Abdulla Avloniy turkiy guliston yoxud axloq so'zboshi o'rnida
Download 154.7 Kb.
|
abdulla avloniy turkiy guliston yoxud axloq
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATOLAT
HAMOQATHamoqat aql va ma'rifatning kamlig'indan hosil bo'ladurgan eng yomon xulqlarning biridur. Hamoqatning ma'niyi lug'aviysi balohatga yaqin o'ldig'indan ba'zi hukamo ahmoqlarni jahli murakkab ashobindandur, demishlar. Ahmoq kishilarni bir ishda aqliy va naqliy dalillar ila ko'ndurub bo'lmas, hamon o'zum bilarmanliglaridan ayrilmaslar. ibn Sino hakim: «Ochuq va moddiy dalil ila isbot qilinmag'an bir narsani inkor qilmak aşari hamoqatdur. Oqil inson bir masalaning har bir jihatini o'ylar, tadqiq va taftish qilur, qat'iy hükm qilmoqda shoshmas, ma'naviy jihatini ham tushunur. Dalilsiz, hujjatsiz bir jumlaning qiyosini rad yo qabul qilmak ahmoqlikdan hisoblanur», — demish. Ahmoqlik davosini topmak mushkil bo'lgan bir illatdur. Luqmoni hakim: «Man har bir marazning daf'ini va chorasini topdim, faqat ahmaqlik davosini topolmadim», — demish. Har bir kasa/ning davosi yordur, Ahmoq kasa/ining yo'q davosi. Suqrot hakim: «Ahmoq kishi sukut ila ahmoqlig'ini yopsa, o'rtacha oqillardan hisoblanur edil Lekin ahmoqlik ila sukut ikkisi bir odamda jam kelmas», — demish. Axloq ulamolari qoshinda hamoqat jaholatdan yomonroqdur. Zeroki, johilda faqat bir jahl bor. Ammo ahmoqda bir necha sohibi aqlni aldaydurgan yolg'on-yashig' so'zlar bo'lurki, ko'p kishilarni aldab yoldan chiqaradur. Jaholatning davosi ilm o'ldig'i kabi hamoqatning darmoni aql va fıkrdur. Inson o'z nafsiga jabr etub bo'lsa ham, nazari diqqat ila ibrat ko'zini ochmak uchun sa'y va g'ayrat qilsa, ahmaqlik balosidan qutulur. Tarbiya, nazariyadan mahrum bo'lgan inson har vaqt falokat va hasrat tuzog'iga tutilur. Dorusi yo 'q dedi hukamo/ar hamoqating, Sud-u ziyonni bi/magay ab/ah qiyofating. Har kim o'zini bi/masa, bi/gaymi o'zgani? Qayg'usina tushunmagay afrodi mi//ating. Jah/ o'/sa bir ba/oduru hamaq bedavo, Har ikkisidur ochg'uvchi o/om-u g'urbating. Ahmaq bi/urmi din i/a mi//atni qadrini? Ab/ah bi/urmi qiymati mehr-u muhabbating? ATOLATAtolat deb dangasa va yalqovlikni aytilur. Atolat insonning saodatligining zo'r ofatidur. Tanparvarlikdan paydo bo'ladurgan yomonlik maishat jihatidan naslga ham ta' sir qiladur. Har xil fayz va kamolotdan mahrum qilub, kishini xor va zalil yashatmak ila barobar umrni safolat chuquriga irg'itadur. Kishi hayoti boricha, kuchi yetkancha cholishmoqg'a mukallafdur. Lekin dunyoda har bir sa'ydan maqsud bo'lgan samara darhol hosil bo'lmaydur. Halvo degan ila og'iz suchimaydur. Shuning uchun sa'y va g'ayrat ashobi har vaqt jiddiy harakatda bo'lub, doimo sa'y mashru'ada sabot va matonatda shavq va zavq ila davom qilurlar. Har bir sa'yning mukofot va natijasini ko'rmak mumkin bo'lsa ham, ul mukofotning zohir bo'lishi, ko'rinishi yetushgan vaqtda ma'lum bo'ladur . Masalan, bir daraxtning mevasi to'rt-besh yil tarbiya qilgandan so'ng, meva yetishtirgani kabi bir shogirdning maktab va madrasada sakkiz-o'n sana doimiy sa'y qilganidan so'ng, yemish va hosiloti ilmiyasi zohir va mushohida o'lunur. Shunga o'xshash har ishning samarasi bir necha vaqt cholishmoq va sa'y qilmak so'ngidan zohir va huvaydo bo'lur. Alhosil, yalqov va ishsizlikg'a ho'y qilg'an kishilar dunyo va oxiratda moddiy va ma'naviy saodati insoniyadan mahrum va bebahra qolurlar. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: < Magas quvg'in yegay ya/qov/ig/dan, Ari mehnat qi/ur oromijondur. Bu dunyoga kishi ish/ovga ke/gan, Tuzuk tikmasa kosibg'a ziyondur. Download 154.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling