Ekispo’rt – tavarlarni tashqi bozorda sotish uchun mamlakatdan xorijga chiqarilishi.
Ekliptika - yunoncha eklipsis - tutilish. Osmon sferasida quyoshning yil davomidagi ko’rinma harakati ro’y beradigan katta doira chiziq. Ekliptika tekisligi osmon ekvatori tekisligiga nisbatan 23o27` burchak hosil qiladi va ekliptika bilan osmon ekvatori ikki joyda ( bahorgi va kuzgi kun-tun tengligi nuqtalarida) bir-biri bilan kesishadi.
Ekologiya — (yunoncha oykos —joy, uy, logos— fan) — organizm bilan tabiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarni, bog’lanishlar hamda ta’sirlarini organadigan fan.
Ekspansiya(lot) - yirik davlatlarning iqtisodiy, diplomatik va harbiy usullar bilan boshqa mamlakatlarda o’z ta’sir doirasini kengaytirishi.
Ekspluatatsiya-frantsuzcha mulkni ekspluatsiyaga berish to’g’risidagi bitim.
Ekstensiv – yaxshi mexanizatsiyalashmagan fan – texnika taraqqiyoti muvafaqiyatlaridan kam foydalanadigan xo’jalik.
Eksternaliya – bu, iqtisodiy faoliyatning tashqi samarasi (yoki oqibatida) bo‘lib, u ushbu faoliyatning sub’ektiga ijobiy yoki salbiy (ko‘pincha) ta’sir ko‘rsatadi.
Eksterritorial xuquq - chet el fuqorolari shaxsning va uy joyi mol mulki daxlsizligi hamda mahalliy davlat sudining ularni sud qila olmasligi.
Ekstremizm(fr-lot) - keskin fikr va choralarni yoqlash ,keskin choralarga tarafdorlik.
Ekvator –(lotincha “aeguator” tenglashturuvchi) globus va kartalarda qutblarga nisbatan bir xil masofaga o’tqazilgan aylana chiziq . Ekvator yer sharini shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo’lib turadi. Uning uzunligi 40075 km, ekvatordagi 10 yoyning uzunligi esa 111,3 km teng.
Ekzarasiya – lotincha “o’yib ketish” degani muzliklar xarakat qilayotganda qulagan va yo’lda uchragan tog’ jinslarini surib, o’zi bilan ilashtirib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |