Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Iqtisodiy - ekologik siyosat -


Download 0.77 Mb.
bet54/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Iqtisodiy - ekologik siyosat - iqtisodiy siyosatning o‘ziga xos turi va yo‘nalishidir. Iqtisodiy - ekologik siyosat – davlatning tabiiy muhit va tabiiy resurslardan foydalanish, ularni saqlash, asrash, muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol sohalarida maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan tadbirlar tizimidir. U mamlakatning iqtisodiy - ekologik manfaatlarini aks ettirishi va ekologik xavfsizlikni mustahkamlashga yo‘naltirilishi lozim.
Iqtisodiy - ekologik tizimlar – ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatdagi tabiiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangan harakatini ifodalaydigan iqtisodiyot va tabiat integratsiyasidir. Iqtisodiy - ekologik munosabatlar – insonlar o‘rtasida tabiatdan foydalanish, ekologik tizimlarni tiklash va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash, ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlardir.
Iqtisodiy faol aholi - aholining ishlab chiqarishning turli sohalarida va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan qismi.
Iqtisodiy integratsiya - lotincha integer - yaxlit so’zidan olingan bo’lib, integratio - to’ldirish, birlashish ma’nolarini beradi. Ya’ni hozirgi davrda alohida xo’jalik tarmoqlarining ko’p va arzon mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida bir-birlariga qo’shilishi yoki birlashishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishi, talab etiladi. Bu jarayon tabora kengayib bormoqda.
Iqtisodiy makon – ishlab chiqarish tarmoqlari odatda samarali faoliyat ko’rsatishi uchun to’siqlarsiz keng harakatlanish uchun sharoit bo’lishi talab etiladi. Bunda ma’muriy-siyosiy cheklashlar, davlatlar va hududlararo chegaralar bartaraf etilishi lozim.
Iqtisodiy nofaol aholi – davlat va ayrim kishilar qaramog’ida bo’lgan, hech qayerda ishlamaydigan aholi.
Iqtisodiy rayon - mamlakat xalq xo‘jaligining hududdiy bir bo‘lagi. Har qanday iqtisodiy rayon uning geografik o‘rni, tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlariga mos bo‘lgan boshqa hududlar bilan oqilona mehnat taqsimotiga tayangan xalq xo‘jaligining asosiy vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan ixtisoslashuvga; rayonning iqtisodiy va hdudiy tarkiblari eng muhim elementlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlik unga yuklatilgan asosiy xalq xo‘jaligi vazifalarini bajarishga ham, mahalliy ehtiyojlarni qondirishga ham imkon beruvchi majmua belgiga; hududiy va tarmoqlar miqyosida boshqarish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi. Har qanday iqtisodiy rayonning asosida hududiy ishlab chiqarish majmui yotadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling