Abdug’aniyeva Mahliyobonu Bahodirjon qizining «iv- sinflarda vaqt, masofa va tezlikka doir masalalar yechishni o’rgatish»
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi o‘quv predmeti sifatida
Download 0.55 Mb.
|
Mahliyoxon
1.2 Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi o‘quv predmeti sifatida.
1.Boshlang’ich matеmatikao’qitish mеtodikasi prеdmеti. Ulkan iqtisodiyo’zgarishlar yuz bеrayotgan hozirgi davrda matеmatikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matеmatik ta‘lim katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Rеspublikamiz hukumati yoshlarga ta‘lim va tarbiya bеrish tizimini takomillashtirish, ta‘lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga еtkazish vazifasini qo’ydi. 1997 yilda ta‘lim to’g’risida qonun‖ qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiyo’zgarishlar davrida maktabning roli yanadao’sganligi, maktabning bosh 10 vazifasi -o’quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim bеrish ularda iqtisodiy – matеmatik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamdao’quv rеja va dasturlarni ta‘lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga kеltirish to’g’risida fikrlar kеltiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida dеyarli barcha prеdmеtlar, jumladan matеmatikadan ham yangio’quv dasturi kiritiladi,o’qitish mеtodlari takomillashtiriladi. Boshlang’ich sinflar uch yilo’rniga 4 yillik ta‘limgao’tkazildi. Boshlang’ich sinflarning matеmatikadan yangi dasturlargao’tish munosabati bilan, yangi mеtodik tizim ishlab chiqildi. Boshlang’ich sinfo’quvchilariga matеmatikani muvaffiqiyat bilano’qitish uchun mеhnat faoliyatini boshlovchio’qituvchi matеmatikao’qitishning ishlab chiqilgan tizimini, ya‘ni boshlang’ich sinflarda matеmatikao’qitish mеtodikasini egallagan bo’lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kеrak. Mеtodika‖ grеkcha so’z bo’lib, mеtod‖ dеgani yo’l dеmakdir. Matеmatika mеtodikasi pеdagogika fanlari tizilmasiga kiruvchi pеdagogika fanining tarmog’i bo’lib, jamiyat tomonidan qo’yilgano’qitish maqsadlariga muvofiq matеmatika qonuniyatlarini matеmatika rivojining ma‘lum bosqichida tadqiq qiladi. Matеmatika boshlang’ich ta‘lim mеtodikasining prеdmеti quyidagilardan iborat: 1. Matеmatikao’qitishdan ko’zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchuno’qitiladi). 2. Matеmatikao’qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya‘ni matеmatikadan qaysi matеrial boshlang’ich sinflardao’rganilishi, nima uchun aynan shu matеrial tanlanishi, boshlang’ich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasidao’rganilishi, mavzular qanday tartibdao’rganilsa, eng ratsional bo’lishi ko’rsatiladi). 3.o’qitish mеtodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qandayo’qitish kеrak, ya‘nio’quvchilar hozirgi kunda zarur bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalarni va aqliy qobiliyatlarini egallab oladigan bo’lishlari uchuno’quv ishlari mеtodikasi qanday bo’lishi kеrak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo’shish va ayirishni qandayo’rganish kеrak, jumladan, bu mavzuda qo’shishningo’rin almashtirish xossasini qanday ochib bеrish kеrak?). 4.o’qitish vositalarini – darsliklar, didaktik matеriallar, ko’rsatma - qo’llanmalar va tеxnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamidao’qitish?) kerak! 5. Ta‘limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta‘limning darsdan tashqari formalarini qandayo’tkazish?o’quv ishlarini qanday tashkiliy mеtodlardao’tkazish kеrak?o’quv prosеssida ta‘limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kеrak?). Shunday qilib, o’qitishning maqsadlari, mazmuni mеtodlari, vositalari va shakllari mеtodik tizimning asosiy komponеntalaridir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik fikrlash faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishning metodik tizimi Metodik masalalarni yechishda ko’pgina hollarda olingan natijalarni bir muncha umumlashtirilgan tarzda, ya‘ni aniqlangan xossalarni yoki xarakteristikalarni sistemali tarzda aks ettiradigan qilib taqdim qilishga zarurat tug’ilib qoladi. Sistema (yunoncha sustema – qismlardan tashkil topgan, qo’shilgan) – bir butunlik sifatida tashkil topgan obyektni ifodalovchi tushuncha. Sistema tushunchasi element, aloqadorlik, bir butunlik, yaxlitlik, birlik, struktura, ierarxiya, elementlar o’rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari va shu kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog’liq holda ifodalanadi. O’qitish vositalarining umumqabul qilingan zamonaviy tipologiyasida o’qitishning o’quv-material bazasi, quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: nashriy vositalar (dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalari, masalalar to’plamlari, o’quvso’rov va o’quv-metodik qo’llanmalar, xrestomatiyalar, tarqatma materiallar va sh.o’.), ko’rgazmali yuzali vositalar (plakatlar, jadvallar va x.), namoyish qilish vositalari (stendlar, namoyish qilish modellari va h.), elektron ta‘lim uskunalari (multimediya darsliklari, tarmog’iy ta‘lim uskunalari va h.), eshittirish-ko’rsatish (audiovizual) vositalari (slaydlar, ta‘lim videofilmlari, o’quv kinofilmlari, raqamli tashuvchilardagi o’quv filmlari), o’quv asboblari (o’yin kubiklari, ruletkalar, sharli kutilar va h.). Matematika o’qitishning nashriy vositalari maktab matematika kursi matematika yo’nalishining o’quv-metodik majmuasini tarkib toptirishi mumkin. Tarkibi bo’yicha turlicha, bajaradigan vazifasi bo’yicha esa bir bo’lgan nashriy vositalar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda amal qilishi mumkin, biroq bajaradigan vazifalari bo’yicha o’zaro bog’liq joylari ham bor. Ularning barchasi bir butun kabi, sistemani namoyon qilib maydonga chiqadilar. o’qitishning nashriy vositalariga quyidagilar kiritiladi: dastur, darslik va o’quv qo’llanma, masalalar to’plami, o’quv-so’rov va o’quv-metodik qo’llanmalar, xrestomatiya, tarqatma materiallar. Matematika o’qitish amaliyotida ko’rgazmali vositalardan foydalanish o’qituvchining so’zi bilan birgalikda olib boriladi. So’z vositasida o’qituvchi o’quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi, o’quvchilar esa obyektning tashqi qiyofasi, yuz berayotgan haqiqiy jarayonlar to’g’risidagi bilimlarni kuzatilayotgan obyektdan olishadi. Yohud, aksincha, narsaning tashqi qiyofasi, yuz berayotgan haqiqiy jarayonlar to’g’risidagi bilimlarni o’quvchilar o’qituvchining og’zaki 17 hikoyasidan olishadi, ko’rgazmali vositalar esa og’zaki ma‘lumotlarni tasdiqlash yoki oydinlashtirish imkonini beradi. Ko’rgazmali o’qitish qo’llanmalari matematikaga o’qitishning turli bosqichlarida foydalaniladi: o’qituvchi tomonidan yangi materialni tushuntirishda, uning o’quvchilar tomonidan mustahkamlanishida, o’rganilgan materialni takrorlash va o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning bilimlari tekshirilganida, xuddi shuningdek, sinfdan tashqari o’qishda. Ular dasturning tarkibiga va darslikka, o’qitish uslubiga, o’quvchilarning yoshiga doir xususiyatlariga mos kelishi, xuddi shuningdek, muayyan ilmiy, sanitar-gigiyenik, texnik va iqtisodiy talablarga javob berishi lozim. Metodik sistemaning nazorat-diagnostika tarkibiy qismi nazorat-diagnostika tarkibiy qismi boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematik tayyorlash sifatida DTS va me‘yoriy hujjatlar bilan belgilangan talablarini aks ettiradi. Mazkur tarkibiy qism pedagoglar va o’quvchilarning hamkorligini, o’qituvchi tomonidan nazoratni va o’quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan o’z-o’zini nazoratni: og’zaki nazorat (individual va frontal so’rov), yozma nazorat (test o’tkazish, nazorat va mustaqil ishlarni bajarish) va o’z-o’zini nazorat qilish (o’z ishi natijalarini tahlil qilish va yo’l quyilgan xatolarni topish, o’quv materialini o’zlashtirish darajasi yuzasidan o’z-o’zini nazorat qilish). Boshlang’ich matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: a) o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. b) o’quvchilarda matematikani o’rganishga bo’lgan qiziqishlarni tarbiyalash. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. d) o’quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o’rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o’quvchilarni atroflicha fikrlashga o’rgatadi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning amaliy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: a) o’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o’rgatish, o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o’rgatish; b) matematika o’qitishda texnik vosita va ko’rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish; Bunda asosiy e‘tibor o’quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. d) o’quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o’rgatish. o’quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og’zaki va yozma xulosalar qilishga o’rganishlari kerak. O’qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o’quvchilarning o’rganilayotgan materialni o’zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o’quvchilardan og’zaki so’rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog’liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. Boshlang’ich maktabda matematika o’qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o’quvchilardan individual yozma so’rov o’tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba‘zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o’zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang’ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo’ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo’ljallangan) o’qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko’proqdir. Boshlang’ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo’yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g’oyasiga ko’ra ma‘lum mavzu bo’yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o’zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to’la aniqlangan darajada o’zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Matematika o’qitish metodikasida ―o’quv materialini o’zlashtirilish darajasi‖ tushunchasining mazmuni to’la ochib berilmagan. o’qituvchilar uchun qo’llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig’i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas. Amaliyotda o’qituvchilar ko’pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san‘atkorona tuzilgan bo’lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g’oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o’rgatuvchi mashina o’qituvchining intuitsiyasini, ya‘ni hissiyotini almashtira olmaydi. Shunday qilib, didaktik materiallarni o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o’qituvchi uchun eng yaxshi usul bo’lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o’qituvchini o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. 20o’quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash. I–IV sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifasi bo’lgan ta‘limtarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo’yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog’liq. Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o’quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya‘ni past bilimga ega bo’lgan o’quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o’quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. o’qituvchi quyidagi tartibda o’quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi: 1. Nechagacha sanashni biladi? 2. Nechagacha sonlarni qo’shishni biladi? 3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?. 4. >, 5; (8-35) kiritiladi bunda tengsizliklar tanlash yo’li bilan yechiladi. o’zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o’quvchilarni funksional tasavvurlarini egallashlariga imkon beradi. Geometrik material bolalarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek arifmetik qonunyatlarni bog’lanishlarini ko’rsatmali konkret illyustratsiyalash maqsadlariga xizmat qiladi (masalan, to’g’ri to‘rtburchakning teng kvadratlariga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning xossasini illyustratsiyalashda foydalaniladi va h.k.). Sinfdan boshlab dastur geometrik figuralar to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklarva ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokazolar kiritiladi. o’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni atashniva katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligin, ko’pburchak perimetrini to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (poletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak. Boshlang‘ich matematika kursining tuzilish xususiyatlari. Maktabning IV sinfida o’rganiladigan matematika kursi maktab matematika kursining asosi bo’lib, V sinflarning matematika kursi boshlang’ich davomi, boshlang’ich kurs esa uning boshlang’ich bazasi degan so’z. Shu munosabat bilan matematikaning boshlang’ich kursiga manfiy bo’lmagan butun sonlar va asosiy kattaliklar arifmetikasi, algebra va geometriya elementlari kiradi. Boshlang’ich matematika kursining tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchi xususiyati. Arifmetik material kursining asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang‘ich kursining asosiy o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. Bundan tashqari bu kursga geometriya elementlari va boshlang’ich algebra elementlari birlashadi. Ikkinchi xususiyati. Boshlang’ich kurs materiali kontsentrik o’rgatiladi. Dastlab birinchi o’nlik sanoqlarni (ularni o’nli sonlarga ajratib bo’lmaydi) nomerlash o’rganiladi, bu sonlarni bilish uchun raqamlar kiritiladi, qo’shish va ayirish amallari o’rganiladi. So’ngra 100 ichidagi sonlarni nomerlash qaraladi, son tushunchasi, uni xonalarga ajratish mumkin bo’lgan sonlarni yozishning pozitsion prinsipi ochib beriladi, ikki xonali sonlarni qo’shish va ayirish o’rganiladi, ikkita yangi amal ko’paytirish va bo‘lish kiritiladi. Keyinroq 1000 ichidagi sonlarni nomerlash o’rganiladi. Bu yerda ko’p xonali sonlarni nomerlashni asosi bo‘lgan uchta xonali (birlar, o‘nlar, yuzlar) kiritiladi. Arifmetik amallar to’g’risidagi bilimlar o’zlashtiriladi, yozma qo’shish va ayirish usullari kiritiladi. Faqat ko’p xonali sonlarni nomerlash o’rganiladi, sinf tushunchasi qaraladi, raqamning o’rniga ko’ra qiymatini bilish umumlashtiriladi yozma hisoblash algoritmlari kiritiladi. Shunday qilib kursda to’rtta kontsentr o’rganiladi: o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling