Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar
Download 0.77 Mb.
|
Geografiya atamalari.2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zoologiya parklari (hayvonot bog‘lari
Yuk oboroti (gruzooborot) – yuk tashish jarayonida bajariladigan transport ishidir, u tashilgan yuk hajmini o’rtacha tashish masofasiga ko’paytirish yo’li bilan aniklanadi (T-km):
Yut - sovuq vaqtda yomg’ir tomchilarining yer yuzasida, o’simliklar ustida muzlab, yupqa muz qatlami hosil bo’lish hodisasi. Yut odatda harorat -0o dan -3o gacha, ba’zan undan ham sovuq bo’lganda ro’y beradi. Qor erib, yana sovuq tushishi natijasida qotib, muz qatlamini hosil qilishidan ham yut bo’ladi. Yut hodisasi yaylovdagi mollar uchun juda xavfli, ba’zan ovqat topib yeyolmay, ko’plab qo’ylar qirilib ketadi. Buning oldini olib, qishga yaylovlarda pichan g’amlab qo’yiladi. Qish oxirida, hut oyida qor eriy boshlaydi. Lekin ba’zan birdan havo sovib eriyotgan qor muzga aylanadi. Chorva mollari yaylovda ozuqlana olmay qoladi. Shundan hut oyi haqida “ Yaxshi kelsa hut, yomon kelsa yut” deyiladi. Zakaznik - tabiat kompleksining o’simlik, tuproq, hayvonat dunyosi, foydali qazilmalari yoki boshqa qismlari qonun bilan qo’riqlanadigan, ko’paytiriladigan hudud. Ovchilikka xizmat qiluvchi zakazniklar ko’proq tashqil etiladi. Z. larda nodir, foydali o’simliklar va hayvonotlar ko’paytirilib, boshqa joylarga tarqatilishi ham mumkin. Z. lar muddatiga qarab uzoq vaqtga mo’ljallangan, qisqa vaqtga mo’ljallangan, muddatsiz bo’lishi mumkin. Vazifasiga qarab, landshaft z., ko’l z., ovchilik z., qushlar z., o’simliklar z., bo’ladi. Dengiz va okeanlarning muayyan qismi ham Z. ga aylantirilishi mumkin. Zona - yunoncha zone - mintaqa, kambar yer. Yer yuzasining tabiiy geografik hamda landshaft jihatidan bo’linishining bitta birligi. Geografik mintaqalarning bir qismi. z. lar bir-birlaridan tabiiy geografik jarayonlarning xususiyatlariga, iqlimi turi, o’simlik, tuproq va hayvonlariga ko’ra farq qiladi. Yer yusida Arktika cho’llari, tundra, o’rmon-tundra, tayga, aralash o’rmonlar, kengbargli o’rmonlar, o’rmon-dashtlar, dasht, chala cho’l Z. lari bor. Z. lar iqlim, o’simliklar, tuproqlar zo’nalariga bo’linadi. Zoologiya parklari (hayvonot bog‘lari) - ekologiya ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish, hayvonlarning nodir ekzotik va mahalliy turlari ekspozitsiyalarini yaratish, ularning genofondini saqlab qolish, yovvoyi hayvonlarni o‘rganish, ularni tutqunlikda ko‘paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Ular ham tabiiatni muhofaza qilish muassasalari hisoblanadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling