A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021
Download 276.68 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tilni morfologik darajada tahlil qilish metodlari.
Distributiv tahlil. Ushbu tahlil leksik birliklarning so‘z yasalish imkoniyatlarini aniqlash va ularning guruhlarini ajratish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda quyidagi misolni keltirish joizdir: rus tilidagi pisat’, chitat’, uchit’, lyubit, goeorit’, plyasat, shalit’, videt, dumat’ kabi fe’l negizlari agentivlik suffikslari - tel, - chik (щik), -ets, -un bilan quyidagi tartibda birika oladilar (Abdurahmonova 2007):
Jadvalning mazmuniga ko‘ra, agentivlik mazmunidagi otlarni hosil qilishda suffikslar joylashuvi har xil. Biroq ba’zi o‘rinlarda so‘z negizlarining yasovchi qo‘shimchalar bilan birikish imkoniyati bir xil bo‘lishi mumkin va ushbu umumiy belgiga nisbatan bu negizlar distributiv guruhlarga quyidagicha bo‘linishi mumkin (masalan, pisat’, chitat’ bir sinfni hosil qilishsa, uchit, lyubit, senit - ikkinchisini, gruzit’, vozit birliklari umuman boshqa bir sinfga kiradilar). 2. Tilni morfologik darajada tahlil qilish metodlari. Oppozitsion tahlil, distributiv tahlil usullari tilni morfologik darajada tahlil qilish metodlari sifatida qayd etilishi mumkin. Oppozitsion tahlil. Til birliklarini differensial xususiyatlari asosida tizimlashtirish fonologik sath bilan bog‘liqligi ma’lum. Biroq, tilni sistema sifatida o‘rganish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, til elementlaridagi oppozitsiyalar morfologik birliklarni tahlil qilish, sintatik birliklarni ham tizimli o‘rganish imkoniyatini berish mumkinligin ko‘rsatadi: 1) asosiylik va o‘tkinchilik (oxirgisi xabar qilinayotgan hodisa jarayonida o‘tkinchi rolni o‘ynaydi); 2) yo‘naltirilganlik va yo‘naltirilmaganlik (harakatning ob’ektga yo‘naltirilganligi); 3) keng qamrovlilik va tor qamrovlilik (ob’ektning harakatdagi ishtirokining ko‘lami) (Bushuy, Safarov, 2007, b. 148-149). Morfologik birliklar o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilib, o‘rganiladi. Bunda ularning belgili yoki belgisiz kelish xususiyatlari asosan e’tiborga molikdir. Masalan, fe’l shakllari misolida ularning harakat va nutq sohibi o‘rtasidagi mutanosibligi nuqtai nazardan qarama-qarshiligida shaxs kategoriyasida belgili yoki belgisiz kelishini olishimiz mumkin. Adabiyotlarda oppozitsion tahlilning grammatik kategoriyalar va shakllarning tizimli tadqiqidagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. Xususan, ushbu tahlil usulini sintaksisda ham qo‘llash, ya’ni sintaktik birliklarning semantik tahlilini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. SHunday qilib, qayd etish joizki, oppozitsion tahlil morfologik birliklarni qarama-qarshi qo‘yish orqali ularning struktural-semantik xususiyatlarini tizimli yoritish imkonini beradi. Download 276.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling