Abdilazizov karomat


Ba’zan bunday tarixiy o‘zgarishlar tilda yangi ma’no tashuvchi belgining, ya’ni yangi so‘zning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin. Jumladan


Download 18.47 Kb.
bet5/6
Sana02.06.2024
Hajmi18.47 Kb.
#1836742
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Imlo xatolariga yo`l qo`yilgan matnlarni ko`zdan kechirib, ulard-fayllar.org

Ba’zan bunday tarixiy o‘zgarishlar tilda yangi ma’no tashuvchi belgining, ya’ni yangi so‘zning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin. Jumladan, arch, yoy, ko‘r so‘zlari tarkibida yuz bergan tarixiy fonetik o‘zgarishlar tufayli, mazkur so‘zlarda o‘ziga xos ma’no parchalanishi yuz bergan va ularning har biri hozirgi tilda alohida tushuncha ifodalovchi so‘zlar sifatida shakllangan: arch-art, yoy-yoz, ko‘r-ko‘z. Bundan tashqari tilda shunday so‘zlar ham borki, ular fonetik tarkibiga ko‘ra bir xil (omonim), biroq ma’no jihatdan har xil. Bunday so‘zlarda yashiringan ma’no faqat nutq jarayonida, ya’ni boshqa so‘zlar qurshovidagina anglashiladi.

O`ZBEK TILIDA SO`Z YASALISHI. LUG`AT VA UNING TURLARI

O’zbek tili so’z yasalishi tizim sofatida o’z o’rganish ob’yekti, o’z tushunchalari, o’z vazifalariga ega bo’lgan alohida sohadir. So’z yasalishi uzoq yillar davomida tilshunoslik mustaqil sohasi sifatida emas, balki morfologiya sohasining tarkibiy qismi sifatida o’rganib kelindi.


XXasrning ikkinchi yarmiga kelib tilga sistema sifatida qarash boshlangandan so’ng so’z yasalishi ham mustaqil soha sifatida e’tirof etildi. O’zbek tili so’z yasalishi tizimi taraqqiyotida A.G’ulomov, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, A.Nurmonov kabi tilshunoslarning xizmatlari katta bo’ldi.
Tilshunoslikning har bir mustaqil bo’limi qatori so’z yasalishi ham o’zining o’rganish birligiga ega. Biroq o’zbek til so’z yasalish tizimini tatqiq etishda ana shu muhim faktga etibor berilmadi.buning asosiy sababi so’z yasalish sistemasi til birligi bo’lgan yasama so’zning boshqa sistemalar til birligiga nisbatan murakkab mohiyatga ega ekanligidadir. Shunga qaramay professor A.Hojiyev to’g’ri ta’kidlaganlaridek, “so’z yasalishi sistemasini shakllantiruvchi til birligining mohiyati qay darajada murakkab bo’lmasin, bu til birligini, uning mohiyatini aniq belgilamay turib so’z yasalishi, yasama so’zlar bilan bog’liq til hodisalarining mohiyatini to’liq yoritib bo’lmaydi”.
Soz’ yasalishi mustaqil soha sifatida o’z birligiga ega, yani so’z yasalishining o’rganish ob’yekti yasama so’zlardir.
Professor Sh.Rahmatullayev so’z yasash termini o’rniga “leksema yasash”terminini ishlatadi. Bunga sabab so’z yasalishining asosiy birligi bo’lgan yasama so’zning til hodisasi ekanligidir. Demak, yasama so’zlar so’z yasalishi sohasining asosiy birligi bo’lib, ular til hodisasi sanaladi. Yasama so’zlar so’z yasovchi morfemalar yordamida yasaladi. Soz yasalishi asosiy birlikdan tashqari bir qator tushunchalarga ham ega. Quyida ularni qisqacha izohlab o’tamiz.

Download 18.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling