Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet34/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Energiya tizimi – iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qatnashadigan va bir-biri bilan elektr liniyalari bilan bog’langan yirik elektr stantsiyalar birlashmasi.
Entrizuf - jinslar sekin sovib to’la kiristallanadi.
Eol – (qadimgi yunonlarning shamol xudosi). Eol nomidan olingan shamol ishi ta’sirida yer yuzasining o’zgarish jarayonlari.
Eon (eonotema) - eng yirik geoxronologik birlik bo’lib, uning davomiyligi ko’plab million, hatto, milliard yillarni tashqil etadi. Yer tarixida arxey, proterozoy va fanerozoy eonlari ajratiladi. Arxey va proterozoy tokembriy yoki kriptozoy nomi bilan yuritiladi, muzlangan.
Epigenetik (yunoncha epigenenez - keyin paydo bo’lgan) - yerosti suvlari tog’ jinslari vujudga kelgandan so’ng yoki dengizdan sizib o’tgan suvlardan hosil bo’ladi.
Epigrafika - qadimda bitiklarni o’rgatish bilan shug’ullanuvchi fan.
Epikontinеntal dеngizlar – okеan suvining quruqlikdagi botiq joylarga bosib kirish sababli paydo bo’lgan dеngiz suv havzalari.
Epitsentr - yer yuzasidagi zilzila markaziga ataladi.
Epoxa (bo’lim) – bu geologik davrning bir qismi bo’lib, bir necha o’n million yilni qamrab oladi. Epoxalarning nomi vaqt ketma-ketligiga asosan erta, o’rta va kechki bo’lishi mumkin. Ba’zi epoxalar o’zining xususiy nomiga ega.
Era (eratema) - eonning bir qismi bo’lib, uning davomiyligi bir necha yuz million yilni o’z ichiga oladi. Eralar Yerning va undagi organik dunyoning yirik rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi. Eralar orasidagi chegaralar organik dunyo rivojlanishidagi tub o’zgarish bosqichlarini xarakterlaydi. Fanerozoy eonida uchta: paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralari ajratiladi.
Ernik - baland tog’lardagi va kutbiy o’lkalardagi past buyli butazorlar.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling