Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Din - ko’pgina ulomolarning fikricha Alloh tomonidan o’z elchilari orqali joriy etilgan iloxiy qonunlar. Dinamik ekologiya


Download 0.77 Mb.
bet28/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Din - ko’pgina ulomolarning fikricha Alloh tomonidan o’z elchilari orqali joriy etilgan iloxiy qonunlar.
Dinamik ekologiya - dinamik-evolyusiya yo‘nalishida organizmlarning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarining qonuniyatlarini o‘rganish.
Direktsion burchak - o’q meridian yoki unga parallel bo’lg’an abstsissa chiziqning shimol tomoni bilan yo’nalish chizig’i orasida hosil bo’lgan burchakka aytiladi. Azimut va rumb burchaklari plan olish vaqtida turli burchak o’lchash asboblari bilan o’lchanadi. Direktsion burchak esa topografik kartalarda transportir yordamida o’lchaniladi.
Diskriminatsiya(lot) - kamsitish, xo’rlash past nazar bilan qarash.
Dislokatsiyalar- lotincha, dislokatsio-siljish. Yer po’stidagi tektonik harakatlar natijasida tog’ jinslarining yotish holati o’zgarishi.
Disput-o’rta asrlar yevropa unversitetlarida bahs-munozarali dars.
Dissidentlar - lotincha, muvofiq bo’lmagan boshqacha fkrlovchi. Davlat ichki va tashqi siyosatida davlat nuqtai nazarini yoqlamaydigan va mamlakatda hukumron g’oyalarga ko’shilmaydigan fuqorolar.
Dissimmetriya – vodiylar yon bag’rining balandligida va shaklida aks etadigan belgiga aytiladi.
Diversifikatsiyasi - hududiy taxlilda sanoatning urbanistik tarkibiga alohida e’tibor beriladi. Sababi – sanoatning hududiy tarkibi bu, eng avvalo, uning turli yiriklardagi shaharlarda mujassamlashuvi demakdir. Shuning uchun shaharlarning sanoati, ulardagi sanoat tarmog’ining turlanishi, ixtisoslashuvi, iqtisodiy samaradorligi va boshqa masalalar o’rganilishiga aytiladi.
Divident - lotincha , taqsimlangan narsa.Aksiyadorlar jamiyati foydasining aksiya egasining har yili beriladigan va uning daromadiga aylanadigan qismi.
Do’ng qum - o’simliklar bilan mustahkamlangan yoki chala mustahkamlangan tepa, qator tepa shaklidagi qumlar. O’simliklar atrofida shamol sekinlashib, qum to’planishidan hosil bo’ladi. D. q. lar odatda chuchuk yoki sho’rtob yer osti suvlari 3m dan 5m gacha chuqurlikda bo’lgan joylarda vujudga keladi. O’rta Osiyoda Qizilqum, Qoraqum, Qoraqalpoq cho’lida ko’proq uchraydi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling