Abdug’aniyeva Mahliyobonu Bahodirjon qizining «iv- sinflarda vaqt, masofa va tezlikka doir masalalar yechishni o’rgatish»


IV sinflarda masalalarni arifmеtik usul bilan yеchishga o’rgatish


Download 0.55 Mb.
bet5/6
Sana19.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1362809
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mahliyoxon

2.2 IV sinflarda masalalarni arifmеtik usul bilan yеchishga o’rgatish.
IV sinflarda masalalarni arifmеtik usul bilan yеchishga o’rgatish jarayonida masalaning хususiyatlarini va o’quvchilarning tayyorlik darajalarini hisоbga оlgan hоlda yuqоrida kеltirilgan yozuv fоrmalarining hammasidan fоydalanishni tavsiya qilish mumkin. Ammо baribir afzallikni qisqarоq yozuv shakliga, ayniqsa, masala bo’yicha ifоda tuzishga bеrish kеrak. Ammо ayni vaqtda shuni ta‘kidlash kеrakki, bir qatоr masalalarga nisbatan yеchimni alоhida amallar shaklida yozish ancha mоs kеladi. Masalaning sharti bo’yicha tuziladigan ifоda nihоyatda katta bo’ladigan hоllarda yoki ifоda tuzishda katta qavslarni kiritish talab qilinadigan hоllarda afzallikni yеchimni alоhida amallar bilan yozishga bеrish kеrak. Misоl uchun ikkinchi sinf darsligidagi ushbu masalani qaraymiz: Do’kоnda Ko’ylak, palto va kostyum birgalikda 100 ta edi. Kuylak 50 ta, palto undan 12 ta kam. Do’kоnda qancha kostyum bоr edi? Ammо bоshlang’ich sinflarda bоlalarni bu qavslarning qo’llanishi bilan tanishtirmaymiz. Shu sababli qaralayotgan (va shunga o’хshash) masala yechilishini alоhida amallar ko’rinishida yozish kеrak. Masalan, bunday yozish kеrak.
1) palto 50 - 12 = 38 (ta);
2) Ko’ylak bilan palto 50 + 38 = 88 (ta);
3) kostyum 100 - 88=12 (ta) bo’lgan.
Masalani sinfda yеchish uchun tayyorlashda o’qituvchi оldin yеchimni yozishning qaysi fоrmasidan fоydalanish kеrakligini o’ylashi kеrak, bunda u masala хususiyatlarini, o’quvchilarning tayyorlik darajalarini hisоbga оlishi zarurligi ravshan.


Yechish: 1-usul. Ushbu masala arifmetik mazmundagi masala bo’lib. Rasmga ko’ra sumka bilan kaptokning , kaptok bilan tuflining hamda uchala 187 buyumning birgalikdagi narxi ma‘lim. Uchala buyumning narxidan ikkita buyumning birgalikdagi narxini ayirish orqali bitta buyumning narxini topib olish mumkin.
12300 – 5750 = 6550 12300 – 8950 = 3350
Birinchi natija 6550 so’m tuflining, 3350 so’m esa sumkaning narxidir. Shartdan kelib chiqib,
8950 – 6550 = 2400 yoki 5750 – 3350 = 2400
Demak kaptokning narxi 2400 so’m ekan.
2-usul. Ikki talabdan bo’lgan narxlarni qo’shish orqali to’rtta sumka, tufli va ikkita kaptokning narxi kelib chiqadi. Bizga uchta buyumning birgalikdagi narxi ma‘lum edi. To’rtta buyumning birgalikdagi narxidan uchta buyumning birgalikdagi narxini ayirsak, natijada koptokning narxi kelib chiqadi.
8950 + 5750 = 14700 14700 – 12300 = 2400
Demak kaptokning narxi 2400 so’m ekan.
3-usul. Masalani tenglama tuzib quyidagicha yechishimiz mumkin.
Kaptok – x
Tufli –( 8950 – x )
Sumka – ( 5750 – x )
Demak shartga ko’ra:
x + ( 8950 – x ) + ( 5750 – x ) = 12300 14700 – x = 12300 x = 14700 - 12300 x = 2400 Demak kaptokning narxi 2400 so’m ekan.
Polizdan 180 kg sabzi,sabzidan 260 kg ortiq karam va sabzi bilan karamning birgalikdagi massasidan 150 kg ortiq kartoshka yig’ib olindi. Polizdan qancha kartoshka yig’ib olingan?
Sabzi – 180 kg
Karam - ?, 260 kg ortiq
Kartoshka - ?, 150 kg ortiq
Yechish: Ushbu masala arifmetik mazmundagi masala bo’lib, polizdan 180 kg sabzi, sabzidan 260 kg ortiq karam va sabzi bilan karamning birgalikdagi massasidan 150 kg ortiq kartoshka yig’ib olingani ma‘lum. Polizdan qancha kartoshka yig’ib olinganini quyidagicha topib olamiz:
180 + 260 = 440 (kg) 180 + 440 = 620 (kg) 620 + 150 = 770 (kg)
Tekshirish: Polizdan yig’ib olingan kartoshkanig miqdori 770 kg bo’lsa, u holda natijani 150 kg kamaytirsak, sabzi va karamning umumiy massasi kelib chiqadi. Undan sabzining massasini ayirsak, polizdan yig’ib olingan karamning miqdori kelib chiqadi, ya‘ni 770 – 150 = 620 620 - 180 = 440 (kg) Javob: 770 kg kartoshka yig’ib olingan.

XULOSA
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash lozimki, loyihalashtirilgan boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning metodik sistemasi jamiyatning rivojlanishi va ijtimoiy buyurtmasiga asosan tuzatish kiritish uchun ―ochiq‖ bo’lgan sistemadan iborat. Uni tuzilishidan boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning metodik sistemasini kasbiy-amaliy yo’naltirilganlikni inobatga olgan holda yaratish asosiga qo’yilishi mumkin bo’lgan bir qator metodik tamoyillar kelib chiqadi. Sistema tarkibiy qismlarining o’zaro kasbiy-amaliy bog’liqligi tamoyili metodik sistemaning tarkibiy qismlariga umumiy maqsadlar bilan birlashgan va umumiy qoidalar asosida qurilgan bir butun sifatida qaraydi. Ushbu tamoyil metodik sistema tarkibiy qismlarining ierarxiyasini belgilaydi, unga asosan albatta maqsadli, undovchi (motivatsion), mazmuniy (tarkibiy), jarayoniy tarkibiy qismlar bo’lishi lozim. Matematika o‘qitishning maqsadi. Boshqa har qanday o’quv predmeti kabi matematika boshlang’ich kursi matematika O‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1.Matematika o’qitishning umumta‘limiy maqsadi.
2.Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3.Matematika o’qitishning amaliy maqsadi. Matematika o’qitishning umumta‘limiy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
a) o’quvchilarga ma‘lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to’g’risida o’quvchilarga yetarli darajada ma‘lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo’limlarini o’rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o’quvchilar o’qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o’rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) o’quvchilarning og’zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim bo’ladi; Matematikani o’rganish o’quvchilarning o’z ona tillarida nutq madaniyatini to’g’ri shakllantirish, o’z fikrini aniq, ravshan va lo’nda qilib bayon eta bilish malakalarini o’zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
d) o’quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o’rgatish. Bunday bilimlar berish orqali esa o’quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling