Abdug‘aniyev Bekzod Burxon o‘g‘lining


“Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning samaradorligini oshirish metodikasi”


Download 52.5 Kb.
bet3/3
Sana27.08.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1670792
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
такриз автореферат 2

“Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning samaradorligini oshirish metodikasi” deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarini tashkil etishning maqsadi va vazifalari, mazmuni, statistik tahlili va samaradorlik darajasi haqidagi fikrlar yoritilgan.
Tajriba-sinov ishlari 2019-2022 yillar mobaynida uch bosqichda: ta’kidlovchi (2019-2020 yy.), shakllantiruvchi (2020-2021 yy.) va yakunlovchi (2021-2022 yy.) bosqichlarda Jizzax viloyati Zomin tumani 4- va 26-umumiy o‘rta maktablarda (Jizzaxdan 179 nafar), Samarqand viloyati Nurobod tuman 51-maktab va Qo‘shrabot tumani 70-sonli umumiy o‘rta maktablari (Samarqanddan 209 nafar) va Navoiy viloyat Navbahor tumani 3-maktab va Xatirchi tuman 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida (Navoiydan 203 nafar) olib borilgan (Tajriba-sinov ishida jami 591 nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Shundan nazorat guruhida 299 ta va tajriba guruhida 292 ta o‘quvchi ishtirok etgan).
Olib borilgan tadqiqot ishining yakunlovchi natijalaridan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, barcha umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida H0 faraz rad etilib, H1 faraz qabul qilingan. Yakunlovchi bosqichdagi о‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarida tajriba va nazorat guruhlaridagi bilim darajasi turli xil, ular farqi mavjud, Styudent statistikasi qiymatlariga kо‘ra tajriba guruhlarida samaradorlik mavjud va 1,15 bо‘lib, nazorat guruhlariga nisbatan о‘rtacha 15% ga yuqori ekanligini statistik qiymatlar orqali isbotlangan. Umumiy samaradorlik tajriba guruhlarida nazorat guruhlariga nisbatan 1,15 barobar samaradorlikka erishilganligi kо‘rsatilgan.
Avtoreferat bilan tanishish jarayonida ayrim kamchiliklar aniqlandi, ya’ni matnda ayrim orfografik va stilistik xatoliklar mavjud.
Ushbu kо‘rsatilgan kamchilik ishda olingan ilmiy natijalar qiymatini pasaytirmaydi.
Abdug‘aniyev Bekzod Burxon o‘g‘lining “О‘quvchilarning loyihalash madaniyatini robototexnikaning didaktik imkoniyatlari vositasida rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi tadqiqot ishi tо‘liq tugallangan va ilmiy xulosalangan. Ishlab chiqilgan metodikani amaliyotga qо‘llash natijasida yuqori samaradorlikka erishilgan. Avtoreferat О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi talablari doirasida tayyorlangan va 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligiga mos keladi. Tadqiqotchi tomonidan e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya mazmun-mohiyatini tо‘liq yoritgan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, dissertantning о‘zi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bо‘yicha pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq, deb hisoblayman va ishni himoyaga tavsiya etaman.
Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling