Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida


Download 154.7 Kb.
bet29/35
Sana22.03.2023
Hajmi154.7 Kb.
#1286146
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq

XASOSAT


Xasosat deb tama' va zillatni bo'yniga yuklab, ortuqcha hirsini dunyoga qo'ymakni aytilur. Hirs va tama'ga ifrot darajada yuz tuban ketgan baxil, qancha sha'nu sharaf sohibi bo'lsa ham, nafsining yoqasini faqirona bir mazallatdan va xorliqdan qutqarolmas.
Faqir va muhtojlikdan saqlanmak fikri ila baxil va xasislik yo'lini tutgan kishilar aql va irfon sohibi sanalmaslar. Zeroki, xasislik soyasida janobi Haqning Razzoq va Xalloqi olam o'ldig'ini yodlaridan chiqarub, zo'r xatolarga duchor o'lurlar. Xasis o'lan inson qancha zillat ila jam qilgan sarvatindan zakot va ushrini ado qilmakdan ojiz, saodati insoniyadan mahrum bo'lub, jazoyi abadiyga mahkum bo'lur. Ipak qurti pilla ichida o'ralib, hayotini mahv qilur. Qancha mehnat va mashaqqat ila hosil qilgan ipagidan boshqalar foydalanurlar. Shunga o'xshash xasis inson mol va dunyo jam qilmak ila o'ralub, ovora va sargardon bo'lub, aziz jonini boshqalar uchun fido qilur . Dunyo izzatidan, hayot lazzatidan bebahra ketgani kabi vafot vaqtidagi nadomatidan ham foyda yo'qdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: <Xasis/ik bir/a yig'gan mu/k-u mo/ing,
Hamachdek to'p/agan ashyo, mano/ing, Lahad kirsang, qo/ur voris/aringg'a,
Nechuk kechgay seni u/ kunda ho/ing? Kitobingdan hisobni san berursan, Ha/os o'/mak baid ehtimo/ing.

RAXOVAT


Raxovat deb tanparvarlik, g'ayratsizlikni aytilur. Umid va sa'yning eng zo'r dushmani raxovatdurki, hissiyoti g'ayrat-parvaronamizni mahv va barbod etar va bir necha ma'yusona fıkr va xayollarga duchor va giriftor etar. ibn Sino hakim: «Sa'y va harakat ila o'lmak mavti musam-modur. Raxovat ila jon bermak ajali qazodur.
G'ayratsizlik tirik o'lukdin iboratdur. O'luklarning makoni tiriklar orasida emas, tuprog' orasidadur», — demish.
Luqmon hakim: «Tanparvarlik umid va muvaffaqiyatning quwatini kesadurgan bir marazdur.
Saodati insoniyadan mahrum bo'lub, ma'yusona yashamak raxovat, g'ayratsizlik asaridur», — demish.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «AIIohga sig'iningiz! Faqirlikdan ham muhtojlikdan, kishiga zulm qilmakdan, o'zingizga zulm qildurmakdan (saqlaning)», — demishlar.
Kishiga dangasa/ik sha'n-sarofatmi verar?
Ya/qov inson kishiga xayr-u saxovatmi verar?
«Bo'/magan/arga bo'/ishma» — dedi/ar bobo/ariz, Bolsa g'ayratsiz agar, mi//ata xizmatmi verar?

Download 154.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling