A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


Download 276.68 Kb.
bet38/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

1. Oppozitsion tahlil. Ushbu tahlil usuli yordamida tovushlarning ma’no farqlash funksiyasini yoritish mumkin. Struktural tilshunoslikning, xususan, Praga struktural tilshunosligining asosiy yutuqlaridan biri shu bo‘ldiki, til birliklarining o‘zaro munosabatlari va mohiyatini yanada aniq tushunish uchun zidlanish (oppozitsiya) tushunchasining ahamiyatini e’tirof etish lozim. Zidlanishning ikki turi qayd etiladi: fonologik relevant, fonologik irrelevant. Fonologik relevant zidlanish ma’lum tilda muayyan ikki so‘zni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladi. Bunday vazifa bajarmasa, fonologik irrelevant zidlanish sanaladi. Fonema fonologiyaning o‘rganish birligi bo‘lib, u o‘zining variantlariga ega va ushbu variantlar farqlanish qoidalariga ega.
N.S. Trubetskoyning fikricha, ma’no farqloqchi qarama-qarshiliklar fonologiyada asosiy o‘rin egallaydi. Fonemalarning farqlovchi belgilari oppozitsiya munosabati yordamida aniqlanadi.
Barcha akustik, artikulyasion belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan nutq tovushi fonologik birlik sanalib, ma’no farqlash vazifasiga ega bo‘ladi. Bu hodisa A.Nurmonovning quyidagi illyustrativ misoli orqali izohlanadi: “Masalan, o‘zbek tilida b tovushini talaffuz qilish uchun bir qancha artikulyasion harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi. Hususan lab labga tegadi va o‘pkadan chiqayotgan havo bu to‘siqni yorishi natijasida to‘siq ochiladi. Bundan tashqari, yuqoridagi har bir artikulyasion harakatga akustik belgi ham qo‘shiladi. Lekin bu artikulyasion va akustik “atom”larning hech birini fonologik birlik sifatida qarab bo‘lmaydi. CHunki bu “atom”larning barchasi birgalikda vazifa bajaradi. SHuning uchun b barcha artikulyasionakustik belgilarni o‘zida mujassam etgan bir butunlik sifatida fonologik birlik sanaladi”. Fonologik oppozitsiyalar har qanday sharoitda ham o‘z farqlovchi belgilarini saqlaydi. YA’ni, ayrim oppozitsiyalar o‘zgarmasdan qolsa, ba’zilari neytrallashadi, biroq farqlovchi xususiyatini yo‘qotmaydi. SHunday oppozitsiyalarning neytrallashishiga misol sifatida T.Bushuy va SH.Safarovlar tomonidan keltirilgan holatni keltiramiz: “masalan, urg‘usiz bo‘g‘inlarda o va a ning tenglashuvi”.

Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling