1-bosqich— 6 yoshdan 17 yoshgacha; 2-bosqich—18 yoshdan 33 yoshgacha; 3-bosqich — 34 yosh va undan katta yoshda bo‘lganlar uchun. Musobaqada ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Ishchi guruh tomonidan shakllantiriladi. Bunda musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslar Ishchi guruhga ariza bilan murojaat qiladi va sog‘lig‘i yuzasidan tegishli ma’lumotnomani taqdim qilgan holda ro‘yxatga kiritiladi Musobaqani o‘tkazishda tegishli sport turi bo‘yicha malakali mutaxassislar va hakamlar kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin. Musobaqani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi bosqichlarining g‘olib va sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari (guvohnomasi bilan) topshiriladi hamda tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi mumkin, shuningdek maxsus testlarni topshirish jarayonida rekordlar aniqlanadi. “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami hisobidan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |