Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet15/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Bergshtrix – yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo’lsa, gorizantallarga qiya tomonga ko’rsatuvchi chiziqchaga aytiladi.
Berk havza — suvi okean va dengizlarga oqib chiqmaydigan daryo yoki ko’l havzalari (q. Berk o’lka).
Berk ko’llar — suvi oqib chiqmaydigan ko’llar. B. k. suvlari, asosan, bug’lanadi va qisman yer ostiga sizib ketadi. Dasht va chala cho’l zonalaridagi berk o’lkalarda va abadiy muzloq yerlar keng tarqalgan joylarda ko’p uchraydi. B. k. SHarqiy Sibir va Saxa (Yakutiya)da, O’rta Osiyoda ko’p. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Lobnor, Ulik dengiz, Issiqko’l va b. ko’llar B. k.dir. Qurg’oqchil iqlimli joylardagi B. k.larning suvi sho’r bo’ladi.
Berk o’lka — oqar suvlari ichki dengiz yoki okeanga borib quyilmaydigan o’lka. Iqlimi qurg’oq bo’lganidan B. o’.da suv kam bo’ladi. Ayrim daryolargina kesib o’tib, okeanga quyiladi (masalan:. Nil daryosi). B. O’ .da bunday daryolarga odatda kuyi va o’rta oqimida birorta ham irmoq kelib quyilmaydi, aksincha, sug’orishga sarf bo’lishi, yer ostiga sizib ketishi va ko’plab bug’lanishi natijasida daryolarning suvi kamayib boradi. Yog’inning hammasi bug’lanib ketadi. B. o’. esa sug’orishga sarf bo’lishi, bug’lanishi va yer ostiga sizib ketishi natijasida yo’l-yo’lakay tugab ketadi. Eng katta B. o’.lar Afrika va Osiyoda. Kaspiy dengizi havzasi va O’rta Osiyo (Orol dengizi va Balxash ko’li) havzalari eng katta B. o’.lardan hisoblanadi.
Betaraf zona — manfaatdor davlatlar o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan harbiy harakat maydoniga aylantirilmaydigan, harbiy baza sifatida foydalanishga yo’l qo’yilmaydigan hudud. Davlatlar hududining ba’zi yer maydonlari yoki ular suverenitetiga kirmaydigan yerlar ham B. z.ga aylantirilishi mumkin. B. z. manfaatdor davlat tomonidan bir tomonlama tartibda yoki xalqaro shartnoma asosida tashqil etiladi. Qirg’oq bo’yida joylashgan biron-bir davlat tomonidan boshqa davlatlar o’rtasidagi urush paytida o’z xavfsizligini ta’minlash uchun muvaqqat B. z. tuzilishi mumkin. Muvaqqat B. z.lar sirasiga urushlarda katnashayot-gan tomonlar muzokaralar olib borish (mae, harbiy asirlarni, yarador va bemorlarni almashish, sulh tuzish haqida), madaniy va tarixiy yodgorliklarni muhofaza etish uchun belgilaydigan zonalar ham kiradi. B. z.larni tuzish bilan bir vaqtda ko’pincha demilitarizatsiya amalga oshiriladi.
Betaraflik - neytralitet (nem. Neutralitet, lot. Neuter—u ham, bu ham emas)—1) ikki va undan ortiq tomonlarning nizo va tortishuvlariga aralashmaslik; 2) davlatning urushda va harbiy-siyosiy ittifoqlarda qatnashmaslik siyosati va o’ziga xos huquqiy maqomi. B.ning quyidagi turlari mavjud: eventual betaraflik (urush vaqtida)—davlatning biron-bir urushda katnashmasligi; doimiy betaraflik (Shveytsariya, 1825 y. va Avstriya, 1955 y.dan)—davlatning hech qachon urushni keltirib chiqaruvchi siyosat olib bormasligi; shartnomaviy betaraflik; an’anaviy betaraflik (uzoq vaqt davomida Shvetsiya amal qilayotgan betaraflik siyosati); ijobiy betaraflik—2-jahon urushidan keyingi yillarda rivojlanayotgan mus-taqil davlatlarning harbiy va siyosiy.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling