Aantropogen o'zgarishlar va ularning turlari
Download 30.14 Kb.
|
Aantropogen o\'zgarishlar va ularning turlari
.
11.Ekologik faktorlar nima va ularning turlari nechta. Ekologik omillar va ularning turlari. Muhit elementlarining turlar moslashish reaksiyasini chaqiruvchi faktorlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillarning quyidagi guruhlari ajratiladi: 1. Abiotik omillar; 2. Biotik omillar 3. Antropogen omillar. Ushbu omillar ta’sirida barcha tirik organizmlar: o’sadi, rivojlanadi, o’zidan nasl qoldiradi va hayotining so’ngida o’ladi. 2.2. Tashqi muhit omillari va ularning organizmlarga taʹsiri: Yashash muhiti deb, tabiatning bir-biriga taʹsir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi. Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yigʹindisidan iborat boʹlib, bularsiz organizmlar yashay olmaydi. Organizmlar murakkab va oʹzgaruvchan dunyoda yashab, ular oʹz hayotini asta - sekin shunga moslashtirib boradi. Evolyutsion taraqqiyot davomida organizmlar toʹrtta asosiy hayot muhitini oʹzlashtirgan. Ular quyidagilardan Organizmlarning muhitga moslashuvi adaptatsiya deyiladi (lotincha “adaptatsio” – moslashuv). Moslashuv tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri boʹlib, mavjudotlarning yashab qolishi va koʹpayishini taʹminlaydi. Sharoitga moslashuv hujayradan tortib har xil ekologik tizim faoliyatigacha boʹlgan darajada vujudga keladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek ekologik omillarning quyidagi guruhlari ajratiladi: 1. Abiotik omillar– jonsiz (anorganik) muhitning tirik organizmga taʹsir shakllarini ifodalaydi. Ushbu omillarga iqlimiy (havo, namlik, suv, yogʹingarchiliklar, qor qoplami) topografik (relef sharoiti), gidrofizik va gidrokimyoviy omillar kiradi. Mohiyati jihatidan ushbu omillar 2 guruhga ajraladi. a) Fizik omillar (yoki, iqlimiy) – (harorat, namlik, bosim, radiasiya darajasi va boshqa omillar); b) Kimyoviy omillar – (atmosfera havosinning kimyoviy tarkibi, suv va tuproqning kimyoviy tarkibi va boshqa omillar). 2. Biotik omillar-organizmlarning oʹzaro taʹsirlari Har bir mavjudotga boshqa tirik organizmlarning taʹsiri bor, oʹsimlik, hayvonlar va mikroorganizmlar bilan oʹzaro aloqada boʹladi. Biotik omillar quyidagilarga boʹlinadi: Fitogen–jamoadagi oʹsimliklarning bir-biriga taʹsiri. Bunga oʹsimliklarning bevosita mexanik, simbiozlik, parazitlik, epifitlik taʹsiri kiradi. Bulardan tashqari, oʹsimliklarning bilvosita taʹsiri (yashash muhitini oʹzgartirish yoʹli bilan) ham amalga oshib turadi, masalan: daraxtlarning oʹtlarga soya tushirishi va boshqalar Zoogen–hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa mexanik taʹsirlar, changlatish, meva va urugʹlarning tarqatilishi, muhitga taʹsir etishi kabi taʹsirlar. 3. Antropogen omillar – inson faoliyati taʹsiridir. Bunday omillar salbiy yoki ijobiy boʹlishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen omillar taʹsirida oʹzgarishi, oʹz navbatida ekosistemalardagi bogʹlanishlarning inqirozga uchrashiga olib keladi. Bunga oʹrmonlarning koʹplab kesilishi, choʹllarning oʹzlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol boʹladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan zaharlanishi, baʹzi hollarda antropogen omillar taʹsirida butun biotsenozlar yoʹqolib ketishi ham mumkin. Download 30.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling