Abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy


Download 375.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana11.09.2023
Hajmi375.16 Kb.
#1675579
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BMI NA\'MUNA

Ijtimoiy-psixologik usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy 
muhitni yaratishdir. Bu usullar ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yо’li bilan 
kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini 
qondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-psixologik usullar bu ishlab chiqarish 
jamoalarini, ulardagi “psixologik vaziyatni”, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini 
о’rganishga asoslangan usullardir.
О‘z mohiyatiga kо‘ra boshqarish uslublarining bu guruhi jamoaning shakllanish va 
yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat 
manfaatlarini hisobga olgan holda ta’sir qiluvchi vositalarning majmuidir. 
Ijtimoiy-psixologik 
usullar 
“boshqarish 
sotsiologiya”si 
va 
“boshqarish 
psixologiyasi”ga asoslanadi.
Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan о’zaro aloqasi, 
jamoaning sotsial rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, 
xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni kо’pib 
chiqadi.
Sotsiologik axborotlarni maxsus tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin.
Bulardan eng muhimlari quyidagilardir:
a. Hujjatli usul, bunda zarur ma’lumotlar statistik to‘plamlardan, 
boshlang‘ich hisobga olish hujjatlaridan olinadi. Shaxsiy harakterdagi 
hujjatlardan foydalanish usuli - turli masalalar yuzasidan kishilarning o‘z 


32 
qo‘llari bilan yozilgan narsalar: ariza, shikoyat, qarindosh-urug‘ va 
tanishlarga yozilgan xatlar, tarjimai hol, tushuntirish xatlari va hokazolar. 
Ilmiy konferensiyalar o‘tkazish usuli, bunday konferensiyalarni 
tayyorlash va uni o‘tkazishda, odatda, ayrim masalalar yuzasidan material 
to‘plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab chiquvchi bir qancha xodimlar 
ishtirok etadi.
b. Anketali usul - oldindan tayyorlangan dastur bo‘yicha yozma ravishda 
savollar beriladi va yozma javoblar olinadi.
c. Intervyu olish usuli - bunda muammoni o‘rganish uchun xodim bilan 
bevosita suhbat o‘tkaziladi.
d. Kuzatish usuli - jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish odamlar bilan 
uchrashish va muloqotda bo‘lib, ob’ektiv va batafsil axborot yig‘ish, 
shuningdek har bir jamoa rolini baholash imkonini beradi.
e. Sotsial eksperiment o‘tkazish usuli - bu usulda sun’iy ravishda ijtimoiy 
vaziyatni vujudga keltirish yo‘li bilan ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi 
ilmiy xulosalar va mavjud bilimlar tekshirib ko‘riladi. 
Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va 
natijalarini aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni о’rganadi. U kadrlarni tanlashda, 
ularni joy-joyiga qо’yishda, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xodimlarni 
rag‘batlantirishda, intizomni mustahkamlashda va hakozolarda qо’llaniladi. (3-shakl) 
Psixologiya insonning ruhiyatini о’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, 
idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, 
shuningdek, inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, 
xarakter va mijoz kiradi.
Ijtimoiy psixologiya - bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial 
omillarning о’zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa 
muloqoti va о’zaro ta’sir kо’rsatish shakllarini о’rganadigan psixologiya fanining 
sohasi. 


33 
Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim 
shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan 
boshqarish vositasidir. Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullarini qо’llash 
korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur о’rganish, xodimlar nerv 
sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi. 
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining 
asosi bо’lgan mehnat omillarini о’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab 
chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli 
qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va 
omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, 
kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi 
omillarni о’rganadi. 
Ijtimoiy-ruhiy usullar 

Download 375.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling