Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida


Download 154.7 Kb.
bet21/35
Sana22.03.2023
Hajmi154.7 Kb.
#1286146
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq

HAQSHUNOSLIK


Haqshunoslik deb bir kishining qilgan yaxshiligini unutmaslikni aytilur. Butun olamdagi insonlar haqshunoslik va do'stlik orqasida yasharlar. Qars ikki qo'ldan chiqar. Shariatda yaxshilik qilgan kishiga yaxshilik qilmak vojibdur. Hukamolar yomonlik qilg'on kishiga ham yaxshilik qilmak lozimdir, derlar. Hosil, yaxshilikdan zarar ko'rgan, boshi yorilgan kishi yo'qdur.
Yaxshilikdan do'stlik, mehribonlik tug'ar, ikki ko'ngil orasida ulfat va muhabbat cho'juqlari yugurishar, quvusharlar. Bu do'stlikni jamol va kamoli haqshunoslikdurki, birovdan ko'rgan yaxshilikni unutmay, shuning barobariga biz ham o'z vazifamizni ado qilmak lozim ekan, hech bo'lmasa, taqdir qilmak ila birodarlik va do'stlik hurmatini ado qilmokimiz lozimdur. Chunki, mo'min birodari mo'mindur.
Di/dan di/ uzra ochi/adur ikki xi/ yo'/i,
Mehra mehr yo'/i ochi/ur, kina kin yo'/i.
Ma'lumdirki, har bir millatning taraqqiy va taoliysi o'z millatiga jon, mol, qalam ila ishlagan kishilarning xizmatlarini taqdir qilub, vazifalar, haykallar, qalamlar ila yod qilub, o'tub ketgan bahodir, olim va shoirlarining ruhlarini shod qilub, ishlovchi kishilarning g'ayrat va jasoratlarini ziyoda qilmakda ekan. Afsus, bizlar taqdir qilmak bir tarafda tursun, tahqir, masxara, hatto takfir qilmak ila qarshu olurmiz.
Yaxshi ishdur haqni taqdir ay/amak har xizmata,
Haqshunos o'/mak haqiqiy bir quwatdur mi//ata.
Haqshunos o'/mak/a mashhur erdi/ar Payg'ambarim, To'g'ri yo'/ni tash/amak as/o yoqshamas ummata.

XAYRIXOHLIK


Xayrixohlik deb nima ila bo'lsa bo'lsun bir-birimizga foyda yetkurmakni aytilur. Xayrixohlik birbirimizga qarshu ishla-tiladurgan bir vazifayi insoniyadurki, kishi o'z nafsiga loyiq ko'rmagan bir ishni boshqa bir musulmon qarindoshiga munosib ko'rmasdan egri yo'llardan, yomon ishlardan kuch yetganicha qaytarmak va yordam qilmak lozimdur. Janobi Haq insonlarni birini digarining yordamiga muhtoj qilub yaratmishdur. Shuning uchun yer yuzidagi insonlar zamonaning qurgan nizom va qonuni uzra biri ikkinchisining yordami ila umr o'tkarur. Bir kishi har qancha boy va e'tiborli bo'lsa ham, hech vaqt muhtojlik balosidan qutulolmas.
Hammo/ning og'ir bo'/sa yuki, mehnati ortur, Har kimki u/ug'bo'/sa, bo'/ur ku/fati oson.
Boy faqirga, faqir boyga, muallim shogirdga, shogird muallimga, ota-ona farzandga, farzand otaonaga muhtojdur. Shuning ushun har kim o'z ustiga yuklangan vazifasini to'g'rilik va xayrixohlik ila ado qilmak lozimdur. Shariatda imonlik kishilarga dunyo rohati va oxirat saodati uchun qo'ldan kelgancha milliy xizmat va yordam qilmak vojibdur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: taologa imon keturdikdan so'ngra, amallarning afzali bandalar bir-birlariga muhabbat etmakdur» — demishlar.
Xayrixoh/ik xo/isona bo'/masa bekordur,
Manfaat yo 'q ay/agan nazr-u niyozingdan sani,
Bir ko'ngi/ni shod qi/mak ne'mat, ihson i/a,
Yaxshidur har damda ming rak'at namozingdan sani.

Download 154.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling