Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Batial – yunoncha “chuqur” okeanlarda 6000 m gacha chuqurlikga aytiladi. Batiskaf -


Download 0.77 Mb.
bet14/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Batial – yunoncha “chuqur” okeanlarda 6000 m gacha chuqurlikga aytiladi.
Batiskaf - (yun. bathus — chuqur va skaphos — kema) — chuqur suv ostida okeanografik va b. tadqiqotlar olib borish uchun mo’ljallangan o’zi yurar apparat. Suvdan yengil suyuqlik (benzin) to’ldirilgan korpus va po’lat shar (gondola)dan iborat. Korpusida ballastli tsisterna-lar va akkumulyatorlar batareyasi bor. Gondolasida B. ekipaji (1 — 3 kishi), bosh-qarish apparatlari, havo almashtirish tizimi, radiostantsiya, ultratovush te-lefoni, televizion kamera va i. t. asboblari bo’ladi.
Batolitlar (yunoncha-chuqurdagi tosh) - ko’pincha antiklinallarning o’q qismida joylashib yirik ko’tarilgan relef shakllarini hosil qiladi. Masalan, zarafshon tizmasining g’arbiy qismida, zakavkazeda granitli batolitlardan hosil bo’lgan tog’ massivlarini ko’rish mumkin.
Batsila - kasallik qo’zg’atuvchi va tarqatuvchi mikrop organizm.
Batustanlar - milliy ozotlik kurashini susaytirish uchun qabila belgisiga ko’ra aholini tarqoq xolda joylashtirish maqsadida JAR xududa irqchilar xukumati tomonidan barpo yetilgan soxta davlatlar.
Batxis – shamol ko’p esadigan yalanglik.
Bayer – qum, qumoq jinslarning tarqalgan ko’llarda shamolning o’yishi faolyati natijasida bo’ladi.
Bayir – qorabel balandliklari ustida joylashgan uzun-uzun cho’zilgan tepaliklar ularning nisbiy balandligi 50m atrofida bo’ladi.
Bazalt – lavaning sovishidan vujudga kelgan tog’ jinslari.
Bedlend (inglizcha-yomon erlar) – Gilli cho’llarda o’simlik bilan juda siyrak qoplangan yonbag’irlarda jala yog’inlari, sellarning ishlaridan zich jar jo’yaklarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunday yonbag’irlar qishloq xo’jaligi uchun noqulay yerlar bo’lib hisoblanadi.
Bent – suv chiqarish uchun quriladigan to’g’on.
Bentos – bentosning butun hayoti yoki hayotini ko’p qismi suv xavzasining tagi bilan bog’liq.
Bergishtrixlar - nemischa, berg- yog’ shyrix- qiyofa. Topografik xaritalarda yonbag’irlarning qaysi tomonga pasayib borishini ko’rsatish uchun gorizontallarga tik qo’yiladigan chiziqchalar.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling