Demografik po’rtlash – aholi sonining tez sur’atlarda o’sishi.
Demografik siyosat – davlat tomonidan aholining miqdoriy rivojlanishini boshqarishga qaratilgan siyosat.
Demografiya – (yun. demos- xalq, axoli) axolining takror barpo bo’lishi qonunyatlarini o’rganuvchi ijtimoiy geografik fan.
Demokirotsia – mahalliy sharoitda davlat chegarasini o’rnatishdir. Hozir zamon xalqaro xuquqiga muvofiq chegaralarini ikki asosga ko’ra: 1. Xalq va millatlar tomanidan o’z taqdirini o’zi belgilash xuquqini amalga oshirishlar natijasida (bu odatda davlatlarning bo’linish yoki qo’shilishi yuz beradi va tabiyki uning oqibatida yangi davlat chegaralarini o’rnatish yoki bekor qilishga. 2. Chegaradosh davlatlar o’rtasida uncha katta bo’lmagan hududlarin almashtirish natijasida chegarasini o’zgartirish mumkin.
Demokratik adabiyot - hukumron tabaqalar manfatiga emas xalq manfatlariga uning kelajagiga xizmat qiluvchi vaqelikning xaqqoniy aks ettiruvchi adabiyot.
Dendrologiya parklari va botanika bog‘lari - tabiiat muhofazasi muassasalari bo‘lib, ularning vazifasiga o‘simlik olami xilma-xilligini asrash va boyitish maqsadlarida o‘simliklarning maxsus kolleksiyasini yaratish, shuningdek, ilmiy, o‘quv va ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish kiradi.
Dengiz - okeanlarni ozmi ko’pmi geografik to’siqlar bilan ajralib turadigan kattagina chekka qismlari dengizlar deyiladi.
Denudatsia bazasi – tashqi kuchlar ta’sirida yemirilgan tog’ jinslarining to’planadigan joyi.
Denudatsion tekislikla - balandliklar va tog’lar denudatsiya ta’sirida yemirilib tekislikka aylanishidan relef vujudga keladi.
Denudatsiya (lotincha-ochilib qolish) - nurash mahsulotlarining nisbatan past joylarga olib ketilishi jarayonlari yig’indisiga aytiladi. Denudatsiya oqar suvlar, muzliklar va shamol natijasida ro’y beradi, tik yonbag’irlarda esa nuragan jinslar qulaydi va og’irlik kuchi ta’sirida pastga surilib tushadi. Demak, denudatsiya shakllari nuragan jinslarni boshqa joyga olib ketishilishidan vujudga kelar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |