimi A.Avogadro qonunining matematik ifodasidir. Bu qonun qo‘yidagicha ta’riflanadi: bir xil sharoitda (bir xil bosim va temperaturada) turli xil gazlarning hajmi birligidagi gaz molekulalarining soni ham teng bo‘ladi.
Bu qonundan boshqa bir xulosa ham kelib chiqadi. Molekulalarining soni birday bo‘lgan turli xil gazlar bir xil bosim va temperaturada bir xil hajmni egallaydi. Normal sharoit (R=1,013Ч105pa, T=273K) da har qanday gazning bir moli
hajmni egallaydi. Bunday sharoitdagi 1m3 hajmdagi molekulalar soniga Loshmidt soni deb aytiladi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling