Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet16/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Biatoma loyqasi – okeanlarning sovuq suvlari tagida tarqalgan bu loyqa diatoma suv o’tlari xossasi hamda boshqa yo’l bilan paydo bo’lgan jinslardan tarkib topgan. U namligida sarg’ish sur tusli, quruganda esa deyarli oppoq unga o’xshash qumli jinsdir.
Bill - inglischa qonunlar loyaxasi Konstituttsiyaga tenglashtirilgan xujjatlirning nomi.
Binlryar tizim-ikki buyuk davlat qarma-qarshiligiga asoslangan va ular tomonidan yaratilgan xarbiy sayosiy bloklar tizimi.
Biogеn sharoit – (bios- hayot, gеnеz – paydo bo’lish dеmakdir). Suv xavzalaridagi hayvonot va o’simlik olami hayot faoliyatlari hisobidan hosil bo’layotgan cho’kindilar hosil bo’lishi sharoitlari.
Biologik resurslar - jonli tabiat resurslari bo‘lib, ular o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan tarkib topgan va barcha muhitlarda – yerda, suvda, havoda tarqalgan. Biologik resurslar – kompleks resurslardir: ularga produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar kiradi.
Biosfera qo’riqxonasi - qo’riqlanadigan hudud (qo’riqxona, milliy bog va b.). B. q. muayyan hududdagi eng noyob tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish i. t. ishlari, atrof mu-hitning uzok, muddatli monitoringi va b. ishlar bilan birga qo’shib olib boriladi. B. q. barpo etish 1973 y.dan boshlab «Inson va biosfera» dasturi bilan bog’liq holda paydo bo’ldi. Jahonda 300 dan ortiq B. q. ishlaydi, jumladan, O’zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga qaraydigan Chatqol biosfera qo’riqxonasi bor.
Biosfera - Yerning organik hayot rivojlangan qismini birlashtiruvchi qobiqdir. Biosfera gidrosferani to’liq, litosferaning yuqori va atmosferaning quyi qismini qamrab oladi.
Biotelemetriya - biologik telemetriya (bio..., tele... va ...metriya) — biologik hodisalarni tadqiq etish va biologik ko’rsatkichlarni (mae, kosmo-navtlar, sportchilarning tomir urishi, qon bosimi, haroratini) masofadan turib o’lchash va tekshirish usullari majmuasi. B. tekshirishlarni olis masofadan turib ham (mae, kosmik uchishlarda) yoki o’rganiladigan ob’ektning harakati paytida (mae, sport musobaqalari yoki meh-nat faoliyati paytida) o’tkazish imkonini beradi. B.da o’rganilayotgan ob’ektga (odam va hayvonga) maxsus datchiklar o’rnatiladi; ulardan chiqayotgan signallar aloqa kanallari orqali qabul punktiga uzatiladi va u yerda qayd etiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling