Aбдивоҳидова Дилдора


Тикув машиналари ва ярим автоматлар мавзусини янги педагогик


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana23.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1112816
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
tikuv mashinalari va yarim avtomatlar mavzusidagi mashgulotlarni otish uslubini ishlab chiqish

2.2. Тикув машиналари ва ярим автоматлар мавзусини янги педагогик 
технология асосида ўқитишни намунавий дарс ишланмасини ишлаб 
чиқиш. 
DARS ISHLANMALARINI TUZISH 
 Darsning mavzusi: o'quv dasturidan olinadi.
Darsning maqsadi: davlat ta'lim standartlari talablari asosida aniqlanadi. Bunda 
o'quvchilar mazkur darsda qanday bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi 
e'tiborga olinishi lozim. Ba'zi o'qituvchilar darsning asosiy maqsadiga ta'limiy, 
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni ham qo'shadilar. 
Darsda yoritilishi lozim bo'lgan asosiy tushuncha va atamalar ta'lim 
mazmunidan kelib chiqib, dasturga muvofiq aniqlanadi. 
Dars uchun zarur jihozlar va ma'lumot manbalari, darslik, o'qituvchi kitobi 
(uslubiy qo'llanma), qo'shimcha adabiyotlar, tarqatma materiallar, plakatlar, 
kompyuter, elektron darsлиk, audio va video vositalar, modellar va boshqalardan 
iborat bo'ladi. Har bir mavzu uchun zarur jihozlar ro'yxati maktab imkoniyatlariga 
muvofiq tuziladi. Mavzuni o'tishda qanday pedagogik texnologiya tanlanishiga 
qarab sinfni darsga tayyorlash (masalan, partalarni darsga mos qilib joylashtirish)ni 
ham shu bosqichga kiritish mumkin. 
Dars bosqichlari va ularga mos vaqt taqsimoti jadval ko'rinishida bo'lib, 
uning birinchi ustuniga darsning asosiy bosqichlari yoziladi. Ikkinchi ustunda esa 
har bir bosqichga ajratiladigan vaqt ko'satiladi. Vaqtni muallim o'z tajribasidan, 
mavzuning "og'ir-yengilhgi"dan kelib chiqib taqsimlaydi. 
Darsning borishi. Dars tafsilotlari — dars islanmasining asosiy mag'zi. Dars 
turlari (yangi mavzuni o'zlashtirish, takrorlash va mustahkamlash, umumlashtirish; 
amaliy mashg'ulot (misol va masalalar yechishga bag'ishlangan dars); 
o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini tekshirish uchun o'tkaziladigan test, yozma 
nazorat darslari; ikki yoki undan ortiq dars turlarini o'z ichiga olgan aralash dars va 


39 
h.k.) va tanlangan ilg'or pedagogik texnologiyaga ko'ra dars tafsilotlari turlicha 
bo'ladi. 
Dars ishlanmasini tuzishdan maqsad - dars mazmunini boyitish, ta'lim 
samaradorligini oshirish, o'qituvchining darsdagi faoliyatini rejalashtirish. Dars 
ishlanmasi — muallim tomonidan yozilgan asar, muallim ijodiy mehnatining 
mahsuli. Unga qarab, o'qituvchining bilim va mahoratiga baho berish
o'qituvchining ilmiy hamda uslubiy salohiyati haqida ma'lum bir tasawurga ega 
bo'lish mumkin. Yangi mavzuni o'zlashtirishga bag'ishlangan namunaviy dars 
tafsilotini keltiraylik. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling