Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Eskimoslar - “eskimos” suzialgonkin tilida “xom go’sht yeydiganlar” degan ma'noni anglatadi. Estokadalar -


Download 0.77 Mb.
bet35/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Eskimoslar - “eskimos” suzialgonkin tilida “xom go’sht yeydiganlar” degan ma'noni anglatadi.
Estokadalar - yer yuzasi satxidan ma’lum masofada ko‘tarib qurilgan yo‘l qismiga aytiladi.
Estuariylar (lotincha-suv bosish) - agar quriqlik sekin asta cho’kayotgan bo’lsa, dengiz suvlari daryolarning quyar joylariga bostirib kiradi va natijada ular qayta o’zgartirilganda estuari hosil bo’ladi. Temza, Sena, Yantszi (chantszyan), Obp, Parana, Kongo daryolarining quyar joylari estuariylarga misoldir. Estuariylarning hosil bo’lishi uchun quyar joyda suv qaytishi tezligi suv ko’tarilishi tezligidan katta bo’lishi va oqiziqlar miqdori oz bo’lishi zarur.
Etmolit - ustki (apikal) qismi botiq, chuqurlikka qarab torayib boruvchi noto’g’ri voronka shakldagi intruziya hisoblanadi. Ularning ustki qismidagi yondosh jinslar bilan kontakti muvofiq bo’lishi mumkin. Ular go­rizontal kesmada izometrik yoki bir qancha cho’zilgan shaklda bo’ladi. Etmolitlar sill→lopolit→etmolit sxemasi bo’yicha sillarning hosil bo’lishining kechki bosqichi deb taxmin qilinadi.
Etnografiya - yunoncha etnos- qabila, xalq va grafo- yozaman. Xalqlar va qabila, elatlarning madaniy, maishiy xususiyatlarini, kelib chiqishini, madaniy-tarixiy aloqalarini o’rganidigan fan.
Evakuatsiya(lot) - xafli joydan aholini, korxona va muassasalarni, moddiy va ma’naviy boyliklarni olib chiqish.
Evgеosinklinal – yunoncha «ev» – aniq va to’la gеosinklinal dеgani; bu gеosinklinallarning ichki tizimi hisoblanib okеanlar chеgaralarida joylashgan. Cho’kindilarning qalinligi ko’p qatlamli va suvosti magmatik jarayonlari faollashgan bo’ladi.
Exolot – dengiz va okeanlarning chuqurligini o’lchaydigan asbob 1 sekunda 1500 m bosib o’tadi. Signalda o’lchanadi.
Fachat - lotincha, diniy etiqotga yoki biror talimotga qattiq yopishib oluvchi.
Fakolitlar (yunon-cha-«fakos»-linza) - antiklinal va sinklinal burmalarning yadrosida qatlamlar orasiga magmaning siqilib kirishidan hosil bo’lgan yarimoy shakldagi intruziyalar bo’lib, burmalarning turiga qarab simmetrik va asimmetrik shaklli tanalarni hosil qiladi

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling