Sioen - Yaponyada chek yerlar shunday atalgan. Soliqlardan ozod etilgan, meros bo’lib o’tgan.
Sionizim - Qudduz yaqinidagi Sion tog’i nomidan olingan.1897 yilda yuzaga kelgan va dunyodagi barcha yaxudiylarni Falastinga ko’chirish hamda u yerda yaxudiylar tashqil etish maqsadida e’lon qilingan harakat.
Sirt — Tyanshan tog’larida 3000 — 4000 m balanddikda joylashgan usti tekis, salgina to’lqinsimon yerrlar, tekislangan yuzalar. Sirtlar tog’larning mezazo’y erasida pasaygan va tekislangan hamda keyinchalik qayta ko’tarilgan qoldiqlaridir.
Sitabilist - lotincha, “barqaror”. Iqtisodiyotni mustaxkamlash muntazam barqaror holatga keltirish yoki bu holatni uzoq muddat davomida saqlab turish.
Siyosat - inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri, har bir insonning o’zga insonlar bilan bevosita munosabatlari. Siyosat sohasi o’z navbatida axloq va huquq qatlamlaridan iborat bo’lib, ularning har birini o’rganuvchi alohida fan yo’nalishlari mavjud.
Siyosatshunoslik - (Politologiya) - siyosat sohasini o’ziga xos muayyan yo’nalishda o’rganuvchi fan bo’lib, uning asosiy mavzusi (predmeti) davlat tizimi va siyosiy partiyalar, demokratiya va ijtimoiy adolat masalalarini qamrab oladi. Bugungi kunda siyosiy fanlar alohida tizimni tashqil etishidan tashqari agar siyosat sohasini keng ma’noda olib qaraladigan bo’lsa, huquqshunoslik, axloqshunoslik, jamiyatshunoslik kabi yana bir qator zamonaviy fanlar ham ayni shu sohaga oid masalalar bilan bevosita shug’ullanishini nazarda tutish lozim. Ulardan ba’zilari, masalan axloqshunoslik, bir paytning o’zida ma’naviyat sohasiga ham bevosita aloqador fanlar tizimiga kiradi.
Siyosi konsensus – ikki va undan ortiq dalatlar o’rtasida imzolangan siyosiy kelishuv to’g’risidagi shartnoma.
Siyosiy geografiya – ijtiomiy geografiyaning bir bo’limi bo’lib jamiyatda siyosiy hayotning hududiy tashqil etilishi qonuniyatlarini o’rganadi.
Skarn – Shvеtsiyada Skarn dеb nomlangan tog’liklar bor. Shu tog’liklarda granat, piroksеn, vollastonit, amfibol kabi magma jarayonlaridan so’ng hosil bo’lgan minеrallar to’plami bo’lib, ular tarkibida mis, rux, qalayi, volfram, molibdеn va boshqa mеtalli ma'danlar ham uchraydi. Bular birinchi marotaba shu tog’da topilganligi uchun «skarn» dеb nomlangan. Skarnlarni hosil bo’lish sharoitiga ko’ra – «kontakt mеtosomatik» konlar dеb yuritadilar.
Smog – yirik sanoat shaharlarida (AQSH, Evropa, Yaponiya va boshqalar) tutun, qurum, kul zarralari, chang, yoqilg‘i bug‘i kabilar aralashmasidan iborat zaharlangan havodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |