A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021
Gapni aktual bo‘laklarga bo‘lish (gapning funksional istiqboli)
Download 276.68 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodning qo‘llanilishi.
Gapni aktual bo‘laklarga bo‘lish (gapning funksional istiqboli). Ushbu lingvistik tahlil gapni ma’no jihatidan tarkibiy qismlarga bo‘lish metodi bo‘lib, mazkur xususiyati bilan gapni formal belgilari (grammatik elementlar)ga ko‘ra qismlarga bo‘lish metodidan farqlanadi. Ya’ni, gapning mazmun plani tekshirish ob’ekti darajasiga ko‘tariladi. Gapni formal bo‘laklarga bo‘lishda ega va kesim asosiy elementlar sanalsa, gapni aktual bo‘laklarga ajratishda ifoda asos (tema) va ifoda yadro (rema) kabi komponentlar muhim rol o‘ynaydi. Bunda ifoda asos fikrning ma’lum qismi hisoblansa, ifoda yadro fikrning noma’lum qismi sanaladi. Fikrning harakatlanish tarzi quyidagicha bo‘ladi: ma’lumdan noma’lumga (temadan-remaga). Demak, ma’lum bo‘ladiki ushbu tahlilda gap ifoda asos (tema) va ifoda yadro (rema)lar kabi ikki komponentga bo‘lib tahlil qilinadi.
Metodning qo‘llanilishi. Aktual bo‘linish asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: a) ega va kesim bilan (yig‘iq gaplarda); b) ega va kesim sostavi bilan (yoyiq gaplarda). Quyidagi misollarga e’tibor qaratamiz. Gapni aktual bo‘laklarga bo‘lishning birinchi turi (ega va kesim bilan): yugurish – foydalaidir. Bunda ifoda asosi – yugurish bo‘lsa, ifoda yadrosi – foydalidir so‘zidir. Ko‘rinadiki, bunda gap ega va kesimdan iborat va ikki ma’noli bo‘lakka bo‘linyapti. Gapni aktual bo‘laklarga bo‘lishning ikkinchi turi (ega va kesim sostavi bilan): maktabimiz o‘quvchilari fan olimpiadalarida yuqori natijani qo‘lga kiritdilar. Bunda ifoda asosi – maktabimiz o‘quvchilari bo‘lsa, ifoda yadrosi – fan olimpiadalarida yuqori natijani qo‘lga kiritdilar qismdir. Bunda gap ega va kesim va ularning sostavlaridan iborat ikki aktual bo‘lakka bo‘linyapti. Yozma nutqda gapning aktual bo‘laklari, odatda, tire bilan ajratilsa, og‘zaki nutqda ohang bilan ajrailadi. So‘z tartibi yoki mantiqiy urg‘u gapning aktual bo‘linishiga ta’sir qilishi mumkin. Ushbu tahlil metodining kamchiligi shundan iboratki, u nutqda har doim ham o‘z qonunlariga amal qilmaydi, ya’ni ega (va ega sostavi) har doim ham ifoda asosi bo‘lamasligi yoki kesim (va kesim sostavi) har doim ham ifoda yadrosi bo‘lmasligi mumkin. Ayrim gap turlar (nominativ gaplar, ba’zi to‘liqsiz gaplar)i aktual bo‘laklarga ega bo‘lmaydi (Sodiqov va boshq., 1981, b. 188). Birinchi kamchilikni o‘zbek tilshunos olimi M.T. Irisqulov quyidagicha izohlaydi: gap va hukm bir-biriga doim ham teng emas. Hukm mantiq birligi bo‘lib, u gap, asosan, darak gap orqali namoyon bo‘ladi. Sub’ekt va predikat hukmni tashkil etadi. Gapni esa ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol yuzaga keltiradi. SHu bois, hukmning sub’ekti har doim ham gapning egasiga, hukmning predikati esa har doim ham gapning kesimiga to‘g‘ri kelmaydi. Hukmning sub’ekti tema, predikati esa, rema deyiladi. hukm bo‘laklari dinamik bo‘lsa, gap bo‘laklari statikdir. So‘zlovchining gapirishdan maqsadiga qarab, gapning har bir bo‘lagi hukmning sub’ekti va predikati bo‘lib kelishi mumkin. YA’ni, gapning egasi tema emas, balki rema, va, aksincha, gapning kesimi rema emas balki tema bo‘lib kelishi mumkin (Irisqulov, 2009, b. 145). Bu esa so‘zlovchining ifoda maqsadiga bog‘liq. Natijada mazkur gapdan bir necha hukm yuzaga kelishi mumkin. SHuning uchun gapning tuzilishi va hukmning tuzilishi o‘zaro mos kelmaydi. Download 276.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling