A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


Download 276.68 Kb.
bet41/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

Metodning qo‘llanilishi. So‘zlarning semantik tuzilishidagi tarkibiy qismlarni tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. SH.Iskandarova va M.SHokirovalar o‘z tadqiqotlarida ushbu metoddan foydalanib, “shaxs oti” semasiga kiruvchi “sport” sememali shaxs otlarni tahlil qiladi. Buni quyidagicha aks ettirish mumkin:


Jadval-1: O‘zbek tilidagi «shaxs» arxisemali sportga oid birliklar


Semalar


Sememalar

Tur” semasi: sprinterchi (poyga musobaqalarida), pancher (boksda), yarim himoyachi (futbolda), gregar (velopoygada), laynsmen (futbolda) tarzidagi birliklar;


Mavqe” semasi: sardor, murabbiy, sport ustasi kabilar;
Muxoliflik” semasi: raqib; “G‘oliblik” semasi: chempion, g‘olib, mag‘lub, autsayder, peshqadam;
Bevosita ishtirok” semasi: keddi (golfda yordamchi), zaxiradagi o‘yinchi (futbol), dublyor, naparnik, sparring sherik kabilar.

Sport” sememali shaxs otlari: sportchi, kurashchi, gimnastikachi, futbolist, raqib, chempion, murabbiy, sardor, sport ustasi, hakam(sudya);


Ko‘rinadiki, komponent tahlilda so‘zning semantik tuzilishidagi komponentlar tahlil qilinadi va semalar va sememalarning o‘zaro munosabatlari, ma’no qirralari tahlil qilinadi.



Savollar:
  1. Oppozitsion tahlilning fonologik sath birliklarini ilmiy tekshirishdagi o‘rni qanday?


  2. Fonologik sath birliklarini tahlil qilish metodlari qaysilar?


  3. Distributiv tahlilning fonologik til birliklarini tahlil qilish tamoyillari qanday?


  4. Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi fonologiya tizimida qo‘llanilish prinsipi qanday?


  5. Komponent tahlil metodining leksik-semantik sath birliklarining tahlilidagi o‘rni qanday?


  6. Komponent tahlilning qo‘llanish bosqichlari qanday?





Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling