Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet29/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Dogmatizm(yunon)-fikr, qaror,aqidaparastlik, 1889-yilda tashqil etilgan turk burjua-pomeshchik millatchilik partiyasi.
Doktirina-lotincha “ta’limot”. Davlatchilikka va tashqi siyosat qo’llanishini belgilovchi tub qarashli qoidalar tizimi.
Domana - tog’ tagi, yonbag’ir, tog’ etagi.
Dominion(lot) - mulk, hokimiyat, egalik qilish, XX asr o’rtalarigacha Buyuk Britaniya imperiyasi tarkibiga kirgan barcha hududlarga nisbatan qo’llanilgan atama.
Don - loyqa o‘lchagich.
Donli ekinlar- eng muhim oziq-ovqat ekinlari bo’lib, inson uchun noz-ne’mat, chorvachilik uchun oziq-ovqat va ko’pgina sanoatlar uchun xom ashyo yetkazib beradi. Donining tarkibi va mohsuloti iste’mol qilinishiga qarab, g’alla, don-dukkakli va moyli don ekinlariga bo’linadi. Mamlakatimizda big’doy, javdar, arpa, suli, makkajo’hori, sholi, tariq ko’p ekiladi. O’zbekistonda sifatli bug’doy, sholi, oq jo’xori, makkajo’xori, arpa, no’xot yetishtiriladi.
Dorivor o’simliklar - odam va hayvonlarni davolash, turli kasalliklarni oldini olish uchun ishlatiladigan turli o’simlik va giyohlar. Dunyoda D. o’. ning o’n mingdan ortiq turi mavjud. O’zbekistonda bunday o’simliklarning 600 dan ortiq turi aniqlangan. Masalan: anor, anjir, achchiq miya, bodom, bargizub, gulhayri, yong’oq, jag’-jag’, isiriq, kiyiko’t, omonqora, pista, sachratqi, yo’g jambili, choyo’t, yantoq, qoqi va boshqalar.
Doryo rejimi - daryolarda suv oqish holatining daryo havzasining tabiiy geografik xususiyatlariga, birinchi navbatda, iqlim bilan relefga bog’liq ravishda qonuniy o’zgarishi. Daryolar suv rejimiga ko’ra bahorda to’lib oqib, yozda sayozlanib qoladigan, yozda to’lib oqib, qishda sayozlanib qoladigan va hokazo daryolarga bo’linadi.
Dovon- mo’g’ulcha daban. Tog’ tizmasi yoki tog’massasi qirrasining eng past, o’tish oson bo’lgan qismi. bel, egar, oshuv deb ham yuritiladi. Arg, aqba, ko’tal atamalari ham D. ma’nosini bildiradi. D. lardan odatda yo’llar o’tqaziladi. Masalan, Qamchiq dovonidan Toshkent-Qo’qon yo’li, Taxtaqoracha dovonidan Katta O’zbekiston yo’li o’tadi.
Dovul – juda qattiq shamol. Tezligi sekundiga 20 m dan ortiq. Dengizda katta to’lqinlarga, quruqlikda ofatlarga, buzilishlarga sabab bo’ladi. Odatda serxarakat stiklonlar bilan bog’liq vujudga keladi. Ba’zan kuchli quyun tarzida ro’y beradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling